So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

OFKdan yilning eng muhim voqealari Yangiliklar

OFKdan yilning eng muhim voqealari

Teglar :  OFKYil yakunlari
Ertaga yangi 2018 yil boshlanadi. Albatta, hammamiz yangi yil nihoyatda omadli kelishini umid qilyapmiz.

OFK veb-sayti tugallanayotgan yilni tahlil qilib barcha oylarga to'xtalgan holda yilning eng muhim voqealari haqida maqola chop etdi. Biz ham OFKga azo davlat bo'lganimiz uchun tashkilot bilan bog'liq hech bir voqeaga befarq emasmiz. SHu bois quyida yilning eng muhim voqealarini keltirib o'tamiz.

YANVAR 

2017 yilning yanvari Osiyo chempionlar ligasi hamda OFK Kubogiga bo'lgan o'tish o'yinlari bilan yodda qoladigan bo'ldi. Filippinning "Global" futbol klubi o'z tarixida ilk bor OCHL o'tish bahslarida ishtirok etdi. Bu jamoa Singapurning "Tampines Rovers" klubiga qarshi bahs olib bordi. 

FEVRAL 

Fevral oyiga kelib OCHL guruh o'yinlariga start berildi. Gonkong chempioni "Istern" klubi o'z tarixida ilk bor guruh bosqichida ishtirok etdi. Bundan tashqari, OCHL tarixida ilk bor ayol kishi CHan Yuen Ting erkaklar jamoasiga murabbiylik qildi. 28 yoshli murabbiy garchi jamoasini guruhdan olib chiqa olmagan bo'lsa-da, "Guangju Evergrand"ga qarshi bahs ko'pchilikning yodida qoldi. Fevralda shuningdek, OFK Kubogi guruh bahslariga ham start berildi. 

MART 

Mart oyida Malayziyada plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi. Bunda 13ta jamoa bahs olib bordi. Finalda BAAni 7:2 hisobida mag'lub Eron terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Uchinchi o'rin esa Yaponiyaga nasib etdi. Bu oyda JCH-2018 saralash bosqichida Xitoy o'zining ilk g'alabasiga erishdi. Marchello Lippi shogirdlari uyda Janubiy Koreyadan 1:0 hisobida ustun kelishdi. Qolaversa, 24 jamoa o'rtasida Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi uchun saralash bahslari start oldi. 

APREL 

7 aprel kuni o'tkazilgan Janubiy Koreya va KXDR ayollar termasi o'rtasidagi bahsni ko'rish uchun stadionga 42,500 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu ayollar futboli bo'yicha Osiyo chempionatiga saralash bahsi edi. O'yin 1:1 hisobida yakuniga etdi. Qolaversa, bu oyda OCHL va OFK Kubogi guruh bosqichi bellashuvlari davom ettirildi. 

MAY 

Bankokda futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati bo'lib o'tdi. Bunda barcha o'yinlarda g'alaba qozongan Eron g'oliblikni qo'lga kiritdi. Forslar musobaqada 27ta gol urishga erishishdi. Hamyurtimiz Akbar Usmonov 13ta gol bilan musobaqaning "Eng yaxshi to'purari" sovriniga sazovor bo'ldi. OCHLda 1/8 final o'yinlari o'tkazildi. 

IYUN 

Eron milliy terma jamoasi muddatidan avval Jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqdi. O'zbekistonga qarshi bahsda 2:0 hisobida g'alaba qozongan Eron mundial chiptasini qo'lga kiritdi. Eronga bu o'yinda Sardor Azmun bilan Mehdi Taremi tomonidan kiritilgan gollar g'alabani taqdim etdi. 

IYUL

Vetnamning Xoshimin shahrida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati tashkil etildi. Bunda 14ta jamoa ishtirok etdi. Tailandning "CHonburi" futzal klubi g'oliblikni qo'lga kiritdi. O'zbekiston nomidan ishtirok etgan "Olmaliq" futzal klubi esa o'zini ko'rsata olmadi. 

AVGUST 

Uch oylik tanaffusdan so'ng Osiyo chempionlar ligasi yana davom ettirildi. Xitoyning "SHanxay SIPG" klubi bu oyda "Guangju Evergrand"ni 4:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, "Urava Reds" chorak finalda "Kavasaki Frontale"ni musobaqadan chiqarib yubordi. G'arb mintaqasida "Al Hilol" - "Al Ayn", "Al Ahli" - "Persepolis" bahslari o'tkazildi. SHuningdek, o'z maydonida Avstraliyani 2:0 hisobida mag'lub etgan Yaponiya jahon chempionati yo'llanmasiga ega bo'ldi. 

SENTYABR 

Safarda O'zbekiston bilan 0:0 o'ynagan Janubiy Koreya JCH-2018 yo'llanmasiga ega bo'ldi. SHuningdek, Saudiya Arabistoni ham bu oyda to'g'ridan-to'g'ri mundial chiptasini qo'lga kiritdi. Ayollar futboli bo'yicha o'tkazilgan U-16 Osiyo chempionatida KXDR g'olib chiqdi. OCHLda "Al Hilol" va "Al Ahli" klublari yarim finalga yo'l olishdi. SHarq mintaqasidan "SHanxay SIPG" bilan "Urava Reds" keyingi bosqichga chiqdi. 

OKTYABR 

Suriya va Avstraliya o'rtasida JCH-2018 saralash bosqichiga pley-off o'yinlari o'tkazildi va bunda Avstraliyaning qo'li baland keldi. OCHLda eca finalchilar aniqlandi. "Al Hilol" va "Urava Reds" klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqa finalida o'ynaydigan bo'lishdi. Ayollar futboli bo'yicha o'tkazilgan U-19 Osiyo chempionatida Yaponiya qizlari g'olib bo'lishdi. 

NOYABR 

Avstraliya ikki o'yin natijasiga ko'ra Gondurasni 3:1 hisobida mag'lub etib, Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. SHunday qilib tarixda ilk marta mundialda OFKdan beshta terma jamoa ishtirok etadigan bo'ldi. OCHL g'olibligi esa Yaponiyaning "Urava Reds" klubiga nasib etdi. OFK Kubogida Iroqning "Eyr Fors" klubiga teng keladigani topilmadi. Noyabrda shuningdek, OFK yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazdi. 

DEKABR

BAAda klublar o'rtasidagi jahon chempionati bahslari o'tkazildi. "Al Jazira" o'z ishtiroki bilan ko'pchilikni hayron qoldirdi. Ular "Oklend Siti" va "Urava Reds"ni mag'lub etishning uddasidan chiqa olishdi. Biroq "Real" bilan kechgan o'yinda BAA klubi mag'lub bo'ldi. SHuningdek, uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda ham "Al Jazira"dan omad yuz o'girdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика