So’nggi yangiliklar

13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  0 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  2 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  5 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  13 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  18 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  22 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  9 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  2 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4

OFK kubogi. Norxonov va Hasanovning gollari "So'g'diyona"ga ikkinchi o'yinda g'alaba keltirdi Yangiliklar

OFK kubogi. Norxonov va Hasanovning gollari "So'g'diyona"ga ikkinchi o'yinda g'alaba keltirdi

OFK kubogining 2-turidan o'rin olgan CSKA - "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

CSKA (Tojikiston) — "So'g'diyona" (O'zbekiston) 2:3 (TUGADI)

27 iyun, 2022 yil. Tojikiston. 22:00.

Hakamlar: Holid Marhoun Sulayman Al SHaqsi (Ummon), Muhammad Said Al G'azali (Ummon), Navaf SHahin Musa (Bahrayin), Suhaizi Bin SHukri (Malayziya)

Uchrashuv komissari: Mid Said Al Masri (Suriya)

Uchrashuv nazoratchisi: Nimal Vickramatunga (SHri Lanka)

Gol: Norxonov, 3 (0:1), Elshibek Rashidbekov, 32 1:1, Jasur Hasanov 45, 1:2, SHohruz Norxonov 46, 1:3, Xurshed Jo'raev 50, 2:3

CSKA: 1. Azamat Ahmedov (16. Mahmadali Husniddini, 51) 5. Alisher Safarov, 7. Komron Mirzonazhod (77. Hurshed Abdulloev, 83), 10. Hurshed Juraev ( 9. SHarafjon Solehov, 57), 11. Elchibek Rashidbekov ( 18. Abdullo SHaripov, 57), 15. Aminu Iddris, 17.Navruz Rustamov, 20. Komron Ibrohimov, 21. Vaysiddin Safarov ( 4. Izzatilla Ruziev, 57), 22. Jonibek SHaripov, 27 Sergei Doronin

Zaxiradagilar:  12. Ikromjon Ismoilov, 32. Aghil Jelizi, 

So'g'diyona: 27. Milan Mitrovich, 6. Iskandar SHaykulov, 7. SHaxboz Jurabekov ( 2. Sardor Qulmatov, 66), 10. SHoxruz Norxonov (9. Bobur Farxodov, 85), 11. Jasur Xasanov (33. Doniyor Abdumannopov, 67), 16. Artyom Filiposyan, 19. Javohir Qahramonov (12. Xislat Halilov, 85), 21. Abdujalil Manazarov, 31. Luka CHermel, 77. Daniel Nasriddinov, 93. Marko Kolakovich

Zaxiradagilar: 1. SHirinboy Abdullaev, 3. Dian Talxatov, 5. Ayubxon No'monov, 8. Marat Bikmaev, 20. Bahodir Nasimov, 23. Behruz SHodmonov, 

Ogohlantirish: Navro'z Rustamov (CSKA) 20, 53, SHahboz Jo'rabekov 48, Aminu Iddris (CSKA), Abdujalil Manazarov ("So'g'diyona", 87)

CHetlatish: Navro'z Rustamov 54

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi

90. Mitrovichdan ajoyib seyv. Raqibning jarima to'pnidan yo'llagan zarbasini Mitrovich qaytarib yubordi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

87. OGOHLANTIRISH. "So'g'diyona", Abdujalil Manazarov

85. O'ZGARISH. "So'g'diyona", Javohir Qahramonov o'rniga Hislat Halilov, SHohruz Norxonov o'rniga Bobur Farhodov tushdi

83. O'ZGARISH. CSKA, Kamron Mirzanajod o'rniga Xurshed Abdullaev tushdi

67. O'ZGARISH. "So'g'diyona", Jasur Hasanov o'rniga Doniyor Abdumannopov tushdi

66. O'ZGARISH. "So'g'diyona" SHahboz Jo'rabekov o'rniga Sardor Qulmatov tushdi

64. OGOHLANTIRISH. "So'g'diyona", Aminu Iddris 

57. O'ZGARISH. CSKA, Vaysiddin Safarov o'rniga Izzatilla Ro'ziev, Elchibek Rashidbekov o'rniga Abdullo SHaripov tushdi

53. OGOHLANTIRISH. CSKA futbolchisi Navro'z Rustamov ikkinchi sariq kartochkani oldi va chetlatildi. 

51. O'ZGARISH.  CSKA, Azamat Ahmedov o'rniga Mahmadlali Husniddini tushdi

50. GOL. Mitrovich va Xurshed Jo'raev dueli. Yakunda Jo'raev osonlikcha gol urdi. 

48. OGOHLANTIRISH. "So'g'diyona", SHahboz Jo'rabekov

48. PENALTI. "So'g'diyona" darvozasiga. Hakam jizzaxliklar futbolchisini qo'l bilan o'ynadi, deb topdi. 

46. GOOOOOOOOOOOOOOOL. Raqib darvozaboni to'pni qo'lidan chiqarib yubordi. Xatodan SHohruz Norxonov foydalanib gol urdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45. GOOOOOOOOOOOOOOL. Jizzax afsonasi Jasur Hasanov jarima zarbasini golga aylantirdi. "Qariya"dan ajoyib gol!

43. "So'g'diyona" jarima zarbasini ishladi. Juda qulay nuqtada. 

37. Uxx. Javohir Qahramonov jarima maydonchasi ichida qulay vaziyatdan foydalana olmadi

32. GOL! CSKA hisobni tenglashtirdi. CHap qanotdan Jonibek SHaripovning uzatmasini Elshibek Rashidbekov boshi bilan darvozani ishg'ol qildi. 

28. Uxx! Jasur Hasanovning uzatmasidan so'ng to'p raqib futbolchisiga tegib maydonni tark etdi

24. Uchrashuv sokin ruhda o'tmoqda. 

20. OGOHLANTIRISH. CSKAdan Navro'z Rustamov ogohlantirildi. 

18. "So'g'diyona"da navbatdagi hujumi Ahmedovning to'pni egallab olishi bilan yakunlandi.

15. ZARBA! Hasanovning jarimadan uzatmasini jamoadoshi bosh bilan to'g'rilab qo'yishida aniqlik etishmadi.

14. Qahramonovga nisbatan qo'pollik ishlatildi, Javohir boshini changallab yotibdi.

12. Norxonov sherigi uzatgan to'pga eta olmadi, yana bir vaziyat yuzaga kelgandi.

10. Uxx! Hasanovning chap qanotdagi reydidan so'ng uning pasiga Norxonov yaxshi zarba berolmadi, aks holda, tablodagi hisob o'zgarishi mumkin edi. 

7. Jizzaxliklarda navbatdagi standart vaziyat yuzaga keldi. Uzatmadan so'ng Jo'rabekov bosh bilan zarba yo'lladi, biroz mo'ljalda adashdi.

Jasur Hasanov 2 o'yinda 3-assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi!

3. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Hasanovning jarimadan uzatmasini Norxonov chiroyli yakunlab qo'ydi!

2. O'ng qanotda Jurabekovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Standart vaziyat yuzaga keldi. 

1. Mezbonlar o'yinni boshladi. 

Bugun CSKA oq, "So'g'diyona" esa to'q ko'k rangli libosda o'ynaydi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Uchrashuv 22.00 da boshlanadi.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика