So’nggi yangiliklar

18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  1 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  16 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  3 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  5 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  25 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  8 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4

O'yindan tashqari holatda qolib ketganlar yoxud ular butsalarni mixga ildimi? Yangiliklar

O'yindan tashqari holatda qolib ketganlar yoxud ular butsalarni mixga ildimi?

Rostini aytganda, mamlakatimizda futbolchi juda ko'payib ketdi. Yoshlar bo'y ko'rsatayotganida, o'z vaqtida ishqibozlarni mehrini qozongan ayrim mahoratlilarning aksariyati ko'rinmay qolayotgani ham bor gap.
Xattoki o'z davrida terma jamoada o'ynaganlar ham bugungi kunda hech bir klub safida ko'rinish berayotgani yo'q. Albatta bu – butun dunyo futbolida uchrab turadigan xoldir. Quyida esa bu yil katta futbolda ko'rinmay qolgan futbolchilar haqida so'z yuritamiz.

Igor Mixaylov
O'tgan mavsum Samarqandning “Dinamo” jamoasi ro'yxatidan o'tgan tajribali posbonni bu yil hech bir klub tarkibida ko'rmayapmiz. Tachmurod Agamurodov 35 yoshli posbonning xizmatidan voz kechgach, Mixaylovni qishki tayyorgarlik jarayonida ham birorta klub yig'inida uchratmadik. Igorning oxirgi yillardagi ko'rsatkichlariga etibor qaratadigan bo'lsak, uning ko'p ham o'yin amaliyotga ega bo'lmaganini ko'rish mumkin. Balki u qo'lqoplarini mixga ilib, o'zini murabbiylikda sinab ko'rar.

Ilhom Suyunov
“Paxtakor” safida o'ynab muxlislar qalbidan joy olgan Suyunovning bugungi kunda jamoasiz ekanligi ajablanarlidir. Yoshlar o'rtasida JCH-2003 ishtirokchisi va O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida qator uchrashuvlarda maydonga tushgan Ilhomning oxirgi jamoasi Toshkentning “Lokomotiv” klubi bo'ladi. O'tgan mavsumning ikkinchi yarmidan “temiryo'lchilar” azosiga aylangan himoyachi chempionat yakuniga etgach jamoa bilan xayrlashgandi. Suyunovni keyin qishda malum muddat “Qo'qon-1912” yig'inida bo'lganini bilamiz.



SHavkat Nasibullaev
Nasibullaev garchi o'tgan yili birinchi ligada o'ynagan bo'lsada, uni oliy ligadagi mahoratli futbolchilar qatoriga qo'shish mumkin. CHunki u “So'g'diyona”, “Qizilqum”, “Neftchi” va “Navbahor” jamoalarida o'ynab buni amalda isbotlay olgan. Qaysi jamoada bo'lmasin ko'pincha sardorlik vazifasini bajargan SHavkat o'tgan yili “SHo'rtan”ning oliy ligaga qaytishida ham salmoqli hissa qo'shdi. Ammo bosh murabbiy bu yil uning xizmatidan foydalanmaslikka qaror qildi. SHundan keyin Nasibullaevni yashil maydonda uchratmadik.

Aziz Alijonov
“Neftchi” tarkibida yorqin o'yinlari bilan ishqibozlar nazariga tushgan Alijonovni ham bugungi kunda hech bir klub safida ko'rmayapmiz. 31 yoshli futbolchi aslida o'tgan yili yozda “Neftchi” bilan xayrlashganidan so'ng o'ziga yangi jamoa topa olmagandi. Bu yil Aziz qishda “Andijon” yig'inida bo'lgandi. Ammo keyinchalik u yana orga qaytdi va shundan beri boshqa klubga o'tmadi.

Akmal Bozorov
Samarqandlik futbolchining ishlari chakki emasdi. Bungacha asosan “Dinamo” sharafini himoya qilgan Bozorov o'tgan yili 16ta o'yinda maydonga tushgandi. Yil boshida “Olmaliq”dan taklif olib, jamoa o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etgan Akmal so'nggi pallalarda o'ziga boshqa jamoa topishi kerakligi haqida eshitadi va Igor SHkvirin jamoasi lagerini tark etadi. SHundan keyin chapaqay futbolchi hech bir jamoa tarkibiga borib qo'shilmadi.

Tohir SHasmiddinov
SHamsiddinovning bu yil katta futboldan chetda qolib ketishi yuqoridagilarnikidan farq qiladi. Tohir aslida bu yil “Navbahor”ga yordam berishi mumkin edi. Ammo uning olimpiya terma jamoasi safidagi salbiy xarakatlari bir yilni rasmiy o'yinlarsiz o'tkazishiga sabab bo'ldi. Garchi u bu yil rasmiy bahslarda ishtirok eta olmasada, “Navbahor” mashg'ulotlarida qatnashib, oylik maoshlarini olayotgani haqida malumotlar bor. Aytish lozimki, 22 yoshli futbolchi o'tgan yili “lochinlar” tarkibida 19ta o'yinda ishtirok etgandi.



SHavkat Raimqulov 13ta o'yin
SHavkat Raimqulov ham yoshlar o'rtasida JCH-2003 ishtirokchisi sanaladi. “Traktor”, “Navbahor”, “Andijon”, “Bundyokor”, “Nasaf”, “Buxoro” kabi jamoalarla o'ynagan himoyachining faoliyatida sezilarli ravishda pasayish bo'lganini ko'rish mumkin. O'tgan mavsumni birinchi liga ishtirokchisi “Oq-tepa”da boshlab, keyinchalik elita qatnashchisi “Buxoro” tarkibidan o'rin olgan Raimqulov bu yil mavsumlar oralig'ida “Andijon” yig'inida qatnashdi va malum muddat o'tib, u jamoadan ketgandi. SHavkatni keyin birinchi liga klublarida ham ko'rmadik.

Aziz G'ulomxo'jaev 11ta o'yin
Aziz G'ulomxo'jaevda ham barqarorlik ko'rmayapmiz. CHap qanot himoyachisi “Andijon”dagi faoliyati orqali oliy ligada ham bemalol o'ynay olishi mumkinligini isbotlagandi. 25 yoshli futbolchi o'tgan yili “Buxoro”da ko'nim topgandi. Ammo davralar oralig'ida klub u bilan xayrlashdi. SHundan so'ng Aziz o'yin amaliyotini yo'qotmaslik maqsadida birinchi liga azosi Toshkentning “Obod” klubida o'ynab turdi. Qishda yana “Andijon”ga kelib yig'inda ishtirok etgan himoyachi ko'rikdan o'ta olmadi shekilli qisqa fursat ichida jamoa lagerini tark etdi. SHundan so'ng G'ulomxo'jaev hech bir klub safida ko'rinish bermadi.

Andrey Akopyanc
Tajribali futbolchi aftidan yana Rossiyaga ko'chib ketgan ko'rinadi. O'tgan yili birinchi davrada “Buxoro” sharafini himoya qilib, ikkinchi davrada “Neftchi” tarkibidan o'rin olgan Akopyanc avvalgidek tezkorlikni namoyish eta olmadi. Yosh o'tgan sayin, inson jismoniy tomondan ham zaiflashib borishini ushbu futbolchi misolida ham ko'rish mumkin. O'z vaqtida milliy terma jamoamiz tarkibida chap qanot yarim himoyasini “o'ziniki” qilib olgan Andrey butsalarini mixga ilsa ham bo'ladi. 38 yoshli futbolchi extimol bugungi kunda Rossiya 2-ligasidagi jamoalarda o'ynayotgan bo'lishi ham mumkin.



SHuhrat Yuldashev
Bu futbolchini Rustam Mirsodiqovning ishongan shogirdlaridan biri bo'lgan deyish mumkin. Boisi SHuhrat Yuldashev uzoq yillar davomida Mirsodiqov qo'li ostida o'ynadi. Uzoq yillar davomida “Metallurg” uchun o'ynagan futbolchi negadir bekobodliklar safini tark etdi. SHundan so'ng uni boshqa klub tarkibida ko'rishni tahmin qilgandik. Ammo Yuldashev ham xattoki birinchi liga jamoasida ko'rinish bermadi.
 
Sirojiddin Sayfiev
Samarqanlik futbolchilar orasida o'ziga yarasha nom qozongan Sayfiev o'tgan yili jiddiy jaroxat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi. “Lokomotiv”ga qarshi bahs Sirojiddin uchun ayanchli kun bo'ldi. Xatto uning oyog'i singanidan so'ng futbol bilan xayrlashishi ham mumkinligi aytildi. Bunday vaziyatda 33 yoshli futbolchining millionlar o'yiniga qaytishdan ham ko'ra tezroq sog'ayib oyoqqa turib ketishni o'ylagani maqsadga muvofiq bo'ladi.
 
G'ayrat Hasanov
Farg'onalik ishqibozlarning suyuklisiga aylanib ulgurgan Hasanov o'tgan yili yozdan buyon o'yindan tashqari xolatda. “Neftchi” bilan xayrlashganidan so'ng uning o'zimizda biror klubga o'tishiga kech bo'lgandi. Ammo bu yil mavsumlar oralig'ida ham 32 yoshli posbonni biror klubda uchratmadik. Balki Hasanov ayni damda yakka tartibda shug'ullanib, yana katta futbolga qaytish o'ylayotgandir.
 


Aleksandr Kleckov
Aleksandr Kleckovni ham muxlislar ko'proq uning “Paxtakor”dagi faoliyati orqali yaxshi biladi. 30 yoshli futbolchi o'tgan yili “Neftchi” tarkibida bir davra o'ynab, keyinchalik jamoasiz qolib ketdi. Sashada ortiqcha vaznni ko'rib, unga yarashmaganini sezdik. Ammo sportchi rejimga amal qilmas ekan, xolat salbiylashb boraveradi. Kleckov o'z vaqtida OTJ safida xatto sardorlik vazifasini ham bajargan va keyinchalik milliy terma jamoada ham o'ynagandi.

Temur Sultonov
Namanganlik futbolchini ham JCH-2003 ishtirokchisi bo'lganini aytish lozim. Sultonov o'tgan mavsumni “Andijon”da boshlab keyinchalik davralar oralig'ida jamoani tark etgandi. Mavsumning ikkinchi qismini esa u birinchi liga ishtirokchisi “Xotira-79” tarkibida o'tkazdi. Lekin bu yil Temurni uychiliklar safida ham ko'rmayapmiz.

SHuhrat Mirxoldirshaev
O'z vaqtida oliy ligada har qanday himoyachiga jiddiy tashvish tug'dirgan SHuhrat Mirxoldirshaev ham bu yil hech bir klubda ko'rinmayapti. Milliy chempionatimizning ikki karra to'purari (2003-2004 yilar) bo'lgan tajribali hujumchi jaroxat sabab uzoq vaqt davomida maydon chetda bo'ldi. “Navbahor”, “Mashal”, “Nasaf” hamda “Andijon” jamoalari safida o'ynab doimo ishqibozlar olqishiga sazovar bo'lgan Mirxoldirshaev o'tgan yili andijonliklar safida bo'ldi. Ikkinchi davraning aksariyat o'yinlarida maydonga tushib, imkon qadar jamoasiga yordam berishga uringan futbolchi negadir “burgutlar”ning qishki yig'inlariga bormadi va shu tariqa u klub bilan xayrlashdi. SHundan so'ng 33 yoshli futbolchi birinchi liga klubida o'ynashni o'ziga ep ko'rmadi shekilli Namangan klublarida ham ko'rinmadi.
 


Ayubxon Gapparov
Ayni o'ynaydigan yoshda bo'la turib hech bir klubda ko'nim topa olmagan Ayubxon Gapparovning ham faoliyatida sezilarli pasayish yuza kelganini inkor etib bo'lmaydi. Ko'p yillar davomida Qozonning “Rubin” yoshlar jamoasida bo'lgan futbolchi o'tgan yili birinchi ligada “CHust-Paxtakor” sharafini himoya qilayotgandi. Ammo yozda u elita qatnashchisi “Andijon” tarkibidan o'rin oldi. “Burgutlar” safida 9ta uchrashuv o'tkazgan Gapparov davralar oralig'ida jamoa yig'inida ko'rinish bermadi.


Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика