So’nggi yangiliklar

09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  7 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6

OKMK tarixga kirgan, Ashurmatov Qosimovni mag'lub etgan uchrashuvni yodga olamiz Yangiliklar

OKMK tarixga kirgan, Ashurmatov Qosimovni mag'lub etgan uchrashuvni yodga olamiz

"Bunyodkor" - OKMK uchrashuvi bugungi kun doirasidagi eng qiziqarli qarama-qarshilik hisoblanadi.

"Bunyodkor"ga ayni paytda g'alaba zarur, boz ustiga jamoa 9ta o'yindan beri uch ochko nimaligini bilmayapti. "Bunyodkor" stadioni tribunalari ham g'alabani sog'inib qolgan. Jamoalarning Toshkentdagi o'yinlari tarixiga nazar soladigan bo'lsak, 2018 yilgacha "Bunyodkor" o'z maydonida olmaliqliklarga mag'lub bo'lmaganini ko'rishimiz mumkin. Bu xodisa 2018 yil 28 sentyabr kuni O'zbekiston kubogi yarim final doirasida o'tkazilgan. Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi OKMK o'sha yili o'z tarixida ilk bor Toshkentda "Bunyodkor"dan 3 ochko tortib olishga erishgandi. Finalda esa juda kuchli "Paxtakor" taslim qilingan. "Qaldirg'ochlar" yarim finalgacha "So'g'diyona" (1:0), "Andijon" (2:1) to'sig'idan o'tgan bo'lsa, OKMK nisbatan jiddiy qarshilikka duch kelgan 1/8 finalda "Nasaf" musobaqadan chiqarib yuborilgan bo'lsa, 1/4 finalda "Mashal" qiyinchilik bilan yutilgan. 

57-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Muzaffar Muzaffarov birinchi zarbasi bilan uzoq masofadan gol urib hisobni ochgan. 

63-daqiqada Yovan Jokichning to'p uzatishidan keyin Zafar Polvonov boshi bilan ikkinchi golni urgan. 80-daqiqada Murodjon Toshmatovning goli amalda hech narsani hal qilmagan edi. OKMK esa o'z tarixida ilk bor kubok finaliga chiqqan, Baxtiyor Ashurmatov murabbiy sifatida ilk bor Qosimovni mag'lub etgandi. 


O'zbekiston kubogi. Yarim final

28 sentyabr. 18:30

"Bunyodkor" - AGMK 1:2  

Hakamlar: Aziz Asimov, Timur Gaynullin, Sanjar SHoyusupov, Sultonmurod Abduraxmonov.

Gollar: Muzaffar Muzaffarov 57, - 0:1. Zafar Polvonov 63, - 0:2. Murodjon Toshmatov 80, - 1:2.

"Bunyodkor": 32. Suhrobjon Sultonov, 2. Rustamjon Ashurmatov, 4. Akramjon Komilov, 5. Dilshod Jo'raev, 8. Javlon Ibrohimov (10. Abdulla Abdullaev, 90+3), 11. Murodjon Toshmatov, 18. Sardor Sobirxo'jaev, 20. Mirg'iyos Sulaymonov (7. Dilshod Ahmadaliev, 46), 30. Xurshid G'iyosov (15. Farrux Ikromov, 79), 44. Mirjamol Qosimov (9. SHahzodbek Nurmatov, 62), 99. Filip Raevac (14. Mirjahon Mirahmadov, )

Zaxira: 25. Murodjon Zuxurov, 3. Islom Qobilov, 13. Sanjar Qodirqulov,  77. Azizbek Haydarov

AGMK: 12. Roman Abdulov, 2. Abduqahhor Hojiakbarov, 6. Azamat Isroilov (72. Alisher Samatov, 90+5), 9. Zafar Polvonov (16. Milosh Trifunovich, 68), 11. Jasur Hasanov (24. Javlon Guseynov, 83), 13. Lutfullo To'raev (s), 14. Zohir Pirimov (71. Jamshid Hasanov, 76), 15. Vladimir Bubanya, 19. Vladislav Kasminin, 23. Yovan Jokich, 70. Oybek Qilichev (8. Muzaffar Muzaffarov, 57)

Zaxira: 46. Xurshid Xodjaev, 10. SHohnazar Norbekov, 17. Kamoliddin Murzoev, 22. Abdumalik Abdullaev,

Ogohlantirishlar: Oybek Qilichev 27, Azamat Isroilov 90+4.

Nazoratchi: Dmitriy Roman.  

Komissar: Bahodir Mirzaev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика