So’nggi yangiliklar

16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  0 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10

OKMK stadioni projektorlari 1400 lyuks yorug'lik berishni boshladi, ammo... Yangiliklar

OKMK stadioni projektorlari 1400 lyuks yorug'lik berishni boshladi, ammo...

Olmaliqdagi stadion tayyor holatga kelgan, ammo yoritishda biroz muammolar bor.

PFL Olmaliqdagi "OKMK sport majmuasi"da bo'ldi. Yangi tamirdan chiqarilgan stadion chimi alo darajaga keltirilgan. Biroq, yoritish tizimida kichik etishmovchilik bor. Stadion yorug'ligi 1400 lyukacha etkizilgan. Biroq, bu ko'rsatkich OKMKga faqatgina OCHL saralash uchrashuvlarini o'tkazish imkonini beradi. Superliga va OCHL guruh bosqichi o'yinlari uchun yorug'lik ko'rsatkichi 1600 lyuks bo'lishi lozim. OKMK klubi avgust oyi davomida bu masalani hal qilishga kafolat bergan.

"So'nggi ikki kun davomida Liga mutaxassislari OKMK stadionida bo'lib, yorug'lik lyukslarini o'rgandi. 8-avgustga o'tar kechasi yorug'lik darajasi 1400 lyuksga etkazildi.

OKMK bu bilan CHempionlar ligasining saralash uchrashuvini o'tkazishga haqli. Biroq Superliga va CHempionlar ligasining guruh bosqichi uchun 1400 ko'rsatkichi kamlik qiladi. SHundan kelib chiqib, stadionda sozlash va qo'shimcha texnika o'rnatish ishlari faol davom etmoqda.

Rejaga ko'ra, 11-avgust kuni OKMK Olmaliqda Superliganing 16-turi doirasida “Olimpik”ni qabul qiladi. Mazkur bellashuvga qadar Liga mutaxassislari o'zgarishlar asosida projektorni qayta o'rganadi. Kelishuvga ko'ra, talab etilgan ko'rsatkich 1-avgustga qadar shay bo'lishi kerak edi. Biroq bazi omillar bunga halal berdi. Endilikda avgust oyi davomida barcha masala hal etilishi yuzasidan kafolat berilgan.  

Maydon maysasi esa rasmiy uchrashuvlarni qabul qilishga allaqachon tayyor. O'tgan vaqt davomida OKMK mazkur maydonda ikki o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib ham ulgurdi. SHundan kelib chiqib, Liga istisno tariqasida “Olimpik” bilan bellashuvni Olmaliqda o'tkazadi", -deyiladi PFL bayonotida.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика