So’nggi yangiliklar

21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  2 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  23 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  14 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0

OFK OCHL-2018 to'purari Bagdad Bunedjani jazoladi Yangiliklar

OFK OCHL-2018 to'purari Bagdad Bunedjani jazoladi

OFK tartib-intizom qo'mitasi bazi masalalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qildi.

Jazolanganlar orasida bu yilgi Osiyo chempionlar ligasi to'purari (13ta gol bilan) Bagdad Bunedja ham bor. Quyida bazi qarorlarni keltirib o'tamiz.

Musobaqa: U-16 Osiyo chempionati
O'yin: Yaponiya - Avstraliya
Muammo: O'yindan keyin uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan hamda o'yinni o'tkazib yuborishi kerak bo'lgan ikki futbolchi jamoa kiyim almashtirish xonasiga kirgani uchun
Jazolandi: Avstraliya futbol federaciyasi 3,000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi.

Musobaqa: U-16 Osiyo chempionati
O'yin: Yaponiya - Ummon
Muammo: Tashkilotchilar tomonidan o'yin o'tkaziladigan stadion shay holatga keltirilmagani uchun
Jazolandi: Malayziya futbol associaciyasi 10,000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi.

Musobaqa: Osiyo chempionlar ligasi
O'yin: "Persepolis" - "Al Duhayl"
Muammo: Stadion suxandoni o'yin paytida muxlislarga tegishli malumotlarni mikrofon orqali etkazmagani uchun
Jazolandi: "Persepolis" futbol klubi 1,000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi.

Musobaqa: Osiyo chempionlar ligasi
O'yin: "Persepolis" - "Al Duhayl"
Muammo: O'yin paytida muxlislar tomonidan xunuk so'zlar yozilgan banner stadionga olib kirilgani uchun
Jazolandi: "Persepolis" futbol klubiga 5,000 AQSH dollari miqdorida jarima solindi.

Musobaqa: U-19 Osiyo chempionati
O'yin: Janubiy Koreya - Tojikiston
Muammo: O'yin davomida Tojikiston terma jamoasining kamida besh nafar futbolchisi hakam tomonidan kartochka olgani uchun
Jazolandi: Tojikiston futbol federaciyasi 2,500 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi.

Musobaqa: U-19 Osiyo chempionati
O'yin: Janubiy Koreya - Tojikiston
Muammo: O'yin paytida qo'pol so'zlarni aytgani uchun
Jazolandi: Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mubin Ergashev 5,000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi.

Musobaqa: Osiyo chempionlar ligasi
O'yin: "Persepolis" - "Al Duhayl"
Muammo: O'yindan keyingi matbuot anjumaniga kirmagani uchun
Jazolandi: "Al Duhayl" bosh murabbiyi Nabil Malul 10,000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi

Musobaqa: Osiyo chempionlar ligasi
O'yin: "Persepolis" - "Al Duhayl"
Muammo: O'yindan keyingi matbuot anjumaniga murabbiyning kirishini taminlab bermagani uchun
Jazolandi: "Al Duhayl" klubi 10,000 dollar miqdorida jarimaga tortildi

Musobaqa: Osiyo chempionlar ligasi
O'yin: "Persepolis" - "Al Sadd"
Muammo: O'yindan keyin flesh-intervyu bermagani uchun
Jazolandi: "Al Sadd" hujumchisi Bagdad Bunedja 10,000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi.

Musobaqa: Osiyo chempionlar ligasi
O'yin: "Persepolis" - "Al Sadd"
Muammo: O'yindan keyin futbolchisini flesh-intervyu berishga ko'ndirmagani uchun
Jazolandi: "Al Sadd" klubi 12,500 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика