OFK kubogi-2021. "Nasaf" "Oltin Asr"ni mag'lub etdi va Markaziy Osiyo mintaqasi finaliga chiqdi
20 may 2021 18:50
Yangiliklar


OFK kubogi-2021. "Nasaf" "Oltin Asr"ni mag'lub etdi va Markaziy Osiyo mintaqasi finaliga chiqdi
Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.
OFK kubogi-2021
"Nasaf" (O'zbekiston) - "Oltin Asr" (Turkmaniston) - 2:0
20 may 2021 yil. Dushanbe. "Respublika Markaziy" stadioni. 17:00
Bosh hakam: Mahmod Salim Said Humaid Al Majarafi (Ummon)
Qanot hakamlari: Abdullo Muborak Muhammad Al SHamahi (Umon), Masud Hassan Fard (BAA)
Zaxira hakami: Ahmad Alali (Quvayt)
Komissar: Ip Kvun Kau (Gonkong)
Nazoratchi: Mohd Sabri Bin Mat Daud (Malayziya)
Gollar: SHohmalik Komilov 27 penalti, - 1:0. Husayin Norchaev 35, - 2:0 (SHerzod Nasrullaev).
"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G'olib G'aybullaev (70. Abubakr Rizo Turdialiev, 66), 19. Husayin Norchaev, 20. Suhrob Nurulloev (8. Dilshod Saitov, 66), 22. Akmal Mozgovoy, 34. SHerzod Nasrullaev (3.Jafarjon Karimov, 79), 50. SHohmalik Komilov (14. SHokir Yo'ldoshev, 66), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoevich (28. Sardor Sadullaev, 79), 92. Umar Eshmurodov.
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 15. Jo'rabek Mannonov, 25. Muxriddin Zoirov, 55. SHahzod Akramov, 71. Jasur Jumaev.
"Oltin Asr": 16.Dovletmuhammet Jallatov, 2.Zafar Bobojonov, 4. Mekan Saparov (9.Begenchmurat Murodov, 46), 5.Guychmurat Annaguliev, 8.Ahmet Ataev, 10.Rahman Muratberdiev (3.Selim Ataev, 66), 18.Furqat Tursunov, 19.Begench Akmamedov (17.Murat Annaev, 46), 20.Begmurat Bayov (11.SHamammet Xidirov, 46), 21.Vezirgeldi Ilyasov (7.Altimurat Annadurdiev, 57), 22.Rovshangeldi Halmammedov.
Zaxira: 23.Dovletyar Berdiev, 12.Ilyos Toyjanov, 13.Mixail Titov, 24.Gurbangeldi Batirov, 27.Velmurat Ballakov.
Ogohlantirishlar: Mekan Saparov 44, Guychmurat Annaguliev 58, Sardor Sadullaev 85, Abduvohid Nematov 90+1.
CHetlatish: Furqat Tursunov 55
90+3. O'YIN TUGADI! "Nasaf" guruh bosqichini 100 foizli natija bilan yakunladi va Markaziy Osiyo mintaqasi finaliga chiqdi. Bu finalda Turkmanistonning "Ahal" klubiga qarshi o'yin o'tkaziladi. Bu o'yinlar 11 va 25 avgust kunlari o'tkaziladi.
90+2. ZARBA! Abubakrrizo Turdialievning zarbasidan keyin to'pni darvozabon egallab oldi
90+1. Ogohlantirish. "Nasaf". Abduvohid Nematov
90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi
89. ZARBAAA! Sardor Sadullaev jarima maydoni ichidan zarba berdi, biroz noaniq!
86. ZARBAAA! "Oltin Asr"dan jarima to'pi, darvozaga yo'llangan zarbadan keyin Nematov to'pni ushlab oldi!
85. Ogohlantirish. "Nasaf". Sardor Sadullaev
80. Xavfli vaziyat! Xidirovning jarima maydoni ichiga uzatgan to'piga birinchi bo'lib Nematov etib keldi, aks holda gol bo'lishi mumkin edi
79. O'zgarishlar. "Nasaf". Nasrullaev o'rniga Karimov, Stanoevich o'rniga Sadullaev tushdi
75. O'yin taqdiri hal bo'lganidan keyin "Oltin Asr" ham hujum qilmay qo'ydi, yana tashabbus "Nasaf" tomonida
66. O'zgarish. "Oltin Asr". Muratberdiev o'rniga Ataev tushdi
66. O'zgarishlar. "Nasaf". G'aybullaev o'rniga Turdialiev, Nurulloev o'rniga Saitov, Komilov o'rniga Yo'ldoshev tushdi
58. Ogohlantirish. "Oltin Asr". Guychmurat Annaguliev
57. O'zgarish. "Oltin Asr". Ilyasov o'rniga Annadurdiev tushdi
55. QIZIL KARTOCHKA! "Oltin Asr". Furqat Tursunov
49. Ikkinchi taymni "Oltin Asr" hujumlar bilan boshladi.
48. ZARBA! Zaxiradan tushgan Xidirovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasini Nematov qaytardi!
46. O'zgarishlar. "Oltin Asr". Saparov o'rniga Murodov, Akmamedov o'rniga Annaev, Bayov o'rniga Xidirov tushdi
46. Ikkinchi taym boshlandi
45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 2:0
45+1. ZARBA! Komilovning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
45. Uchrashuvga 1 daqiqa qo'shib berildi
45. Mozgovoy jarima maydoni yonida yiqitildi va "Nasaf"da yaxshi imkoniyat
40. ZARBAAAAAAAAAAAAA! O'ng qanotdan Nurulloev uzatgan to'pni Komilov darvozaga yo'lladi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi!
35. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! HUSAYIN NORCHAEV 2:0! Nasrullaevning chap qanotdan uzatgan to'pini Norchaev boshi bilan darvozani ishg'ol qildi!
32. ZARBA! "Oltin Asr"da jarima to'pi, berilgan zarbani Nematov qaytardi!
28. "Oltin Asr" guruhda birinchi bo'lishi uchun endi kamida 2ta gol urishi shart. Sababi Turkmaniston klubini faqat g'alaba qoniqtiradi. "Nasaf"ga esa hatto durang ham etadi
27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHOHMALIK KOMILOV! 1:0. Penaltidan Komilov hisobni ochdi!
26. PENALTI! Oybek Bozorov jarima maydoni ichida raqiblar tomonidan yiqitildi va bosh hakam "Oltin Asr" darvozasi tomon penalti belgiladi!
21. ZARBAAA! Stanoevich burchakdan to'pni uzatdi, Nasrullaev boshi bilan noaniq zarba berdi
19. ZARBAA! SHohmalik Komilovning jarima maydoni yonidan yo'llagan aniq zarbasidan keyin Jallatov to'pni ushlab oldi
18. "Nasaf" burchak to'piga ega bo'ldi, Stanoevichning zarbasi noaniq ketdi
12. ZARBAA! CHap qanotdan Nasrullaev uzatgan to'pni Norchaev boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq
10. ZARBA! SHohmalik Komilovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasidan keyin to'pni darvozabon egallab oldi
8. ZARBA! Marko Stanoevichning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi!
1. O'YIN BOSHLANDI!
- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar