So’nggi yangiliklar

10:53Англия терма жамоаси аъзоси "Арсенал"га ўтмоқда  0 10:20Россиянинг олти карра чемпиони фаолиятини юртимизда давом эттириши мумкин  11 09:46"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолаши мумкин  3 09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  8 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  13 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  3 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  20 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1

OFKning ikki kunlik seminari yakunlandi Yangiliklar

OFKning ikki kunlik seminari yakunlandi

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda davom etayotgan OFK seminarining ikkinchi kunida ham klublar vakillari bir-biridan qiziq malumotlarga ega bo'lishdi.
Dastavval, mahalliy vaqt bilan 9:00da Osiyo CHempionlar ligasi musobaqasi masuli Pavel Luzanov tadbirni kirish qismini ochib berdi va “Doping nazorati va shifokor masalalari” yuzasidan maruza o'qishi uchun doktor Gurcharan Sinx taklif etdi. Malayziyalik mashhur mutaxassisning chiqishi ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otdi. Gurcharan Sinx Braziliyada o'tgan 2014 yilgi jahon chempionatida aniqlangan kamchiliklar va bahsli vaziyatlar yuzasidan tayyorlangan mahsus rolikni yig'ilganlarga namoyish etib, ushbu holatlarni takrorlamaslikka chaqirdi.

SHundan so'ng “Matbuot xizmati masalalari” bo'yicha CHetang Kulkarni chiqish qildi. Uning maruzfasi va namoyish etgan roligi ham klublar vakillari uchun foydali bo'ldi. Yoshimi Ogava esa “Hakamlar masalalari”ga to'xtalib o'tdi. Uning maruzfasi ko'pchlikning diqqat etiborini tortdi. Ayniqsa, namoyish etilgan bahsli vaziyatlar roligi juda-juda qiziqarli bo'ldi.

Rejaga ko'ra, so'nggi bo'lib “Marketing masalalari” bo'yicha chiqish qilindi. Unda OFKning yangi homiy va hamkorlariga to'xtalib o'tildi. SHuningdek, uchrashuvlarni tashkil etishda belgilangan talablarga amal qilish lozimligi klublarga yana bir karra tushuntirildi.

SHu tariqa, 2015 yilgi Osiyo CHempionlar ligasi va OFK kubogi musobaqalari oldidan tashkil etilgan seminar o'z yakuniga etdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика