So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

OFK: Qatar - O'zbekiston uchrashuvi prevyusi Yangiliklar

OFK: Qatar - O'zbekiston uchrashuvi prevyusi

Bugun, 6 sentyabr kuni Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi ikkinchi tur o'yinlari o'tkaziladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bu turda Qatar mehmoni bo'ladi.  Osiyo Futbol Konfederaciyasi rasmiy sayti ushbu o'yin uchun maxsus prevyu taqdim etdi.

Doha: JCH-2018 saralashining uchinchi bosqichini Erondan qabul qilib olingan alamli mag'lubiyat bilan boshlagan Qatar, Suriyaustidan kichik hisobda g'alabaga erishgan O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi ikkinchi turda o'yin olib boradi.

- O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida birinchi bor, JCH saralashining uchinchi bosqichini g'alaba bilan boshladi.
- Suriya bilan o'yinni o'tkazib yuborgan Egor Krimec O'zbekiston terma jamoasida Qatarga qarshi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor.
- Eronga qarshi bahsda jarohat olgan Pedro Migel va Hasan Al-Haydolarning maydonga tushishi so'roq ostida.

- Daniel Karreno Qatar jamoasi azolarini Eron bilan o'yinda qabul qilib olingan 0-2 hisobidagi mag'lubiyatni unitishga chaqirdi.
- Samvel Babayan jamoa azolaridan harakter ko'rsatishlarini so'radi.

Murabbiylarning o'yindan avvalgi fikrlari

Hose Daniel Karreno, Qatar

“Ozodiy stadionida Eron terma jamoasiga mag'lubiyatga uchrashimiz bizni bosim ostiga solib qo'ydi. SHuningdek, o'zbekistonliklar Suriya bilan o'yinda kichik hisobda bo'lsa ham g'alabaga erishgani bu bosimni yanada oshiradi. Bo'lajakuchrashuvjudamurosasizo'tishinitahminqilishqiyinemas. Ammo, futbolchilarimiz uch ochkoga erishish yo'lida jon jahdlari bilan o'ynashlariga ishonchim komil”.

“Eron bilan bahsda darvozabonning qo'pol xatolarini hisobga olmaganda, futbolchilarimiz qatiyatli o'yin ko'rsatishdi va O'zbekistonga qarshi o'yinda ham shunday ruhda maydonga tushishadi. Dastlabki safar o'yinidagi mag'lubiyatni unutamiz va navbatdagi o'yinga butun etiborimizni qaratamiz. O'z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida g'alaba qozonishdan boshqa ilojimiz ham yo'q”.

Samvel Babayan, O'zbekiston

“Qatar bilan bahsda 3 ochkoni qo'lga kiritmoqchimiz va agar futbolchilarimiz borini berib o'yin olib borishsa, bu o'yinda g'alaba qozona olamiz. Umid qilamizki, omad biz tomonda bo'ladi va O'zbekistonga 3 ochko bilan qaytamiz”.

“Qatar ustidan g'alaba qozonish oson bo'lmaydi, chunki ular Eronga qarshi bahsda juda yaxshi taassurot qoldirishdi. Biz kuchli jamoaga qarshi maydonga tushamiz”.

Qatar va O'zbekiston o'rtasida o'tkazilgan so'nggi 5 ta o'yin:

07/10/14 Qatar 3 – 0 O'zbekiston
18/06/13 O'zbekiston 5 – 1 Qatar
16/10/12 Qatar 0 – 1 O'zbekiston
08/01/11 Qatar 0 – 2 O'zbekiston
28/03/09 O'zbekiston 4 – 0 Qatar

Jamoalarning so'nggi 5 ta rasmiy o'yinlari.

Qatar: M - G' - G' - G' - M
29/05/16 Albania 3-1 Qatar
08/08/16 Qatar 2-1 Iroq
18/08/16 Iordaniya 2 - 3 Qatar
25/08/16 Qatar 3 – 0 Tailand
01/09/16 Eron 2 -0 Qatar

O'zbekiston: G' – M – G' – G' – G'

29/03/16 O'zbekiston 1 – 0 Bahrayn.
07/06/16 Kanada 2 – 1 O'zbekiston
24/07/16 O'zbekiston 2 – 1 Iroq
24/08/16 O'zbekiston 1 – 0 Burkina Faso
01/09/16 O'zbekiston 1 – 0 Suriya

JCH-2018 3-bosqich. 1-tur.

Eron 2 – 0 Qatar.“Ozodiy” stadioni. 78,000 muxlis.
Tehron shahridagi “Ozodiy” stadionida, SHri-Lankalik referi, Dilan Perera tomonidan ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda eronlik Rizo G'uchanajjot 90(+4) va Alirizo Jahonbaxsh 90(+11) tomonidan urilgan ketma-ketligi Qatarni safardan quruq qo'l bilan Dohaga qaytishiga sabab bo'lgandi.

O'zbekiston 1 – 0 Suriya. “Bunyodkor” stadioni. 35,000 muxlis.
Suriyaga qarshi kechgan o'yinda, jamoaning faxriy azosiga aylanib borayotgan Aleksandr Geynrix asosiy vazifani bajardi. Ikkinchi bo'lim avvalida, Qatar Yulduzlar Ligasining“Al-Jaish” klubi yarim himoyachisi Sardor Rashidovning o'rniga maydonga tushgan hujumchioradan hech qancha o'tmay Surriya darvozasini ishg'ol qildi. Yakunda bu gol yagonaligicha qoldi va Aleksandr Geynrix o'yin qahramoniga aylandi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика