So’nggi yangiliklar

07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  2 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  4 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  1 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  3 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  6 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  9 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  12 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2

OFK Kubogi. G'arbiy Osiyo mintaqasida pley-offchilar malum Yangiliklar

OFK Kubogi. G'arbiy Osiyo mintaqasida pley-offchilar malum

Teglar :  OFKOFK Kubogi
Nufuzi jihatdan OCHLdan keyingi o'rinda turadigan OFK Kubogining guruh bosqichi jamoalarni beshta mintaqaga bo'lgan holda o'tkazilmoqda.

G'arbiy Osiyo mintaqasi - "A", "B", "C" guruhlari

Janubiy Osiyo mintaqasi - "D" guruhi

Markaziy Osiyo mintaqasi - "E", "F" guruhlari

ASEAN mintaqasi - "G", "H", "I" guruhlari

SHarqiy Osiyo mintaqasi - "J" guruhi


6ta jamoa keyingi bosqichda

Dushanbe shahrida o'tkazilgan markazlashgan musobaqada "Nasaf" o'z guruhida birinchi o'rinni egallab 1/8 finalga yo'l oldi. "Nasaf"ning keyingi bosqichdagi raqibi Turkmaniston klubi "Ahal" bo'ladi. 

Kecha G'arbiy mintaqada ham guruh o'yinlari o'z yakuniga etdi. Guruh natijalariga ko'ra, keyingi bosqichga chiqqan to'rtta klub va pley-off juftliklari malum bo'ldi. 


"A" guruhi: "Al Ahed" (Livan), "Al Hidd" (Bahrayn), "Al Vahda" (Suriya).

O'yinlar Bahraynda o'tkazildi. Livanning "Al Ahed" klubi keyingi bosqichga yo'l oldi.  

21 may. "Al Vahda" - "Al Ahed" 0:0

24 may. "Al Hidd" - "Al Vahda" 1:1

27 may. "Al Ahed" - "Al Hidd" 2:1


"B" guruhi: "Al Salt" (Iordaniya), "Markaz Balata" (Falastin), "Al Ansar" (Livan), "Al Muharraq" (Bahrayn).

O'yinlar Iordaniyada o'tkazildi. Guruhdan Bahraynning "Al Muharraq" va Iordaniyaning "Al Salt" klublari keyingi bosqichga yo'l olishdi. 

21 may. "Al Salt" - "Al Muharraq" 0:1

21 may. "Markaz Balata" - "Al Ansar" 0:2

24 may. "Al Muharraq" - "Markaz Balata" 2:3

24 may. "Al Ansar" - "Al Salt" 1:2

27 may. "Al Ansar" - "Al Muharraq" 1:2

27 may. "Al Salt" - "Markaz Balata" 5:0


"C" guruhi: "Tishriin" (Suriya), "Markaz shabab Al Amari" (Falastin), "Al Faysali" (Iordaniya), "Quvayt SK" (Quvayt).

O'yinlar Iordaniyada o'tkazildi. Guruhdan "Quvayt SK" keyingi bosqichga yo'l oldi.  

21 may. "Tishriin" - "Quvayt SK" 3:3

21 may. "Al Faysali" - "Markaz shabab Al Amari" 2:0

24 may. "Quvayt SK" - "Markaz shabab Al Amari" 4:1

24 may. "Al Faysali" - "Tishriin" 1:0

27 may. "Tishriin" - "Markaz shabab Al Amari" 5:1 

27 may. "Al Faysali" - "Quvayt SK" 0:1



Pley-offda kimlar o'ynaydi?

"Nasaf" Markaziy Osiyo g'olibini aniqlash uchun OFK Kubogi pley-off bosqichida Turkmanistonning "Ahal" klubiga qarshi bahs olib boradi. G'arbiy Osiyo mintaqasida ham guruh uchrashuvlari o'z yakuniga etgach, pley-offchilar malum bo'ldi. Livanning "Al Ahed" klubi Bahraynning "Al Muharraq" jamoasi bilan kuch sinashsa, Iordaniyaning "Al Salt" klubi Quvaytning "Quvayt SK" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. CHempionlikka davogar sifatida qaralgan "Al Faysali" (Iordaniya) guruhdan chiqa olmadi.


Boshqa mintaqalarda nima gap?

Endilikda yana 3ta mintaqada o'yinlarni o'tkazib olish qolyapti: Janubiy Osiyo, ASEAN va SHarqiy Osiyo mintaqalari. SHarqiy Osiyodagi guruh o'yinlariga Gonkong mezbonlik qiladi. Lekin qolgan 4ta guruh bahslari qaerda bo'lib o'tishi hali malum emas. 

"D" guruhi: "Moxun Bagan" (Hindiston), "Bashundxara Kings" (Bangladesh), "Maziya" (Maldiv), Pley-off g'olibi.

Guruh o'yinlari 30 iyun - 6 iyul oralig'ida o'tkaziladi. O'yinlar qaerda bo'lishi malum emas.

"G" guruhi: "Xanoy" (Vetnam), "Bali Yunayted" (Indoneziya), "Boeing Ket" (Kambodja), Pley-off g'olibi.

Guruh o'yinlari 30 iyun - 6 iyulga belgilangan. O'yinlar qaerda bo'lishi malum emas. 

"H" guruhi: "Kedah Darul Aman" (Malayziya), "Lion Siti" (Singapur), "Saygon" (Vetnam), "Persipura Jayapura" (Indoneziya).

Guruh o'yinlari 29 iyun - 5 iyul oralig'ida o'tkaziladi. O'yinlar qaerda bo'lishi malum emas. 

"I" guruhi: "Kaya Iloylo" (Filippin), "Terengganu" (Malayziya), "Geylang Interneshnl" (Singapur).

Guruh o'yinlari 30 iyun - 6 iyul oralig'ida bo'ladi. O'yinlar qaerda bo'lishi malum emas.

"J" guruhi: "Istern" (Gonkong), "Taynan Siti" (Xitoy Taypeyi), "Atletik 220" (Mo'g'uliston), "Li Man" (Gonkong).

Guruh o'yinlari 23 iyun - 29 iyun oralig'ida Gonkongda o'tkaziladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика