OKMKni 5 nafar futbolchi tark etdi
04 iyu 2024 09:18
Yangiliklar
OKMKni 5 nafar futbolchi tark etdi
Birinchi davra uchrashuvlari yakuniga etgach jamoamiz tarkibini besh nafar futbolchi tark etdi.
Asosiy tarkibning tajribali yarim himoyachisi Murodjon Toshmatov va serbiyalik hujumchi Milyan SHkrbich bilan o'zaro kelishuvga ko'ra amaldagi shartnomalar bekor qilindi.
SHuningdek, birinchi davra davomida yoshlar jamoamiz safida harakat qilishgan Farruhjon Qodirov, Sunnatillo Abdug'aniev va SHoxruh Abduhalilov bilan ham o'zaro kelishgan holda amaldagi shartnomalar ikkala tomon roziligi bilan bekor qilindi.
Yuqorida nomlari qayd etilgan futbolchilarga jamoamizdagi mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirgan holda ularning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar