OFK seminari boshlandi
11 dek 2014 10:15
Yangiliklar

OFK seminari boshlandi
11 dekabr kuni OFK kubogi va CHempionlar ligasi musobaqalari ishtirokchi klublari uchun OFK seminari boshlandi.
Qitamizning har ikkala nufuzli turnirida ishtirok etuvchi 80ga yaqin klub vakillari ishtirok etayotgan seminar Kuala-Lumpurdagi muhtasham “Hilton” otelida tashkil etilgan.
Seminar boshlanishidan oldin klublar vakillari OFK masullari ro'yxatidan o'tishdi va ishtirokchilar uchun avvaldan tayyorlab qo'yilgan maxsus beyjiklarni qabul qilib olishdi.
Mahalliy vaqt bilan soat 9:00da OFK bosh kotibi Aleks Susay so'z olib, musobaqa oldidan klublarga omad tiladi va seminarni tantanali ravishda ochib berdi. SHundan so'ng, OFK masullari minbarga chiqishib, avvaldan rejalashtirilgan seminar maruzalarini o'qib eshittirishni boshladilar.
Mahalliy vaqt bilan 15:00da (Toshkentda 12:00 bo'ladi) qura tashlash marosimi boshlanadi. Dastavval OFK kubogi ishtirokchilari o'z raqiblarini bilib olishsa, soat 16:00da CHempionlar ligasi guruh bosqichi uchun qura tashlanadi.

Fikrlar