So’nggi yangiliklar

11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  0 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  1 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  9 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  13 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  37 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0

O'FU futbolchilarni yozgi transfer oynasida uchta klub bilan shartnoma imzolashda hushyor bo'lishga chaqirdi Yangiliklar

O'FU futbolchilarni yozgi transfer oynasida uchta klub bilan shartnoma imzolashda hushyor bo'lishga chaqirdi

O'zbekiston futbolchilar uyushmasi yozgi transfer oynasida jamoasini almashtirayotgan o'yinchilarga tavsiya berdi.

O'zbekiston futbol associaciyasi, Professional futbol ligasi va O'zbekiston futbolchilar uyushmasi futbolchilarni yozgi transfer oynasi ochilishida "Neftchi", "Navbahor", "Surxon" futbol klublari bilan shartnoma imzolashda hushyor bo'lishga chaqiradi.

O'zbekiston futbol associaciyasining maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi o'tgan yilning 25 dekabr sanasida futbol klublarini professional futbolchilar oldidagi shartnomaviy majburiyatlarini bajarishga chaqirib, barcha qarzlarni 2024 yil 10 yanvargacha qoplash uchun muddat belgilagan edi. 

Bir qator klublar bu majburiyatlarini bajargan va qarzlarni belgilangan muddatga qadar to'lagan bo'lsa-da, aksariyat klublar to'lov muddatini uzaytirishni so'rab murojaat qilishgan va bu murojaatlar O'zbekiston futbolchilar uyushmasi tomonidan qollab quvatlangan bo'lsa-da, "Neftchi" va "Navbahor" jamoalari qarzlarni aprel oxirigacha bartaraf etishlari belgilangan bolsada bugungi kunga kelib ham qarzdorlikni bartaraf etishmagan. 

Bu esa reglamentning 12-moddasiga zid ekanligini malum qilingan, ushbu moddaga ko'ra, klub futbolchilar va boshqa klublar oldidagi, shuningdek, professional futbolchilar bilan imzolangan shartnomalar va transfer kelishuvlarida ko'rsatilgan shartlarga muvofiq, o'z moliyaviy majburiyatlariga rioya qilishi lozim.

Bundan tashqari "Surxon" FK bir necha bor O'zbekiston futbol associaciyasining maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi qarorlarini bajarmagan. Bu holat jiddiy sankciyalarga, jumladan, musobaqa jadvalida ochkolarni yo'qotishga olib kelishi haqida kop marotaba ogohlantirilgan.

Xabarda aytilishicha, FIFA normalari va qoidalariga muvofiq, klublar futbolchilarga shartnomalarga ko'ra barcha qarzlarini to'lashlari shart. Aks holda, klublar joriy transfer oynasida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish imkoniyatidan mahrum bo'lishlari mumkin.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика