So’nggi yangiliklar

17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  0 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  1 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  11 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  6 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  3 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3

OFK kubogi-2022. “So'g'diyona”ning bugungi raqibi, ikki o'zbekistonlik futbolchi o'ynaydigan Qo'chqor-Otaning “Neftchi” klubi haqida nimalarni bilish kerak? Yangiliklar

OFK kubogi-2022. “So'g'diyona”ning bugungi raqibi, ikki o'zbekistonlik futbolchi o'ynaydigan Qo'chqor-Otaning “Neftchi” klubi haqida nimalarni bilish kerak?

Bugun “So'g'diyona” klubi OFK kubogi 1-turi doirasida Qirg'izistonning “Neftchi” klubiga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur bahs oldidan jizzaxliklarning bo'lajak raqibi borasida ayrim malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

Qachon tashkil topgan?
Qo'chqor-Ota shahrining “Neftchi” klubi 1952 yilda tashkil topgan. Klub 70 yillik tarixga ega bo'lgan jamoalardan biri hisoblanadi. Biroq sovrindor jamoalar toifasiga kirmaydi. Asosiy yutuqlaridan biri sifatida ikki marotaba Qirg'iziston kubogini qo'lga kiritgan. 2019 va 2021 yilda kubok sohibiga aylangan. 2010 yilda esa Qirg'iziston chempionatida zafar quchgan. Superkubok egasi hisoblanadi.

Xalqaro maydondagi ishtiroki:
O'tgan mavsumda jamoa OFK kubogi saralash bosqichida ishtirok etgan. Tojikistonning “Xo'jand” klubiga qarshi o'tkazilgan uy va safar uchrashuvi orqali turnirdagi ishtirokini erta yakunlagan. O'z maydonida g'alaba qozongan, - 1:0. “Xo'jand”dagi bahsda imkoniyatni boy berib qo'ygan, - 0:3.

Legionerlari:
Mazkur klub safida ikki nafar o'zbekistonlik futbolchi to'p tepadi. Himoyachi Azamat Abdullaev va hujumchi Otabek Haydarov. Abdullaev “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Dinamo”, “Zomin” klublarida o'ynagan. Bir necha yillardan beri “Neftchi” sharafini himoya qilib keladi. Haydarov esa “Neftchi”, “Qo'qon-1912” va “Turon”dagi faoliyati bilan yaxshi tanish. 

SHuningdek, moldovalik darvozabon, kamerun va belaruslik hujumchi ham bor. Biroq kamerunlik Luk Mendjana musobaqa uchun zayavkaga sig'may qoldi.

Jamoaning umumiy qiymati qancha?
Transfermarkt nashri “Neftchi” klubi futbolchilarining umumiy qiymatini 2,87 mln evro deya baholamoqda. Eng qimmat futbolchi Eldar Moldozhusunov bo'lib turibdi. CHap qanot yarim himoyachisining transfer narxi 225 ming evroni tashkil qilmoqda.



"Neftchi" (Qo'chqor-Ota, Qirg'iziston) klubining OFK kubogi uchun qaydnomasi: 

Darvozabonlar:
Mixail Payush (Moldova)
Artem Pryadkin
Temirlan Apaz Uulu

Himoyachilar:
Azamat Abdullaev (O'zbekiston)
Timur Majidov
Askarbek Saliev
Esenbek Uson Uulu
Almazbek Malikov

Yarim himoyachilar:
Argen Jumataev
Davlyatjan Baratov
Tursunali Rustamov
Eldiyar Sardarbekov
Azamat Bektemirov
Abrorbek Askarov
Ahlidin Israilov
Alimbek Abdakimov
Abror Kidiraliev
Adilet Kanibekov

Hujumchilar:

Otabek Haydarov (O'zbekiston)
Vladislav Fedosov (Belarus)
Eldar Moldojunusov


Eslatib o'tamiz, "So'g'diyona" - "Neftchi" uchrashuvi bugun, 24 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика