So’nggi yangiliklar

15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  7 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4

OKMK o'z uyiga qaytmoqda! "Olimpik"ka qarshi uchrashuv Olmaliq shahrida o'tkaziladi Yangiliklar

OKMK o'z uyiga qaytmoqda! "Olimpik"ka qarshi uchrashuv Olmaliq shahrida o'tkaziladi

Olmaliqning OKMK klubi o'zining uy stadioniga qaytayotganini malum qildi.

Klub stadioni tamirdaligi bois, klub o'z uy uchrashuvlarini Toshkentdagi "Jar" stadionida o'tkazayotgandi. Ayni damga kelib, "OKMK sport majmuasi" tamirdan chiqarilgan, maydon maysasi shay holatga keltirilgan.  Coca Cola Superligasining 16-turidan o'rin olgan "Olimpik"ka qarshi uchrashuvni OKMK o'zining uy stadioni bo'lmish "OKMK sport majmuasi"da o'tkazadi.

"Konchilar" o'z uyiga qaytmoqda!

 O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan, doimo sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan va OCHLning muntazam ishtirokchisiga aylanib ulgurgan Olmaliqning OKMK jamoasi barcha xalqaro talablarga javob beradigan stadionda o'ynashi davr talabi edi. 

Aynan shu bois, «OKMK sport majmuasi» malum muddatga yopildi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yordamida katta tamirlash ishlari olib borildi. Maydon kavlanib drenaj tizimi qaytadan o'rnatildi, yangi maysa ekildi, stadion yoritish tizimi to'liq yangilandi va nihoyat, sport majmuasi katta sport musobaqalarini o'tkazishga tayyor bo'ldi.

Futbol bo'yicha joriy yilgi O'zbekiston Coca-Cola Superligasi 16-turi doirasida OKMK Toshkentning «Olimpik» klubini aynan «OKMK sport majmuasi»da qabul qilishi aniq bo'ldi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi. Bahs oldidan esa estrada yulduzi Muhammadziyo ishtirokida koncert dasturi namoyish etiladi.

Qadrdon stadionni sog'inib qolgan muxlislar uchun koncert dasturi va futbol uchrashuviga kirish chiptasi mutlaqo bepul!

Barcha futbol ishqibozlarini jamoamizning OCHL saralash bahsi oldidan bo'lib o'tadigan muhim o'yiniga taklif qilamiz va ulardan qizg'in qo'llab-quvvatlovni kutib qolamiz!", -deyiladi OKMK klubi bayonotida.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика