So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Oleg Tyulkin: "Dinamo" 6ta vaziyatdan foydalana olmadi, "Loko" esa ikkita vaziyatdan foydalandi" Yangiliklar

Oleg Tyulkin: "Dinamo" 6ta vaziyatdan foydalana olmadi, "Loko" esa ikkita vaziyatdan foydalandi"

Teglar :  DinamoOleg Tyulkin
Lokomotiv - Dinamo (2:0) uchrashuvidan keyin Dinamo bosh murabbiyi Oleg Tyulkin o'yin borasidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
- Ochig'i, bugun nima bo'lganligini yigitlar ham tushunmay qolishdi. Amaldagi chempion sanalmish Lokomotiv bilan o'yin qiyin o'tishini bilardik, shunga qaramay, faqat g'alabani ko'zlagandik. Uchrashuvdagi natija o'yinga mos bo'lmadi. Dastlabki 15 daqiqaning o'zida uchta yaqqol golli vaziyatdan foydalana bilmadik. Umuman olganda, Dinamo 6 ta yaqqol golli vaziyatdan foydalana olmadi, Lokomotiv esa ikkita golli vaziyat yaratib, ikkita gol urdi. Raqib darvozaboni ham yaxshi harakat qildi. Faoliyatimda bunaqa omadsizlikni ko'rmagandim. Birgina Abdumalik Abdullaevning o'zi o'yin taqdirini hal qilib qo'yishi mumkin edi, ammo bugun na Abdumalikning, na Dinamoning kuni emas ekan. Omad bizdan ochiqchasiga yuz o'girdi. Aks holda bugun kamida uchta gol urishimiz kerak edi. Mag'lubiyatga qaramay, futbolchilarimiz o'yinidan qoniqdik. Yigitlar maydonda borlarini berishdi. Qolaversa, Samarqanddan kelgan muxlislarimiz ham bizni tinmay qo'llab-quvvatlashdi. Birinchi davraning so'nggi o'yinida Mashalga qarshi to'p suramiz. Endi ushbu o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz shart.

Dinamo Matbuot xizmati.
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика