So’nggi yangiliklar

18:14"Локомотив"ни 11 нафар футболчи тарк этди  0 17:20Эрон клуби Сергеевга қизиқмоқда, жамоанинг қанча маош тўламоқчи эканлиги маълум  16 15:40Бора Милутинович: "Ўзбекистон ҳар доим ўзгача жамоа бўлган. Ким рақиб бўлишининг аҳамияти йўқ"  12 15:08ФИФА ЖЧ-2026 қуръа ташлаш маросимида хизмат қиладиган юлдузлар рўйхатини эълон қилди  5 14:44Кеча "Атлетико"га гол урган "Барселона" футболчиси бу йил бошқа майдонга тушмайди  3 14:33Озарбайжон Кубоги. Раҳмоналиев асосий таркибда  0 14:00Орлов: "Шомуродовнинг футбол интеллекти бошқаларникидан устун эканини айтгандим ва мен ҳақ бўлиб чиқдим"  1 13:38TVCOM'да бугунги ўйинлар: "Реал", АПЛ ўзбек шарҳида ва бошқалар  0 13:17Симеоне "Камп Ноу" антирекордчиси  8 12:55Флик трибуна остига кириб кетган Симеонега етиб олди ва уни қучоқлади  2 12:43Пеп Гвардиола: "Футболилар мени ҳурмат қилмай қўйишди"  10 11:53ЎФА ва ЎзПФЛ раҳбарияти иштирокида 2026 йил режалари бўйича учрашув бўлиб ўтди  3 11:36Суперлига: Мухлис йиғиш бўйича етакчи "Нефтчи", "Бунёдкор" охирги ўринда  25 10:40Суперлига-2025. Мавсумнинг ҳақиқий 10 кашфиёти  6 10:10Суперлига плей-офф учрашувларининг расмийлари маълум  4

OFK kubogi-2021. "Oloy" bosh murabbiyi: "Nasaf" - nafaqat guruhimiz, balki musobaqa favoritlaridan biri" Yangiliklar

OFK kubogi-2021. "Oloy" bosh murabbiyi: "Nasaf" - nafaqat guruhimiz, balki musobaqa favoritlaridan biri"

OFK kubogi 2-turidan o'rin olgan "Oloy" - "Oltin Asr" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida "Oloy" bosh murabbiyi No'monjon Yusupov va futbolchi Almazbek Malikov ishtirok etdi.

"Oltin Asr" guruhdagi yaxshi jamoalardan biri, jamoa OFK kubogida muntazam ishtirok etib keladi. Yaxshi futbolchilarga ega va yaxshi jamoa. Raqibning kuchini bilamiz. "Xo'jand" bilan o'yinni tomosha qildik, o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rishga va munosib o'yin ko'rsatishga urinamiz. Afsuski "Nasaf" bilan bahsda ikki nafar asosiy futbolchilarimiz jarohat oldi. Ertangi bahsdan oldin bizning vazifamizni og'irlashtiradi. Sababi zaxiramiz uzun emas. SHunga qaramay munosib o'ynashga harakat qilamiz. 


 


"Oloy" OFK kubogida bir necha bor ishtirok etgan. Lekin tarkibimizdagi futbolchilarning ko'pi hali yosh. Ular uchun bu tajriba maktabi bo'ladi.

To'g'ri "Nasaf"ga yirik hisobda yutqazib qo'ydik. Ammo "Nasaf" nafaqat guruhimizning balki musobaqaning favoritlaridan biri hisoblanadi. O'zbekiston chempionatidagi o'yinlarini tomosha qilib chiqqandik. Tarkibdagi deyarli barcha futbolchilar yosh va birgina legioneri bor. Birinchi taymda yaxshi o'ynadik, ammo ikkinchi taymda tajribasizlik etishmadi deb o'ylayman. SHunday kuchli raqiblar bilan o'yinlarda tajriba to'planadi.




Birinchi turda ochiq futbol namoyish etmadik. Sababi "Nasaf"ga qarshi ochiq o'yin ko'rsatsak bundan ham yirik hisobda yutqazardik. Ertangi bahsda albatta taktikani o'zgartiramiz va hujumkor o'yin ko'rsatishga urinamiz. "Oltin Asr" safida ham tezkor futbolchilar ko'p. SHu bois himoyadan hujumga o'tishda ehtiyotkor bo'lishimiz kerak.

Takrorlayman tarkibimizdagi ko'p futbolchilarga tajriba etishmayapti. Ikkinchi turdan oldin tarkibda o'zgarishlar bo'lishi aniq. Jamoamiz sardori va Ahliddin Isroilov ertaga maydonga tusha olishmaydi, ularning o'rni bilinadi. Gol urish uchun ko'proq hujumga o'tamiz", - deydi No'monjon Yusupov.

"Dastlab tashkilotchilarga rahmat aytmoqchiman. "Oltin Asr"ni o'rgandik va bu jamoani yaxshi bilamiz. Ertaga qiyin o'yin bo'ladi", - deydi Almazbek Malikov.


 


Tolibjon Qosimov

Dushanbe, Tojikiston 


FC Alay Osh

AFC Cup Grp. F . 2-tur

17/05/2021, 18:00

5
:
4
Tugadi

Altyn Asyr

45'
90'

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика