So’nggi yangiliklar

18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   0 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  1 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  0 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  1 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  2 15:38Роналду – энг яхши!  24 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  13 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2

OFK Turkmaniston, Qirg'iziston va tojikistonlik futbolchilarga qattiq jazo tayinladi. Navbat O'zbekistonga ham etib kelishi mumkin Yangiliklar

OFK Turkmaniston, Qirg'iziston va tojikistonlik futbolchilarga qattiq jazo tayinladi. Navbat O'zbekistonga ham etib kelishi mumkin

O'zbekistonlik taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev Telegram’dagi sahifasi orqali Osiyo futbol konfederaciyasining elon qilgan qarori bo'yicha fikr bildirdi.

“Osiyo futbol konfederaciyasi bugun 5 nafar futbolchiga nisbatan o'z qonuniy organlarining qarorlarini elon qildi. Ularning barchasi O'rta Osiyo vakillaridir. Turkmaniston terma jamoasi azosi Sulaymon Muhadov doping qabul qilgani uchun 4 yilga futboldan chetlatildi. U o'z namunalarini Osiyo Kubogi-2019 vaqtida topshirgandi", deb yozadi Nikimbaev.

Bundan tashqari, Qirg'iston klublarida faoliyat olib borgan Kursanbek SHeratov («Dordoy»), Vladimir Verevkin, Ilyaz Alimov, tojikistonlik Abdulaziz Maxkamovning (barchasi «Oloy») 2017 hamda 2018 yillarda OFK Kubogida kelishilgan o'yinlarda qatnashgani uchun futbolga aloqador barcha sohalardan bir umrga chetlatilgani malum qilingan. SHuningdek, SHeratov OFK Kubogi-2017 musobaqasi vaqtida totalizatorda ham ishtirok etgani aniqlandi.

“Xabarning ikkinchi qismi O'zbekistonda kelishilgan o'yinlarni tashkil qiluvchilarga ogohlantirish bo'lishi zarur. Oldin malum qilganimdek, OFK kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashda Sportradar kompaniyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Avvalroq, O'zbekiston futbol associaciyasi ham ushbu kompaniya bilan aloqa o'rnatgandi. SHunday qilib, biz to'g'ri yondashuv bilan shu kabi ishlarning ochilishiga guvoh bo'lishimiz mumkin", deya qayd etgan Nikimbaev.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика