OK-2019. Yaponiya va Qatar sardorlari sovrin bilan suratga tushishdi FOTO
31 jan 2019 18:00
Yangiliklar


OK-2019. Yaponiya va Qatar sardorlari sovrin bilan suratga tushishdi FOTO
Ertaga, 1 fevral kuni Osiyo kubogi-2019 finali bo'lib o'tadi.
Abu Dabidagi "Zayed Sports Siti" stadionida o'tadigan bahs Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi. Mazkur uchrashuvni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib boradi.
Bugun finaldan oldingi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda. Har ikkala jamoa bosh murabbiylarining fikrlarini saytimiz orqali o'qib ulgurdingiz.
Final oldidan. Xajime Moriyasu: "Ortiqcha hayajonsiz o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz"
Bundan tashqari, Yaponiya va Qatar terma jamoalari sardor va bosh murabbiylari musobaqa bosh sovrini bilan birga suratga tushishdi.
Sizningcha, ertaga ushbu sovrinni kim boshi uzra baland ko'taradi?
O’xshash yangiliklar

Fikrlar