So’nggi yangiliklar

00:55Антони: "Ишонаверинг, янги мавсум менинг исмимни гол ва ассистлар билан бирга эшитасиз"  3 00:32Александр Крестинин: "Яратган вазиятларимизнинг учдан бир қисминиголга айлантира олганимизда ҳам бугун ғалаба қозонган бўлардик"  2 00:30Париж-2024 финал. Франция - Испания 3:5, Анри бошчилигидаги Франция ютқазди  0 00:12Расман: Давид Де Хеа – "Фиорентина" дарвозабони!  5 23:47Испания Францияни қўшимча бўлимларда мағлуб қилиб, Париж Олимпиадаси олтин медалларига эга чиқди!  22 22:30Денис Коростиченко: "Жамоада катта ўзгаришлар рўй берди. Суперлигада жон сақлаб қолиш эмас, юқорироқ ўрин эгаллашни мақсад қилганмиз"  3 22:09Про лига. "Қўқон-1912" меҳмонда "Машъал" устидан ғалаба қозонди  3 21:35Суперлига. "Локомотив" - "Олимпик" 1:1  8 21:17Суперлига. "Олимпик" ҳамон "тирик" экан, ёш футболчилар "Локомотив" билан дуранг ўйнашди  6 21:10Ольмо "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши маълум бўлди  5 20:45"Челси" тез орада 60 млн евролик трансферни амалга оширади  5 20:17Париж-2024. Франция ва Испаниянинг финал ўйини учун бошланғич таркиблари аниқ  1 19:45ПСЖ 40 млн еврога ҳимоячи сотиб олди  1 19:18"Тоттенхэм" "Борнмут" юлдузини трансфер қилмоқда  1 18:58Про лига. "Машъал" – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2

OFK U23. O'zbekiston – Janubiy Koreya. Asosiy to'rtta vaziyat tahlili Yangiliklar

OFK U23. O'zbekiston – Janubiy Koreya. Asosiy to'rtta vaziyat tahlili

Osiyo CHempionatining 1-turida O'zbekiston terma jamoasi koreyalik raqiblari bilan to'qnash kelishdi.

Keling, o'yindagi asosiy to'rt vaziyatga etiboringizga qaratamiz.

1.  20-daqiqa, gol. SHukurovning harakatiga baho berib penalti belgilangan Fahad Al Mirdasi, Osiyoning “eng yaxshi hakami” u emasligini “isbotladi”. Qachongacha hakamlardan jabr chekaveramiz, qachongacha ha mayli deb qo'l siltaymiz? G'ururlarimizni toptayotgan OFK hakamlar qo'mitasi buning uchun javob beradimi? Yoki yil yakunida bizga berib qo'yadigan mukofotlariga aldanib yuraveramizmi? 

CHap qanotdan uyushtirilgan hujumni “toza” bartaraf etgan bir paytda alamli penalti. Darvozabonni alday olgan koreys futbolchisi hisobni ochdi.


2.  Ikkinchi bo'limdagi tezkor gol hammasini rasvo qildi. Aslida bu golni o'zimiz “olib” keldik.  Hujumni to'g'ri boshlay olmaganimiz natijasija tezkor koreyslar chap qanotdan hujumni boshladilar. Uning “zamax”iga Fomin aldandi. Bunday harakatlarni O'zbekistonda uch futbolchida ko'rasiz, Artur Gevorkyan, SHerzod Karimov va Sanjar Tursunovda. OTJda ham bor, Jaloliddin Masharipov. Aslida “pas” Mun CHang Jinga qanday etib borganini murabbiylar shtabi yaxshilab tahlil qilib chiqishlari lozim. Kozakka ishonib Abdujalilov oldidan o'tib ketgan to'pni ushlamadi. Aksiga olib ulardan o'tgan to'pni Komilov ham to'xtata olmadi. Natija esa tabloga tasir o'tkazdi. Mun CHang Jin yoshligidan o'rgatilgan, qanday vaziyatda bo'lmasin darvozani to'g'ri poylay olish hususiyatini yana bir bor namoyish qildi. Bu futbolchiga so'nggi yillardagi o'yinidan kelib chiqib baho beradigan bo'lsak, yaqin kunlarda uni MTJ safida ham bizga etarlicha bosh og'riq bo'lishini ko'rishimiz mumkin.


3.  Hakamdan farqli ravishda Doston Hamdamov o'zini yaxshiligini o'yini bilan ko'rsata oldi. U tomonidan kiritilgan golga etibor bering. Ko'rdi, tepdi, urdi. Nima uchun na u, na boshqalar o'yin davomida to'g'ri zarbalar berishmadi. Sergeevdagi bitta vaziyatni hisobga olmasa, darvozabonga aytarli ish bo'lmadi. Bu vaziyatda Sergeev nimani o'yladi bilmayman. 1:0 hisobidan keyin vaziyat tenglashganidami... Bo'ydor  koreyslarga ikki hujumchimiz, Sergeev va SHomurodovni yodlab olishibdi. Bizda endi-endi yo'lga qo'yilgan ilmiy guruh koreyaliklarga 20 yildan beri xizmat qiladi. Ularga oson bo'lishi uchun bir yarim oy davomida bir nechta o'yin o'tkazib ham berdik, bu o'yinlarni ular kuzatmadi deb o'ylaysizmi? Yaxshilab kuzatishganini ko'rinib qoldi. Ular Sergeev va SHomurodovni yopib qo'ygan bir vaziyatda, biz Mun CHang Jingni o'yinda bilib oldik.  Yana bir eskirgan uslub, bu ikki qanot futbolchisini joyini almashtiraverish.


4.  O'yindan bir kun avval “Sport TV”dagi chiqishimizda, Jamshid Boltaboevga to'xtalib o'tgan edim. Bu futbolchi zo'r o'yinchi, ammo zo'r o'yinchida o'yin amaliyoti bo'lmasa foydasi yo'q. Uning mashg'ulotlardagi holati Samvel Babayan qanoatlantirdi, natijada o'zi ham, OTJ ham yutqazdi. Boltaboevni o'rniga Masharipovni tushishi kerak deb turgan paytim esa, hakamni o'zi uni o'yindan olib tashladi. Ikkinchi qavatdagi o'yin o'xshamadi, birgina o'xshagan narsa, pressingni qo'llay olganimiz va jismoniy holatlarimizni tenglashgani. Avstraliyada ham, bugun ham biz koreyslarga jismoniy holat bo'yicha mag'lubiyatga uchramadik. Yaqinda hakamlarga qarshi o'yinimizdan so'ng, Ravshan Ermatov bir gapni aytdi. To'g'ri hisob yirik ko'rinish olgan edi. 



“Biz bilan bir xil o'ynayapsizlar, hakamlarning barining kundalik mashqlari bor. Sizlar esa ora sirada. SHunga qaramay hujumlarimiz va turib berishingiz deyarli bir xil, ammo g'alaba qozonish uchun gol urish kerak. Gol urishni esa o'rganish lozim. Darvozaga to'g'ri zarba berilmasa gol bo'lmaydi”. 100% to'g'ri gap. Kechagi o'yin hakamlarga qarshi o'yinimizni eslatib yubordi. Faqat Sergeevni boshiga to'pni etkazib berish bilan ish bitmasligini murabbiylar shtabi birinchi bo'limni o'zidayoq tushunib etishlari kerak edi. 

Sergeevga to'pni etkazish orqali ikki narsa reja qilingan. Birinchisi to'g'ri borsa u to'pni darvozaga kiritishi kerak, burchak zarbalari paytida esa u to'pni jamoadoshlariga “skidka” qilib berishi lozim bo'lardi. Lekin ikkala reja ham o'xshamadi. 

Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan futbolchilardan Masharipov nisbatan o'yinga qo'shilib keta oldi. G'ofurovga esa menimcha vaqt etishmadi.

Endi bizni Iroqqa qarshi hal qiluvchi o'yin kutib turibdi. Durang ham bizni qanoatlantirmaydi. Durang bo'lgan taqdirda biz Yamanni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratishimiz va ikkinchi o'yinda koreyslarga ishqibozlik qilishimiz kerak bo'ladi. 

Himoya va darvoza chizig'i muammo ekan, baxtimizni hujumdan qidirishimiz kerak. Haqiqat achchiq bo'ladi, achchiq haqiqatni shirin hotiraga aylantirish uchun yana oldimizda muhim ikkita o'yin bor, agar bu qo'llaringizdan kelsa tarixda qolasiz, aks holda...


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика