OFK O'zbekiston futbolchisini 5000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortdi
21 jan 2019 14:54
Yangiliklar


OFK O'zbekiston futbolchisini 5000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortdi
OFK Osiyo Kubogidagi vaziyatlar bo'yicha bir qator futbolchilarni jazoladi.
Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvida o'zbekistonlik Egor Krimec raqibni ushlab qolgani uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolangan edi. Ushbu harakati uchun futbolchi 5000 AQSH dollari jarima to'laydigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Krimec 1-turda Ummon bilan bahsda qizil kartochka olgan va keyinroq OFK tomonidan 7500 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar