OFK rasmiy sayti: Mart oyida JCH-2022 saralashining 3ta o'yini o'tkaziladigan bo'ldi
02 mar 2021 17:40
Yangiliklar


OFK rasmiy sayti: Mart oyida JCH-2022 saralashining 3ta o'yini o'tkaziladigan bo'ldi
OFK rasmiy sayti mart oyida o'tishi kerak bo'lgan JCH-2022 saralashi doirasidagi o'yinlar iyun oyida markazlashgan holda o'tishini elon qildi.
Oldinroq Saudiya Arabistoni mart oyida Yaman bilan o'ynashi elon qilingan edi. Biroq OFK sayti xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni bu oyda Falastin bilan o'ynaydi.
Mart oyida faqatgina quyidagi uch uchrashuv bo'lib o'tadi:
30 mart Saudiya Arabistoni - Falastin (Ar Riyod, Saudiya Arabistoni)
25 mart Tojikiston - Mo'g'uliston (Dushanbe, Tojikiston)
30 mart Mo'g'uliston - Yaponiya (CHiba, Yaponiya)
Qolgan uchrashuvlar esa 2021 yil 31 maydan 15 iyuniga qadar markazlashgan holda o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar