So’nggi yangiliklar

23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  0 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  1 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  9 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1 21:12"Челси" — "Ливерпуль". Бироздан сўнг бошланадиган ўйиннинг асосий таркиблари билан танишинг  25 21:03Суперлига. Пенальтидан гол урилмаган "Бунёдкор" ва "Насаф" учрашувида кетма-кет учинчи марта 2:2 ҳисоби қайд этилди  98 20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  2 20:08Махсуджон Зокиров: "Бугунги ўйинда хатолар кўп бўлди"  0 19:48АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Лидс" устидан ғалабага эришди  4 19:15Эшитдик-да! ЎФА МТЖ мураббийи билан шартномани бекор қилди  16 18:58Суперлига. Кубок финалидан олдинги репетицияда "Пахтакор" "Бухоро"ни меҳмонда йирик ҳисобда енгди  32 18:53Суперлига. "Динамо" Термизда ишончли ғалабага эришди  12 18:41"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини эфирга узатилмайди?!  34 18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0

Oktyabr va noyabr oyida terma jamoa yig'ilishi kerakmi yoki Superliga davom etishi. Bosh murabbiylar qanday fikrda? Yangiliklar

Oktyabr va noyabr oyida terma jamoa yig'ilishi kerakmi yoki Superliga davom etishi. Bosh murabbiylar qanday fikrda?

Xabaringiz bor, FIFA va OFK oktyabr va noyabr oyida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan 2022 yilgi Jahon chempionati saralash o'yinlarini keyingi yilga qoldirdi.

Kuzdagi FIFA kunlaridan qanday foydalanish kerak? O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov oktyabr va noyabr oylarida ham o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishni istamoqda. PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev esa FIFA kunlari vaqtida Superliga turlari bo'lishini xohlamoqda. Xo'sh Superliga klublari bosh murabbiylari qanday fikrda?

SHota Arveladze ("Paxtakor" bosh murabbiyi):
SHaxsiy fikrimcha, bu kunlardan albatta Superliga turlari uchun foydalanish kerak deb hisoblayman.

Mirjalol Qosimov (AGMK bosh murabbiyi): Superliga o'yinlarini davom ettirilishi yaxshi bo'lardi. Sababi rasmiy o'yinlar orqali tayyorgarlik jarayoni, futbolchilar uchun foydali bo'ladi deb o'ylayman. Ortda qolgan 8 oy davomida pandemiya tufayli chempionatda 9tagina tur o'tkazdik. Endi ikkinchi davrani tanaffussiz o'tkazib chempionatni va kubok bahslarini dekabrga qolmasdan, vaqtliroq tugatsak yaxshi bo'lardi. CHunki futbolchilarning organizmi dekabrda dam olishga o'rgangan. Ular yangi mavsum uchun kuch to'plashlari kerak. Malum muddat xordiq chiqarish va tiklanib olishlariga vaqt berishimiz kerak. Hozircha terma jamoa o'yinlari keyingi yil qaysi sanada bo'lishi nomalum bo'lib turibdi. Bundan tashqari terma jamoa o'zagi bo'lgan legionerlarimiz ham O'zbekistonga kela olishmaydi. SHu bois terma jamoa yig'inidan ko'ra Superliga bahslari davom ettirilgani foydaliroq bo'lsa kerak deb o'ylayman.



Ulug'bek Baqoev ("So'g'diyona" bosh murabbiyi): Bugun O'FAga mana shu masalada bizni chaqirishgan. Yig'ilishdan so'ng o'z fikrimni bildirishim mumkin.

Jamshid Saidov ("Buxoro" bosh murabbiyi):
Menimcha Superligani davom ettirish kerak. SHundoq ham bu yil ko'p to'xtalishlar bo'ldi. Ikkinchi davrada o'yinlar ko'p, kubok bahslari ham bor. Agarda kuzda FIFA kunlarida terma jamoa yig'ini sabab yana to'xtalishlar bo'lsa Superliga klublariga foyda bo'lmasligi aniq. Pandemiya to'xtagani yo'q. Oldinda nima bo'lishini hech kim bilmaydi. SHu sababli iloji boricha vaqtdan unumli foydalanib Superligani davom ettirish tarafdoriman.

Hamidjon Aktamov ("Qizilqum" bosh menejeri): Terma jamoaning rasmiy o'yinlari qoldirildi, shu bois endi oktyabr va noyabr oylaridagi FIFA kunlari vaqtida Superliga o'yinlari bo'lishi to'g'ri qaror bo'lardi.



Baxtiyor Ashurmatov ("Qo'qon-1912" bosh murabbiyi): Vadim Karlenovichni ham to'g'ri tushanaman. Terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko'zdan kechirib olishni o'ylayotgan bo'lishi mumkin. Lekin, boshqa tomondan shundoq ham birinchi davrada tanaffuslar ko'p bo'ldi yani pandemiya sabab. Bunda barcha klublar, tashkilotchilar qiynaldi. PFL bir necha bor taqvimni o'zgartirishga majbur bo'ldi. Ikkinchi davrani to'xtalishsiz o'tkazib olgan maqul. Baribir rasmiy o'yinlar keyingi yilga qoldirildi. SHu sababli Superliga davom etishini maqullayman.

Andrey Fyodorov ("Lokomotiv" bosh murabbiyi):
Barchasiga O'FAdagi yig'ilishdan so'ng javob beraman. Menimcha shu to'g'ri bo'ladi.




Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика