OFK Kubogi-2021. "Nasaf" musobaqani yirik g'alaba bilan boshladi
14 may 2021 18:50
Yangiliklar
OFK Kubogi-2021. "Nasaf" musobaqani yirik g'alaba bilan boshladi
Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.
OFK Kubogi, "F" guruhi
"Nasaf" (O'zbekiston") - "Oloy" (Qirg'iziston) - 4:0
Boshlanish vaqti: 17:00
Stadion: "Respublika markaziy stadioni" (Dushanbe)
Gollar: Suhrob Nurulloev 52, - 1:0 (SHerzod Nasrullaev). SHohmalik Komilov 58, - 2:0 (Oybek Bozorov). Husayin Norchaev 64, - 3:0 (Marko Stanoevich). Husniddin Aliqulov 75, - 4:0 (SHerzod Nasrullaev)."Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 8. Dilshod Saitov (4. Husniddin Aliqulov, 69), 5. G'olib G'aybullaev, 92. Umar Eshmurodov, 15. Jo'rabek Mannonov (20. Suhrob Nurulloev, 46), 34. SHerzod Nasrullaev, 50. SHohmalik Komilov (28. Sardor Sadullaev, 78), 88. Marko Stanoevich, 22. Akmal Mozgovoy, 77. Oybek Bozorov (14. SHokir Yo'ldoshev, 69), 19. Husayin Norchaev (25. Muxriddin Zoirov, 78).
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 13. Azamat Soyibov, 3. Jafarjon Karimov, 41. Mirjalol Qosimov, 70. Abubakr Rizo Turdialiev.
"Oloy": 16. Danil Polyakov, 4. Aydar Mambetaliev, 14. Oybek Abdug'afforov (17.Suyuntbek Mamiraliev, 87), 21. Almazbek Malikov, 7. Ahliddin Isroilov (9.Nurbolot Irisbekov, 67), 10. Emmanuel Yagr, 11. Eldar Moldojunusov, 12. Erlan Mashirapov, 19. Nurdolot Stalbekov (25.SHoxrux Askarov, 88), 20. Tijani Belaid (5.Adilet Nurlan Uulu, 81), 27. Akramjon Umarov.
Zaxira: 33.Temirlan Apaz Uulu, 6. Asadbek Alimov, 8.Keldibek Talantbek Uulu.
Ogohlantirishlar: Aydar Mambetaliev 29,
90+3. O'yin yakunlandi. "Nasaf" OFK kubogini yirik va ishonchli g'alaba bilan boshladi!
90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi
87. O'zgarishlar. "Oloy". Oybek Abdug'afforov va Nurdolot Stalbekov o'rniga Suyuntbek Mamiraliev va SHoxrux Askarov tushdi
85. UXXX! "Oloy" burchak to'piga ega bo'ldi, Nematov to'pni qaytarishda raqib hujumchisi Emmanuel Yagrning yuziga urib yubordi
81. O'zgarish. "Oloy". Belaid o'rniga Adilet Nurlan Uulu tushdi
78. O'zgarishlar. "Nasaf". Norchaev va Komilov o'rniga Zoirov va Sadullaev tushdi
75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Husniddin Aliqulov 4:0. CHap tomondan Nasrullaev uzatgan to'pni jarima maydoni ichidan Aliqulov darvozaga joylab qo'ydi!
69. O'zgarishlar. "Nasaf". Bozorov va Saitov o'rniga SHokir Yo'ldoshev va Husniddin Aliqulov tushdi
68. FAKT! Suhrob Nurulloev "Nasaf" safidagi birinchi golini aynan bugun urdi
67. O'zgarish. "Oloy". Ahliddin Isroilov o'rniga Nurbolot Irisbekov tushdi
64. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Husayin Norchaev 3:0. Marko Stanoevichning to'p uzatishidan keyin Norchaev deyarli bo'sh darvozani ishg'ol qildi!
58. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHOHMALIK KOMILOV 2:0. Bozorovning to'p uzatishidan keyin Komilov jarima maydoni ichidan darvozani ishg'ol qildi!
52. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SUHROB NURULLOEV! 1:0. Bozorov to'pni Nasrullaevga uzatdi, SHerzod jarima maydoni ichiga oshirdi, bu erda himoyachilar taqibidan holi bo'lgan Nurulloev osongina gol urdi!
51. ZARBAA! Marko Stanoevich jarima maydoni ichidan zarba berdi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi!
49. ZARBA! SHohmalik Komilovning jarima maydoni yonidan zarba berdi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi
48. SHohmalik Komilov burchakdan to'pni darvoza tomon yo'lladi, to'pni darvozabon qaytardi!
46. O'zgarish. "Nasaf". Mannonov o'rniga Nurulloev tushdi
46. Ikkinchi taym boshlandi!
45+2. Birinchi taym yakunlandi
45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi
44. ZARBAAA! Marko Stanoevichning chap oyoqda jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasini darvozabon egallab oldi
40. Xavfli vaziyat! Oybek Bozorov chap qanotdan jarima maydoniga kirib to'pni sheriklariga uzatdi, himoyachilar o'z o'rnida!
38. ZARBAAAAAAA! Marko Stanoevich 20 metrlardan jarimadan zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi!
35. ZARBAAAAA! SHohmalik Komilovning chamasi 25 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi!
31. ZARBAAA! Emmanuel Yagrning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasidan keyin Nematov to'pni qaytardi!
29. Ogohlantirish. "Oloy". Aydar Mambetaliev
28. ZARBAAA! Marko Stanoevichning zarbasidan keyin Polyakov to'pni ushlab oldi!
20. Tashabbus "Nasaf" tomonida, ammo hisob ochilmayapti
14. ZARBAAA! "Nasaf"ning yana bir hujumi, Bozorov-Mannonov-Saitov kombinaciyasi Dilshodning zarbasi bilan tugadi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi!
12. ZARBA! O'ng tomondan Stanoevich uzatgan to'pni Bozorov to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, Polyakov o'z o'rnida!
10. ZARBAA! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Mozgovoy jarima maydoni ichidan darvozaga yo'lladi, to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi!
6. UXXX! "Nasaf" burchak to'piga ega bo'ldi, Norchaevning boshi bilan darvozaga yo'llagan zarbasini Danil Polyakov to'pni chiziq ustida qaytardi! Takroriy lavhalarda buni aniqlab bo'lmadi
1. O'YIN BOSHLANDI!
- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.
Fikrlar