So’nggi yangiliklar

16:26Музаффар Музаффаров жамоаси билан тарихий натижа қайд этди   2 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  0 15:57"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 15:47"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  0 15:17Расман: Хаби Алонсо — "Реал" бош мураббийи  3 14:48"Атлетик" бош мураббийи "Барселона"нинг Уильямсга қизиқиши ҳақида гапирди  4 14:12"Интер" "Рома" футболчисини харид қилмоқчи  4 13:43"Ливерпуль" бразилиялик ҳужумчи харидини кўриб чиқмоқда  0 13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  1 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  2 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  7 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  3 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2

OFK saytida Osiyo Kubogida urilgan eng chiroyli gol aniqlandi Yangiliklar

OFK saytida Osiyo Kubogida urilgan eng chiroyli gol aniqlandi

OFK rasmiy sayti muxlislar o'rtasida Osiyo Kubogida kiritilgan eng chiroyli golni aniqlash borasida so'rov o'tkazdi.

So'rov natijalariga ko'ra, Vetnam terma jamoasi futbolchisi Nguen Kuang Xai tomonidan Yaman darvozasiga urilgan gol eng chiroyli deb topildi. Ushbu yarim himoyachi o'z golini jarima to'pidan so'ng kiritgandi. 

Qizig'i shundaki, finalda Almuaz Ali tomonidan chalqancha usulda yo'llangan ajoyib zarba ham eng chiroyli gol bo'la olmadi. SHuningdek, Eldor SHomurodovning Yaponiya darvozasiga kiritgan to'pi ham unchalik ko'p ovoz yig'madi. 

Endi nima uchun vetnamlik futbolchining goli eng chiroyli deb topilganiga kelsak, bu golni OFK eng yaxshi deb topmadi, balki muxlislar saytga kirib faqat vetnamlik o'yinchiga ovoz berishgan. Bu esa birinchi bor ro'y bergani yo'q. Esingizda bo'lsa, o'tgan yil Xitoyda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionatida eng ham yang chiroyli gol vetnamlik shu futbolchiga nasib etgandi. O'shanda ham uning finalda jarima to'pidan bizga urgan goli eng yaxshi deb topilgandi.

Vaholanki, Aziz G'aniev yoki Jasur Yaxshiboev tomonidan kiritilgan gollar oldida bu gol u qadar etni jimirlatib yubormaydi. Ammo ularning yutug'i shundaki, vetnamlik muxlislar internetda juda faol. Masalan, OFK sayti Osiyo Kubogining eng chiroyli golini aniqlash uchun so'rovni qo'yganidan beri o'tgan 9 kun ichida jami 215,854 ovoz kelib tushgan bo'lsa, birgina vetnamlik futbolchining o'ziga 105,139 ta ovoz berilgan. Natijada u 49 foiz bilan birinchi o'rinni egalladi.

Bu borada ikkinchi o'rin xitoylik Vu Leyga nasib etdi. Uning Filippin darvozasiga kiritgan goli 78,647 ovoz to'pladi. Bu esa 36 foiz deganidir. Taqqoslash uchun Almuaz Alining finalda Yaponiyaga urgan chiroyli goli atigi 2 foiz ovoz yig'gan. Bu esa yuqorida aytib o'tganimizdek, vetnamlik va xitoylik muxlislarning internetda nihoyatda faol ekanini ko'rsatadi. CHunki boshqa sabab ham ko'rinmayapti.


Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика