So’nggi yangiliklar

15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  3 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  2 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  3 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  12 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  10 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  3 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1

OKMK "Olimpik" ustidan irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

OKMK "Olimpik" ustidan irodali g'alabaga erishdi

Superliganing 16-turidan o'rin olgan OKMK - "Olimpik" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Coca Cola Superligasi, 16-tur
OKMK - "Olimpik" - 2:1  
11 avgust 2023. Olmaliq, OKMK stadioni, 20:00
Hakamlar:
Asker Najafaliev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Ibrohim Ismoilov.
VAR hakami: Nayim Qosimov.
AVAR hakami: Nikita Afinagenov.
Nazoratchi: Marat Ismoilov.
Komissar: Zohirjon Akramxonov.

Gollar: Saidazamat Mirsaidov 7, - 0:1 (Otabek Jo'raqo'ziev). Xurshid G'iyosov 15 penalti, - 1:1 (Martin Boake). Ruben Sanches 57, - 2:1 (Xurshid G'iyosov).

OKMK - 1.Botirali Ergashev, 7.Dilshod Ahmadaliev, 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov, 22.SHohruh Gadoev — 8.Abdulla Abdullaev,17.Sanjar Tursunov (20.Islom To'xtaxo'jaev, 85), 4.Mirjamol Qosimov (15.Oybek Rustamov, 73), 9.Ruben Sanches (29.Vitaliy Denisov, 73), 10.Xurshid G'iyosov, 27.Martin Boake (14.Mirjahon Mirahmadov, 85).
Zaxira: 12.Dilshodbek Yoqubov, 25.Valijon Rahimov — 2.Akramjon Komilov, 19.Muhammadanas Hasanov, 88.Siavash Xaqnazariy.

"Olimpik": 13.Hamidullo Abdunabiev, 2.Saidazamat Mirsaidov (77.SHerzod Esanov, 88), 4.Odilbek Abdumajidov, 8.Nodir Abdixoliqov (10.Farruh Muxtorov, 60), 11.Otabek Jo'raqo'ziev (9.SHahzod Akramov, 72), 17.Temur Mamasidiqov (81.Asad Jo'raboev, 60), 21.Saidafzalxon Axrorov (14.Eldor Begimov, 72), 23.Abdurauf Bo'riev, 30.Jasurbek Jaloliddinov, 37.Alisher Odilov, 44.Asadbek Rahimjonov.
Zaxira: 1.SHukron Yuldashev, 5.Javohir O'tamurodov, 16.Rian Islomov, 29.Aleksandr Zevadinov, .

Ogohlantirishlar: Abdulla Abdullaev 33, SHohruh Gadoev 90, Islom To'xtaxo'jaev 90+1,



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+6. O'yin tugadi. OKMK o'z maydonida "Olimpik" ustidan irodali g'alabaga erishdi!

90+5. ZARBA! Jasur Jaloliddinovning zarbasidan keyin Botirali Ergashev to'pni qaytardi!

90+4. OKMK darvozasi tomon xavfli jarima zarbasi

90+1. Ogohlantirish. OKMK. Islom To'xtaxo'jaev

90. Ogohlantirish. OKMK. SHohruh Gadoev

90. Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shildi

88. O'zgarish. "Olimpik". Mirsaidov o'rniga Esanov tushdi

85. O'zgarishlar. OKMK. Tursunov va Boake o'rniga To'xtaxo'jaev va Mirahmadov tushdi

82. ZARBA! Odilbek Abdumajidovning uzoqdan yo'llagan zarbasidan keyin Botirali Ergashev to'pni qaytardi, qaytgan to'pni SHahzod Akramov darvozaga yo'llay olmadi!

79. ZARBA! SHahzod Akramovdan chiroyli zarba, Botirali Ergashevdan superseyv!

73. O'zgarishlar. OKMK. Qosimov va Ruben Sanches o'rniga Rustamov va Denisov tushdi

72. O'zgarishlar. "Olimpik". Jo'raqo'ziev va Ahrorov o'rniga Akramov va Begimov tushdi

68. ZARBA! Jaloliddinov burchak to'pini amalga oshirdi, Rahimjonovning zarbasi kuchsiz bo'ldi

64. ZARBA! Odil Abdumajidovning bosh bilan yo'llagan zarbasi ustunga tegib qaytdi!

60. O'zgarishlar. "Olimpik". Abdixoliqov va Mamasidiqov o'rniga Jo'raboev va Muxtorov tushdi

57. GOL! RUBEN SANCHES! 2:1. CHiroyli kombinaciyadan keyin urilgan gol, G'iyosov to'p uzatdi, Ruben gol urdi! 

52. ZARBA! Ahmadaliev uzatgan to'pni G'iyosov boshi bilan darvozaga yo'lladi, Abdunabiev o'z o'rnida!

46. Ikkinchi taym boshlandi




45+2. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:1

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

44. ZARBA! Alisher Odilovning jarima maydoniga kirib bergan zarbasi ancha noaniq ketdi! Ofsayd ham bor ekan

40. ZARBA! Qosimovning ajoyib to'p uzatishidan keyin Ahmadaliev yaqin masofadan noaniq zarba berdi!

35. ZARBA! "Olimpik"dan hujum, Jasur Jaloliddinovning kuchli zarbasi darvoza to'sinidan qaytdi!

33. Ogohlantirish. OKMK. Abdulla Abdullaev

29. ZARBA! Temur Mamasidiqov jarima maydoni yaqinidan zarba berdi, Botirali Ergashev o'z o'rnida!

18. ZARBA! Gadoevning uzoqdan yo'llagan zarbasidan keyin Abdunabiev to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Qosimov darvoza sari yo'lladi, himoyachilar o'z o'rnida!

15. GOL! Xurshid G'iyosov penaltidan hisobni tenglashtirdi - 1:1.

12. PENALTI! "Olimpik" darvozasi tomon. Abdunabiev Boakeni yiqitdi deb topildi

10. Xavfli vaziyat! Abdixoliqovning uzatgan to'piga Jo'raqo'ziev eta olmadi, aks holda birga bir vaziyatga chiqib ketardi

7. GOL! SAIDAZAMAT MIRSAIDOV 0:1. Otabek Jo'raqo'zievning faolligidan keyin hujumga etib kelgan Mirsaidov gol urdi!

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика