OFK sayti uchun biz begonami? (Mulohaza uchun mavzu)
23 fev 2014 12:11
Yangiliklar

OFK sayti uchun biz begonami? (Mulohaza uchun mavzu)
OFK rasmiy sayti www.the-afc.com deb nomlanadi. Bu sayt bir paytlari rus tilida ham ishlardi.
Hozircha esa faqat ikki tilda yuritilyapti: ingliz va arab. Sayt asosan Osiyo futbolidagi muhim voqealar, xalqaro o'yinlar, shuningdek katta transferlarni yoritib boradi. Bundan tashqari, sayt Eron, J.Koreya, Yaponiya milliy chempionatlariga ham qo'ldan kelgancha etibor qaratadi.
Lekin nima uchundir sayt xodimlari o'zbek futboliga unchalik etibor berishmaydi. Bunda biz haqimizda deyarli xabar chiqmaydi ham. SHaxsan o'zim the-afc.comga deyarli har kuni kirib turganim uchun o'zbek futboliga oid nimadir chiqib qolarmikin dean manoda xabarlarni ko'zdan kechirib chiqaman. Lekin xabar tugul, kichikroq malumot ham yo'q.
Natijada OFK sayti uchun bizning futbol qiziq emasmi, degan savol yuzaga kelyapti. Lekin ikkinchi tomondan xafa bo'lishimiz kerak emas, chunki biz o'zbek futboli nafaqat o'zimizga, balki atrofdagilarga ham qiziq bo'lishi uchun hech bir ish qilayotganimiz yo'q. “Lokomotiv” va “Nasaf” OCHL bilan xayrlashib bo'ldi. Endi bu musobaqada birgina “Bunyodkor” qoldi, ammo “Bunyodkor”ning OCHLda qatnashishi sayt ishchilarini qanchalik qiziqtiradi, bundan xabarimiz yo'q.
Bundan tashqari, saytning OCHL bo'limida joylashgan videogalereyada ham asosan Koreya, Xitoy, Yaponiya, Eron futboli vakillarining intervyulari joylashgan. Biznikilarni faqat fotogalereyada uchratish mumkin, xolos.
O'zbek futboli qachon ko'tariladi? Qachonki, yon-atrofdagilarning etiborini qozonsa, xalqaro o'yinlar orqali o'zini ko'rsata olsa hamda hamma vaqtinchalik lavozimni deb emas, balki o'zbek futboli rivoji uchun astoydil jon koyitib ishlasa. Mana shundagina OFK saytining nazari biz tomonlarga tushadi. Ular Koreya, Yaponiya va Xitoy kabi chempionatimizning har bir turini yoritib borishadi. Legionerlarimiz haqida o'zlari qiziqib maqola tayyorlashadi. Lekin to shunday bo'lgunga qadar bir-birimizga (OFK va o'zbek futboli nazarda tutilmoqda – muallif.) begona ko'z bilan qaragandek yuraversak kerak.
Xayrulla XOLIQOV.

Fikrlar