So’nggi yangiliklar

02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  16 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2

OKMKning o'z teatrida chempion bo'lishini istardim Yangiliklar

OKMKning o'z teatrida chempion bo'lishini istardim

Teglar :  SuperligaOKMK
Kecha Olmaliq shahridagi stadionga tashrif buyurganlarga havas qilib, Instagram'da tanilgan obraz – Qodirquloqning qo'shnisi holiga tushganlar anchagina bo'lsa kerak. To'g'ri, JARdagi o'yin ham yomon o'tmadi, qolaversa, dramatik bahs jonli efirda namoyish etildi. Biroq televizor bu – televizor, hayot – hayot-da!

OKMK stadionini bazi oyoqto'p ixlosmandlari "Manchester Yunayted" uy o'yinlarini o'tkazadigan "Orzular teatri"ga o'xshatganlar ham bo'ldi. Haqiqiy teatrga tez-tez borib turganim uchun ularning fikriga qo'shilaman. OKMK o'yingohini ham bemalol teatr deb atash mumkin. Olmaliqliklar hamisha kambek amalga oshiravermagan taqdirda ham fikrimda sobit qolaman. Sababi, bugungi kunda bazi stadionlar kabi tomoshabinlar o'rindiqlari huvillab qolgan teatr repertuarlarida har kuni ko'z quvnatadigan spektakllar namoyish etilavermaydi. Ko'nglingiz darvozasini ishg'ol qilgan sahna asarini jonli ravishda qayta tomosha qilish uchun o'rtacha bir oy kutishingizga to'g'ri keladi. OKMK ishitrokidagi o'yinlar ham shunday.

Teatr haqida gap ketganda, futbolchilarni mohir aktyorlarga, Mirjalol Qosimovni esa klubning buyuk rejissyori deb tariflash mumkin. Mutaxassis nafaqat maydonda tayyorlagan taktikasi, natijani ostin-ustun qilib yuboradigan o'zgarishlari bilan, balki matbuot anjumanida ham doimiy aytiladigan so'zlardan qochgan holda diqqatni tortadigan, bazan butun boshli kulgi jamoalarining soatlik dasturidan qiziqroq bir jumla so'zi bilan ijtimoiy tarmoqlarni bezab beradi.

Qolaversa, etti xonali songa qiyoslanadigan sport turida ham futbolchi, ham murabbiy sifatida ulkan natijalar qayd etganlar sanoqli topiladi. Shaxsan men uchun o'sha davrda murabbiysiz ham istalgan raqibini mag'lub eta oladigan "Bunyodkor"idan hozirgi faoliyati ko'proq hayrat uyg'otmoqda. "Qaldirg'ochlar"ni esa legionerlar yoppasiga ko'ch-ko'ronini yig'ishtirib ketgan davrda Osiyoning eng kuchli to'rt jamoasi safiga olib kira olganini unutganim yo'q.

OKMKda esa nomi o'yinidan ko'ra mashhur futbolchilarni yig'ib olmasdan tajribali o'yinchilar qatoriga yoshlarni jipslashtira oldi. Xato qilgan taqdirda ham ularga imkon berdi. O'ylaymanki, ruhiy tushkunlikdan chiqib keta olsa, murabbiy Dilshod Yoqubovga ham yana qachondir ikkinchi imkoniyatni taqdim eta oladi. Abdurahmonov, Abdurazzoqov kabi futbolchilarni esa bugungi kunda istalgan jamoa o'z tarkibida ko'rishni xohlasalar, ajab qilmayman.

Ko'p yillardan buyon "Nasaf"ning yoshlarga bo'lgan yondashuvini hurmat qilardim va bu o'tgan mavsum o'z samarasini berdi. OKMK esa ularga eng yaqin kelgan jamoa bo'ldi. Shu bois, yorqin o'yinlar va yoshlarga bo'lgan ishonch tufayli olmaliqliklarning ushbu mavsum chempion bo'lishini ham mamnuniyat bilan qabul qilardim. 

To'g'ri, bunga erishish va mavsum davomida stabillikni saqlab turish nihoyatda qiyin, biroq "Lester" Angliya chempioni bo'lganda, nega imkonsiz narsaning o'zi bo'larkan"?! 

OKMKning ham, "Nasaf"ning ham menga hech qanday aloqadorligi yo'q. Biroq, o'ylashimcha, hamisha chiroyli o'yin namoyish eta olgan jamoani istalgan viloyat, istalgan jamoa muxlisi olqishlaydi. Shunday o'yinni muntazam namoyish etgan istalgan jamoani chempion sifatida tasavvur qilishga tayyorman.


Oqil Abdubarnoev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика