So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  11 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

OKMK futbol akademiyasining maqsad va rejalari Yangiliklar

OKMK futbol akademiyasining maqsad va rejalari

Teglar :  OKMK
Xabaringiz bor, OKMK futbol klubi bu yildan boshlab bolalar va o'smirlar futboliga bo'lgan etiborini jadallik bilan kuchaytirdi.

Bunda klub tizimidagi barcha yosh toifadagi jamoalarda selekciya siyosati tubdan o'zgarishi natijasida asosiy urg'u yoshlarga qaratilganligini ko'rish mumkin.

Buning yaqqol namunasi sifatida OKMK futzal jamoasi tarkibi keskin yoshartirilishiga qaramasdan, jamoa o'z barqarorligini saqlab qoldi. SHuningdek, futzalchilarimiz yaqindagina yakunlangan mavsumda bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Futbol bo'yicha esa U-21 jamoasi tarkibi iqtidori yuqori bo'lgan o'smirlar hisobiga boyitildi va bu o'z samarasini uzoq kuttirmagan holda yoshlarimiz musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.

OKMK FK asosiy tarkibi ham mavsumlar oralig'ida bir qancha o'zgarishlarni amalga oshirdi. Yoshi kattaroq bo'lgan futbolchilar bilan xayrlashildi hamda safimiz kelajakni o'ylagan holda iqtidorli yosh futbolchilar hisobiga to'ldirildi. Hozirda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoamiz raqobatbardosh bo'lgan Superliga musobaqasida barqarorlikni saqlab, peshqadamlar qatorida bormoqda.

U-19 musobaqasida OKMK klubi rahbariyatining tashabbusi bilan 16-17 yoshli o'smir tarbiyalanuvchilarimiz ishtirok etishmoqda. Albatta, bunday islohotlar ham kelajakni o'ylab bosilgan qadamlardir.

SHuni ham alohida takidlash joizki, «OKMK-W» ayollar jamoasi Oliy ligada g'oliblik uchun jiddiy kurashmoqda. Ayollar jamoamiz faoliyati yurtimizda eng namunali 2-3 klubdan biri desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi.

Umuman olganda, OKMK futbol klubining deyarli barcha jamoalari barqarorlikni saqlagan holda o'zlari ishtirok etayotgan musobaqalarning sovrinli o'rinlari uchun asosiy davogarlardan hisoblanishadi. SHundan kelib chiqsak, kelajagimiz bo'lgan yoshlarga etibor tubdan o'zgarib, yaratilgan va yaratilayotgan shart-sharoitlar ko'zni quvnatadi.

OKMK FKning 2024 yildagi eng yirik loyihalaridan biri bu – futbol akademiyasiga tamal toshi qo'yilgani bo'ldi. Klub futbol maktabidan futbol akademiyasiga bosqichma-bosqich moslashtirilib boriladi.

SHu bugundan etiboran OKMK futbol akademiyasi faoliyati qay tarzda shakllantirilishi, uning maqsad va rejalari, katta maqsadli tizimning barpo etilish jarayonlari keng yoritib boriladi. Bu borada klub akademiyasi faoliyatini keng yoritib borish uchun alohida matbuot kotibi ham ishga qabul qilingan.

Quyidagi videolavhada  OKMK futbol akademiyasi ish jarayonlarini qanday tartibga solmoqchi ekanligidan boshlab, akademiya kelajakda qanday ko'rinishga ega bo'lishi haqidagi malumotga ega bo'lishingiz mumkin.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика