OFK kubogi. Turkmaniston klubi "25 aprel" bilan durang o'ynadi
19 sen 2018 19:10
Yangiliklar
OFK kubogi. Turkmaniston klubi "25 aprel" bilan durang o'ynadi
Unda KXDRning "25 aprel" klubi o'z uyida Turkmanistonning "Oltin Asr" klubini qabul qildi. Dastlab maydon egalari 15-daqiqada hisobni ochishdi. Bunga qo'shnilarimz Vohid Orazsaxedovning aniq zarbasi bilan javob berishdi.
Birinchi bo'limni koreyslar baribir g'alaba bilan tugatishdi. 32-daqiqada Kim YU Song gol urdi.
60-daqiqada An Song Il qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Bu esa "Oltin Asr"ga qo'l keldi. 81-daqiqada Selim Nurmuradov bahsdagi yakuniy natijani o'rnatdi - 2:2.
Javob o'yini 3 oktyabr kuni Ashxobod shahrida bo'lib o'tadi. Ushbu o'yinda g'olib bo'lgan jamoa OFK kubogi finaliga yo'l oladi.
Malumot uchun, "Oltin Asr" klubi Turkmaniston terma jamoasining o'zagini tashkil etadi. Turkmaniston Osiyo Kubogi-2019da O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan.

OFK kubogi-2018
Interzonal yarim final. Dastlabki o'yin
19 sentyabr 2018. Pxenyan. "Kim Il Sung" stadioni.
"25 aprel" - "Oltin Asr"
Bosh hakam: Ahmad Al Kaf (Ummon)
"Oltin Asr": Mamed Orazmuhamedov, Zafar Bobojonov (Gurbangeldi Batirov,45), SHoxrat Suyunov, Mekan Saparov, Altimurat Annadurdiev, Selim Nurmuradov, Serdar Annaorazov, Resul Xojaev, Mekan Ashrov (Begmurat Bayov,65), Serdar Geldiev, Vohid Orazsaxedov

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar