OFK kubogi. Gadoev jamoasi guruh bosqichini g'alaba bilan boshladi
25 fev 2016 11:05
Yangiliklar


OFK kubogi. Gadoev jamoasi guruh bosqichini g'alaba bilan boshladi
Bahraynning "Muharraq" klubi birinchi turni o'z uyida Falastinning "Ahli Al Halil" klubini qabul qildi va 2:1 hisobida zafar quchdi. Hamyurtimiz SHohruh Gadoev mezbonlar safida to'liq o'ynadi.
Guruhning ikkinchi o'yinida Suriyaning "Al Jayish" klubi o'z uyida Ummonning "Fanja" klubini 1:0 hisobida mag'lub etdi.
2-turda "Muharraq" Ummonda "Fanja" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv 9 mart kuni bo'lib o'tadi.
Quyida OFK kubogining dastlabki turida qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishib oling:
1-tur
"D" guruhi
"Muhrarraq" - "Ahli Al Halil" 2:1
Gollar: SHovaiter 5, Ismoil Abdullatif 23 penalti - Mahmud Vadi 15
"Al Jayish" - "Fanja" 1:0
Gollar: Yusuf Kalfa 78
"A" guruhi
"Oltin Asr" (Turkmaniston) - "Al Ahad" (Livan) 2:0
"Al Vihdat" (Iordaniya) - "Al Xidd" (Bahrayn) 2:0
"B" guruhi
"Istiqlol" (Tojikiston) - "Al Faysali" (Iordaniya) 0:0
"Nafit Al Vasat" (Iroq) - "Tripoli Klub" (Livan) 1:0
"C" guruhi
"Al Dxaria" (Falastin) - "Eyr Fors Klub" (Iroq) 0:2
"Al Oruba" (Ummon) - "Al Vahda" (Suriya) 2:1
"E" guruhi
"Seres" (Filippin) - "Selangor" (Malayziya) 2:2
"Tampines Rovers" - "SHayx Jamol Dxanmondi Klub LTD" (Bangladesh) 4:0
"F" guruhi
"Nyu Radiant" (Maldiv orollari) - "Balestier Xalsa" (Singapur) 2:2
"Kitchi" (Gongkong) - "Kayya" (Filippin) 1:0
"G" guruhi
"Yangon Yunayted" - "Saut CHayna" (Gongkong) 2:1
"Moxun Bagan" (Hindiston) - "Maziya Sports Rekreation" (Maldiv orollari) 5:2
"H" guruhi
"Lao Toyota" (Laos) - "Bengaluru" (Hindiston) 2:1
"Johor Darul Tazim" (Malayziya) - "Ayeyavadi Yunayted" (Myanma) 8:1
O’xshash yangiliklar

Fikrlar