OK-2019. Guruhdoshimiz Ummon yangi liboslarini namoyish etdi FOTO
02 jan 2019 17:20
Yangiliklar


OK-2019. Guruhdoshimiz Ummon yangi liboslarini namoyish etdi FOTO
Osiyo kubogi-2019da ishtirok etuvchi jamoalar o'zlarining yangi liboslarini birin-ketin namoyish etishmoqda.
Musobaqada biz bilan birga "F" guruhidan joy olgan Ummon terma jamoasi o'zining yangi libosini namoyish etdi. Ummonliklarga yangi va maxsus formani Germaniyaning "Jako" kompaniyasi taqdim etgan.
Ummonning asosiy libosi oq rangda bo'ladi.
Ikkinchi libosi esa qizil rangda.
Ko'rib turganingizdek ummonliklarning yangi formasiga maxsus naqsh (arnament) tushirilgan.
Eslatib o'tamiz, Ummon OK-2019 1-turi doirasidagi bahsni O'zbekistonga qarshi 9 yanvar kuni o'tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:30da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar