So’nggi yangiliklar

10:08Терма жамоамиз етакчиси фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 09:41Ҳусанов жамоаси ҳужумдаги рақобатни кучайтириш мақсадида «Интер»дан ҳужумчи олди  0 09:15Вилоят ҳокими «Насаф» жамоаси аъзолари билан учрашди  4 08:47«Ўзимизга муаммо яратиб, қаҳрамонларча ғалаба қозондик». Вадим Абрамов Олмалиқдаги ғалаба ва қизил карточка вазияти ҳақида  1 08:22Ўткир Юсупов "Фулад"даги дастлабки икки ўйинида Эронда ҳеч ким қила олмаган ишни бажарди  9 07:50Суперлига. Бугун охирги учрашувларида ғалабасиз кетаётган жамоалар ўзаро баҳс олиб боради  4 07:21ЎзФҲМ томонидан ушбу вазиятда «Динамо» посбонига нима сабабдан қизил карточка кўрсатилгани тушунтириб берилди  0 07:10Лига 1. ПСЖ - "Монпелье", ПСЖ рақиб ҳимоясини тешиб ташлади  1 02:48Либертадорес Кубоги учрашуви вақтида ноҳуш ҳолат рўй берди  1 02:40Испания. "Валенсия" мағлуб бўлди, марказий ўйинда меҳмонлардан ғалаба  1 02:11Франция. Мбаппесиз ПСЖ иккинчи ўйинда 6та гол урди  0 01:42УХХХХХХ!! "Байер" 90+11-дақиқада ғалабани илиб кетди  4 00:50"Барселона" футболчиси сафдан чиқди  1 00:34"Жирона" рекорд трансферни амалга оширди  3 00:14Бум! Лукаку Италиянинг бошқа жамоасига ўтмоқда  3

OFK prezidenti bo'lishga nomzod Al Romaiti: "O'zimni kuchli nomzod deya olaman" Yangiliklar

OFK prezidenti bo'lishga nomzod Al Romaiti: "O'zimni kuchli nomzod deya olaman"

Malumki, shu yilning aprel oyida OFK prezidentligi va yana boshqa bir qator lavozimlar uchun saylov bo'lib o'tadi.

OFK prezidenti bo'lishga uch kishi o'z nomzodini qo'ygan. Bular - amaldagi prezident SHayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa (Bahrayn), Saud Aziz Al Mohannadi (Qatar) va Muhammad Xalfan Al Romaiti (BAA). 

Nomzodlardan biri Muhammad Xalfan Al Romaiti yaqinda Goal.com nashriga intervyu berdi. Jurnalistning yozishicha, Al Romaiti saylovda g'olib chiqishiga ishonmoqda, buning uchun u katta dastur tayyorlagan. Ayni paytda BAA sport vaziri bo'lib faoliyat yuritayotgan mutaxassis o'z intervyusida shunday dedi: 

"Men mayda detallargacha to'xtalmoqchi emasman, faqat shuni aytishim mumkin, Osiyo futbolini rivojlantirishga doir o'z dasturim bo'lmaganida nomzodimni ilgari surmasdim. Men oxirgi 20 yildan ziyod vaqt ichida futbolda faoliyat yuritib katta tajriba to'pladim, shunday ekan, prezident bo'lishga o'zimni mos nomzod deb hisoblayman". 

Malumki, Osiyo futbolining hozirgi rahbari SHayx Salmon qatarlik Muhammad bin Hammam o'rniga kelgandi. U 2015 yil to'liq to'rt yil muddatga prezident etib saylangan. Mana endi 2019 yilning 6 aprel sanasida yana saylov bo'ladi. Al Romaitining hozirda SHayx Salmon bilan munosabati yaxshi, lekin saylovda baribir oxirigacha kurashmoqchi. 

"Futbol doim o'zgarib turishi kerak. Biz o'tgan to'rt yil mobaynida Osiyo futbolida nimalar bo'lganini ko'rdik. Endi esa bizga yangiliklar zarur deb hisoblayman. Men odamlar mening dasturim bilan tanishib chiqishlarini va o'z fikrlarini aytishlarini xohlayman. Odamlar hammaning dasturi bilan tanishsin, muhokama qilsin, bu yaxshi-ku. Yakunda eng yaxshisi tanlanadi". 


Sir emas, hozirgi prezident SHayx Salmon o'z o'rnini osonlikcha berib qo'ymaydi. U o'z o'rnini saqlab qolishi uchun hatto Nizomga o'zgartirish kiritishga muvaffaq bo'ldi. Biroq yangi nomzod Muhammad Al Romaiti oxirigacha kurashmoqchi. U yoshligida futbol o'ynagan, keyinchalik esa Abu Dabi policiyasida boshliq bo'lib ishlagan. 

"Men uchun chaqiruvlar oddiy hol. Masalan, men yaqinda policiyadagi vazifamdan ketdim va o'rnimga boshqasi keldi. Ish bir xilda davom etyapti. Endi bo'lsa futbolda ham o'z qarashlarimni tadbiq etishni xohlayman. Bemalol aytishim mumkin, men kuchli nomzodman. O'tgan vaqt mobaynida SHayx Salmon ko'p ishlarni amalga oshirdi. Lekin men ham yangilik kiritsam deyman". 

OFK prezidenti bo'lishga nomzod Al Romaiti Osiyo Kubogi va Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionati borasida ham o'z fikrlarini bildirdi: 

"Men odamlardan Osiyo Kubogi guruh bosqichi shahardan shaharga ko'chib emas, balki bitta joyda o'tkazish kerak degan fikrni eshitdim. Bu ham qaysidir manoda to'g'ri, chunki o'yindan o'yinga ko'chib yurish jamoalarni charchatib qo'yadi. O'ylaymanki, OFK kelajakda shu jihatlarni etiborga oladi. Endi JCH-2022 ishtirokchilarini 32tadan 48taga oshirishga kelsak, bu Qatar bilan FIFA o'rtasida hal bo'ladigan masala. Bu o'rinda men qaror qila olmayman, negaki FIFAda ishlayotganim yo'q". 

"Bizning Qatar bilan siyosiy munosabatimiz hammaga malum, shu bois birgalikda jahon chempionatini o'tkaza olmaymiz. Bu o'rinda Qatar Quvayt va Ummon bilan birgalikda nimadir qilishi mumkin. Lekin jamoalar soni ortishini qo'llab quvvatlayman". 


"Men navbatdagi jahon chempionatiga Qatar mezbonlik qilishidan juda xursandman. Qatar g'olib chiqqanida men ularni tabriklagan kam sonli kishilardan biri bo'lgandim. Agar OFK prezidenti bo'lsam ularni yana qo'llab-quvvatlashda davom etaman. Axir shunday katta musobaqaning Osiyoda o'tishi yaxshi-ku". 

Muhammad Xalfan Al Romaiti shuningdek moliyaviy imkoniyati past davlatlarga yordam qo'lini cho'zishni ko'zdan qochirayotgani yo'q. 

"Osiyoda 40dan ziyod davlat futbolni rivojlantirish uchun moliyaviy ko'makka muhtoj. SHunday ekan, OFK ularga ko'p pul ajratishi kerak. Pul bor joyda infratuzilma oshadi, futbol rivojlanadi, shu tariqa jamoalar kuchayib boradi. O'ylaymanki, kelajak yanada yaxshi bo'ladi. Men qitada futbolni yanada rivojlantirishni, buning uchun kerakli moliyaviy yordam berishni xohlayman". 

X.Xoliqov tarjimasi

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика