Oksleyd-CHemberlen 1,5 yil deganda ilk marta gol urdi
24 okt 2019 08:45
Yangiliklar


Oksleyd-CHemberlen 1,5 yil deganda ilk marta gol urdi
“Liverpul” jamoasi ECHL 3-turi doirasida safarda “Genk” ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Bellashuvda “Liverpul” safida Aleks Oksleyd-CHemberlen dublga erishdi. 26 yoshli futbolchi 1,5 yil ichida ilk bor gol urdi. U so'nggi bor 2018 yil aprelida CHempionlar Ligasi doirasida “Manchester Siti” (3:0) darvozasini ishg'ol qilgandi.
Bundan tashqari Aleks “Liverpul” safida ilk bor dublga erishdi. U so'nggi bor dublga 2016 yil oktyabrida “Arsenal” tarkibida “Reding”ga qarshi Angliya Liga Kubogi o'yini doirasida erishgandi.
Qayd etish joiz, futboclchi og'ir jarohat sabab 2018 yil aprelidan 2019 yil apreliga qadar maydonga tusha olmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar