So’nggi yangiliklar

12:45Саудия Арабистони чемпионатида Тоуни ва Бензема Роналдуга деярли етиб олишди  0 12:17"Реал" "Арсенал" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:55Аморим МЮ ўйини ҳақида: "Баъзида ижобий жиҳат топиш қийин бўлади"  0 11:50Интервью. Февзи Давлетов: "Тизимли ўйинимизни сақлаб қолдик. Трансферлар? Айнан керакли позицияга футболчи олинди"  1 11:30Рустам Хожаев: "Осиё кубоги мезбонлиги Марказий Осиё футболи ривожи учун жуда катта туртки бўлади"  2 10:53«Ман Сити» тарбияланувчиси «Манчестер Юнайтед»га ўтиши мумкин  2 10:24Неймар 2013 йилда нима учун «Реал»ни эмас, «Барселона»ни танлаганини тушунтириб берди  10 09:50Клаудио Раньери Довбикнинг ҳолати ҳақида маълумот берди  5 09:21«Арсенал» Германия терма жамоаси аъзосини ёзда текинга қўлга киритиши мумкин  1 08:53Месси келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  12 08:25АПЛдаги мусулмон футболчилардан ташкил топган рамзий жамоа тузилди  4 07:56ОКМКнинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди  2 07:20Англия кубоги. Асенсионинг дубли «Астон Вилла»ни кейинги босқичга олиб чиқди, Рэшфорддан навбатдаги ассист  4 02:29Бундеслига. "Бавария" иродали ғалаба қайд этди  2 02:10Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср" мағлуб бўлди  33

OFK U23. O'zbekiston - Yaman - 3:1. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

OFK U23. O'zbekiston - Yaman - 3:1. MATNLI TRANSLYACIYA

O'zbekiston hamda Yaman terma jamoalari o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu sahifa orqali kuzatib boring.

                                            MATNLI TRANSLYACIYA

                                                    YANGILASH


90+3. O'YIN TUGADI. O'zbekiston OTJ musobaqani Yaman ustidan g'alaba bilan tugatdi.

90+2. CHap qanotda to'pni egallab olgan Jaloliddin jarima maydoni ichiga kirib bordi va himoyachilarni ortda qoldirib darvozaning yuqori to'qqizligiga gol urdi - 3:1.

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 3:1. JALOLIDDIN MASHARIPOOOOOOV!

90. O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi

89. Xavfli vaziyat! Muhammad Al Sarori Sergeevni yiqitdi, jarima to'pini Kozak amalga oshirdi, Jamshid Iskanderov 3 metrdan gol ura olmadi...

85. O'zgarish. Yaman. Abdulvasea Al Matari o'rniga Xolid Muhammad tushdi

82. Yamanliklarning chempionatdagi ilk aniq zarbasi gol bilan tugadi. Ahmad Al Sarori 35 metrlardan Abdumavlon Abdujalilov darvozasini ishg'ol qildi! 

82. GOL! Ahmad Al Sarori 2:1

76. O'zgarish. O'zbekiston. Eldor SHomurodov o'rniga Jasur Hakimov tushdi

71. Yamanliklar gol urish uchun harakat qilishmoqda, deyarli maydon markazidan Ahmad Al Sarori yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

68. Eldor SHomurodov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi, havodagi kurashda Sergeev himoyachilardan ustun keldi va boshi bilan gol urdi - 2:0.

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 2:0. Sergeev!

67. O'zgarish. O'zbekiston. Dostonbek Hamdamov o'rniga Jamshid Iskanderov tushdi

66. O'zgarish. Yaman. Ahmad Ali Al Xifi o'rniga Bashir Al Manifi tushdi

64. Jamshid Iskanderov maydonga tushishga tayyor

63. Yana bir imkoniyat, bu safar Sohibov hujumda qoida buzdi.

59. Terma jamoamiz gol urishga yaqin kelmoqda

57. ZARBAAA! Yana Masharipov, bu safargi zarba ham noaniq ketdi!

55. ZARBA! Igor Sergeev! Hujumchimizning zarbasi yana noaniq, unga nima bo'ldi? Bilmadim, bilmadim!

54. Masharipov Muhammad Al Sarorini yiqitdi, jarima to'pini yamanliklar amalga oshirishdi

53. Ikkinchi bo'lim ham bizning ustunligimiz ostida kechmoqda, ammo hisob hamon 1:0

50. Jaloliddin Masharipov raqib futbolchisini qulog'idan tortdi, shumtakalik qildi, Jalol

48. Yamanliklar xavfli jarima to'piga ega bo'lishdi, zarbani Otabek SHukurov qaytardi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha 1:0

45. Yaman olimpiyachilari o'tgan ikki o'yinda raqib darvozasiga umuman aniq zarba berishmagandi. Bugun ham bu anana davom etmoqda

44. ZARBAAAAAAA! Eldor SHomurodovning zarbasi ustun yonidan o'tib ketdi

42. ZARBA! Jaloliddin Masharipovning qulay nuqtadan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi

41. Ogohlantirish. O'zbekiston. Akrom Komilov

39. ZARBA! Jamshid Boltaboevning kuchli zarbasini posbon qaytardi

37. Dostonbek Hamdamov Alavi Fadaq tomonidan jarima maydoni yonida yiqitildi, jarima to'pi tepamiz

32. SHomurodov raqib jarima maydoniga kirib borayotgan vaqtda raqib tomonidan yiqitildi, xitoylik hakam hech narsani ko'rmadi!

30. O'yin tempi past, hozircha xavfli hujumlar bo'lmayapti

25. SHomurodovni yiqitishdi. Jarima to'pini Dostonbek Hamdamov amalga oshirdi, to'pni jonli devorga tegib qaytdi

22. ZARBA! Dostonbek Hamdamov chap oyoqda jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, xavfli lekin noaniq zarba

20. Xavfli vaziyat. Bu safar SHukurov to'pni darvozaga yo'llash vaqtida qo'l bilan o'ynadi va hujum to'xtadi

18. SHukurov to'pni jarima maydoniga uzatdi, Dostonbek Hamdamovning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Sohibov darvozaga yo'lladi - 1:0.

17. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JAVOHIR SOHIBOV! 1:0

16. Ogohlantirish. Muhammad Boqshan

13. Jamoalar muxlislar uchun o'ynashda davom etmoqda. Yaman ham, O'zbekiston ham guruhdan chiqa olmasligi aniq

10. ZARBA! Masharipovning zarbasi darvozabonga nasib qildi

8. ZARBA! Burchak to'pidan so'ng Otabek SHukurov darvozaga zarba berdi, to'pni darvozabon ushlab oldi

7. Ogohlantirish. Jamshid Boltaboev

6. O'ng qanotdan hujum qildik. Biroq Sergeev ham, Masharipov ham zarba bera olmadi

5. Terma jamoamizning hujumi, oxiriga etmadi. Yana o'sha noaniq paslar kuzatilmoqda

3. O'yin tempi yuqori emas. Jamoalar bir birlarini o'rganishmoqda

1. O'YIN BOSHLANDI!

21:29. O'zbekiston muxlislar klubi mag'lubiyatlarga qaramay jamoamizni qizg'in qo'llab quvvatlab turishibdi

21:28. Uchrashuv boshlanishi uchun barcha narsa tayyor. O'yinni O'zbekiston boshlab beradi

21:25. Navbat Yaman davlat madhiyasiga

21:24. O'zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda!

21:23. Jamoalar maydonga tushib kelishdi

- O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.


O'zbekiston - Yaman 3:1
19 yanvar 2016. Doxa. "Suhayim bin Hamad" stadioni
Hakamlar:
Ma Ning (Xitoy), Vang Deksin (Xitoy), Xsyu Min YU (Xitoy Taypei), Xettikankanamge Perera (SHri-Lanka)

Gollar: Javohir Sohibov 17, - 1:0. Igor Sergeev 68, - 2:0. Ahmad Al Sarori 82, - 2:1. Jaloliddin Masharipov 90+1, - 3:1.

O'zbekiston: 12.Abdumavlon Abdujalilov, 4.Jamshid Boltaboev, 14.Javlon Mirabdullaev, 2.Akrom Komilov, 7.Vladimir Kozak, 8.Javohir Sohibov, 19.Otabek SHukurov, 9.Jaloliddin Masharipov, 17.Doston Hamdamov (10.Jamshid Iskanderov, 67), 23.Eldor SHomurodov (15.Jasur Hakimov, 77), 11.Igor Sergeev.
Zaxira: 1.Asilbek Omonov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Doston Tursunov, 6.Maksimilian Fomin, 16.Ikrom Aliboev, 22.Temur Hakimov.

Yaman: 23.Salim Al Xarsh, 3.Alavi Fadaq, 11.Abdulvasea Al Matari (9.Xolid Muhammad, 85), 12.Ahmad Ali Al Xifi (8.Bashir Al Manifi, 66), 13.Ala Addin Mahdi, 14.Ammar Xamsan, 15.Osama Anbar, 17.Muhammad Al Sarori, 18.Ahmad Abdulloh Ahmad Alos, 19.Muhammad Boqshan, 21.Ahmad Al Sarori.
Zaxira: 1.Esam Al Hakimi, 2.Faysal Ba Xurmuz, 4.Mugaxed Farea, 5.Abdulmuain Al Jarshi, 6.Abdulxoliq Manea, 7.Volid Mohd Al Xubaishi, 10.Sulaymon Hezam, 16.Ahmad Batavil, 20.Yosir Al Gabr, 22.Yosir Txavab.


Reyting: -68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика