Oybek Qilichev "Al SHaab" bilan shartnoma tuzishga yaqin
07 jan 2014 16:06
Yangiliklar


Oybek Qilichev "Al SHaab" bilan shartnoma tuzishga yaqin
"Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Oybek Qilichev faoliyatini BAAda davom ettirishi mumkinligi haqida xabar bergandik.
Ayni paytda futbolchi va uning agenti Ravshan Salimov Birlashgan Arab Amirliklarining SHarja shahrida bo'lib turishibdi. Tomonlar so'nggi muzokaralarni o'tkazishmoqda. SHartnomaning so'nggi detallari kelishib olingach Qilichev "Al SHaab" bilan rasman shartnoma tuzadi.
"Al SHaab" 1974 yil tashkil topgan. 1992/1993 yil BAA kubogi, 1993/1994 yilgi mavsumda esa BAA super kubogi sohibi bo'lgan. Ayni paytda klubga chernogoriyalik Jelko Petrovich murabbiylik qilmoqda.
"Al SHaab" 1974 yil tashkil topgan. 1992/1993 yil BAA kubogi, 1993/1994 yilgi mavsumda esa BAA super kubogi sohibi bo'lgan. Ayni paytda klubga chernogoriyalik Jelko Petrovich murabbiylik qilmoqda.

Fikrlar