So’nggi yangiliklar

20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  0 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  3 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  10

OFK O'FA xodimini ikki oyga futboldan chetlatdi Yangiliklar

OFK O'FA xodimini ikki oyga futboldan chetlatdi

OFK Tartib-intizom va Etika qo'mitasi O'FA xodimi Behzod Mirtimirov borasida qaror qabul qildi.

Qarorga ko'ra, ushbu xodim futbolga doir har qanday faoliyatdan ikki oy chetlatildi. Bu borada OFK Tartib-intizom va Etika qo'mitasi Tartib-intizom kodeksining 104-moddasi bo'yicha qaror chiqardi.

Qarorda shunday deyiladi: "Mirtimirov OFK surishtiruvida ishtirok etishdan bosh tortgani uchun futboldan chetlatildi. U futbolga doir hech qanday ishda faoliyat yurita olmaydi. U Kuala Lumpurga kelib OFKning taklifiga ko'ra surishtiruvda ishtirok etishdan bosh tortdi. OFK malumot yig'ish borasida ish olib borayotgani bois toki surishtiruv o'z nihoyasiga etmaguncha qadar bu borada boshqa malumot bermaydi".

Bizga malum bo'lishicha, Behzod Mirtimirov O'FAda tarjimon sifatida faoliyat yuritadi. Uning ustidan qanday tekshiruv (surishtiruv) boshlangani va nima sababdan ikki oyga futboldan chetlatilgani haqida O'FA rasmiy bayonot beradi degan umiddamiz.

Suratga izoh: Behzod Mirtimirov (o'ngdan birinchi) shu yilning 31 oktyabr kuni o'tkazilgan OFK Kongressida O'FA nomidan ishtirok etib, OFK Nizomiga o'zgartirish borasidagi taklifga O'FA ovozi sifatida "Yo'q" degan variantni ko'targandi. 

Reyting: -62   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика