So’nggi yangiliklar

10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  1 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  3 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  1 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  11 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  8 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  13 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  8

Oleg Tyulkin "Nasaf"ga qarshi qanday o'ynash o'lim bilan barobarligini aytdi Yangiliklar

Oleg Tyulkin "Nasaf"ga qarshi qanday o'ynash o'lim bilan barobarligini aytdi

Teglar :  Oleg TyulkinDinamo
Dinamo - Nasaf (1:1) uchrashuvidan keyin dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Oleg Tyulkin matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yindan oldin tarkibdagi muammolar – jarohatlar, chetlatishlar sababli hattoki uchta himoyachini ham qo'ya olmadik. Lokaev va Rogak singari himoyachilarimiz kachon safga qaytishlarini bilmaymiz. Fikrimcha, birinchi bo'limda Nasafga omad kulib boqdi, biz juda yaxshi vaziyatlarni ura olmadik. Ikkinchi taymda esa omad biz tomonda bo'ldi, baxtimizga qarshiliklar ko'p vaziyatlardan foydalana olishmadi. Nasafga qarshi ochiq futbol namoyish etish bu o'lim bilan barobardir. Ular bu borada ancha kuchli.

Bugun har ikki tomon uchun ham og'ir o'yin bo'lganligi aytib o'tishim lozim. Uchrashuvdan oldin g'alabani ko'zlagan bo'lsakda, tarkibdagi muammolar va o'yindan kelib chiqib aytadigan bo'lsam natijadan qoniqdim. Yigitlarimiz maydonda bor kuchlarini sarf etishdi. Albatta, g'alabani saqlay olmadik, shunga qaramay futbolchilarga hech qanday etiroz yo'q. Samarqandlik muxlislarga bizni har o'yinda, har qanday holatda ham qo'llab-quvvatlayotganliklari uchun tashakkur. Aynan ular uchun ham olg'a borishda davom etamiz.

Dinamo Matbuot xizmati.
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика