OFK tartib-intizom qo'mitasi: Krimec 5000 dollarga jarima tortildi, Nemati esa "Paxtakor"ga qarshi o'ynaydigan bo'ldi
30 sen 2020 17:24
Yangiliklar


OFK tartib-intizom qo'mitasi: Krimec 5000 dollarga jarima tortildi, Nemati esa "Paxtakor"ga qarshi o'ynaydigan bo'ldi
Bu qarorlar CHempionlar Ligasi 1/8 final natijalaridan so'ng qabul qilindi.
Unga ko'ra, "Paxtakor" himoyachisi Egor Krimec "Istiqlol"ga qarshi o'yinda hakamga bildirgan etirozi uchun 5000 dollar miqdorida jarimaga tortildi, shundan 1250 dollari uch oy ichida to'lanishi kerak, 3750 dollar miqdoridagi jarima esa shartli ravishda 2 yil muddatga qoldirilgan. Krimec yana qoidabuzarlik qilsa, bu miqdor yangi jazoga qo'shiladi.
SHu bilan birga qo'mita "Paxtakor" bilan o'yin paytidagi hakamlik uchun "Istiqlol"ning protestini bekor qildi.
Qo'mita tomonidan qabul qilingan yana bir qaror - "Persepolis" futbolchisi Siamak Nematining "Al Sadd"ga qarshi o'yinda olgan qizil kartochkasi bekor qilindi. SHu tariqa u "Paxtakor"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar