So’nggi yangiliklar

08:26Хосе Венансио Лопес Бразилиядан учралган йирик ҳисобдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  3 07:35"Олимпик" мураббийи энди ўсмирлар терма жамоасида ишлайди  0 07:10Миллатлар лигаси. Қозоғистон - Норвегия, "Бауырлар"ни дарвоза устуни қутқарди  0 06:50Миллатлар лигаси. Франция - Италия, Барколя Франция терма жамоасидаги дебют голини 14-сонияда урди аммо якунда жамоаси мағлуб бўлди  0 01:44Миллатлар лигаси. 13-сонияда гол урган Франция мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  6 01:10ОЧЛ. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини бошқарадиган ҳакамлар маълум!  3 00:43Италияда маош учун энг кўп пул ишлатаётган клуб номи маълум қилинди  0 00:17УЕФА "Рома" ва "Астон Вилла"ни жазолади  1 23:35Наҳотки! Депай ўзи учун жамоа топди  1 23:17"Насаф" назорат учрашувида дуранг ўйнади, голлар 90 ва 90+2-дақиқада урилди  2 22:35Миллатлар лигаси. Холанд ҳам хеч нима эмас! Қўшниларимиз Норвегия билан дуранг ўйнади  10 22:22Ўзбекистон миллий термасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  4 22:00Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби БАА нега фавқулодда кучайиб кетди?  19 21:42Футзал. Ўзбекистон Бразилияга қарши илк ўртоқлик ўйинида еттита гол фарқи билан ютқазди   32 21:24Невилл нима сабабдан тен Хаг кетмаётганини айтди  3

OFK Kubogi-2021. Dushanbe kundaligi. Tojikiston futboli afsonasi xonadoniga tashrif, "Oloy" murabbiyi bilan suhbat va "Nasaf" mashg'uloti Yangiliklar

OFK Kubogi-2021. Dushanbe kundaligi. Tojikiston futboli afsonasi xonadoniga tashrif, "Oloy" murabbiyi bilan suhbat va "Nasaf" mashg'uloti

Bugun, 14 may kuni Markaziy Osiyo mintaqasida OFK kubogi-2021 guruh bahslari start oladi.

Qarshining "Nasaf" jamoasi joy olgan "F" guruhi o'yinlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bo'lib o'tadi. O'z navbatida biz ham qo'shni mamlakatda bo'lib turibmiz. Quyida kechagi ajoyib va juda ham tig'iz tavqimda o'tgan kun kundaligini etiboringizga havola etamiz.

Bu yil Alloh muborak Ramazon hayit namozini Dushanbe shahrida o'qishni nasib aylagan ekan. Ertalabki 7lardan keyin mehmonxonaga qaytdim va kutilmagan sms xabar oldim. Unda yaqindagina OCHLda hammani hayron qoldirgan Tojikistonning "Istiqlol" klubi darvozabonlar murabbiyi Farruh Berdiev birozdan so'ng meni olib ketishi va bir xonadonda mehmon bo'lishimizni yozgan edi. Xullas, F.Berdiev keldi va biz men uchun hali nomalumligicha qolayotgan insonning uyi sari otlandik. Qizig'i, o'sha xonadondan bir podezd oldinda bugungi kunda Qirg'izistonning "Oloy" klubini boshqarib borayotgan murabbiy No'monjon Yusupovning uylari joylashgan ekan. "Oloy" yana bir necha soatdan so'ng "Nasaf"ga qarshi maydonga chiqadigan jamoa ekanligini takrorlashim shart emas. Aslida No'monjon aka bilan 11:20da stadion anjumanlar zalida o'tadigan o'yin oldi matbuot anjumanida to'qnash kelishimiz kerak edi. Ammo, taqdir bizni undan ertaroq uchrashtirdi. Xullas, juda oddiy va sodda bu inson Farruh Berdievni murabbiylikka kirib kelishiga sababchi bo'lgan ustozi ekan. Qisqa, lekin samimiy suhbatdan so'ng ularga 3 soatdan so'ng yana uchrashishimiz va o'shanda ularga beradigan savolim borligini aytib xayrlashdik.

Dushanbe shahrida Ramazon va Qurbon hayitlarida bolalar qo'llariga maxsus paketlar olib uyma-uy yurishar va turli shirinliklar yig'ib yurishar ekan. Bu xuddi bizdagi "Ramazon aytib keldik eshigingizga, qo'chqordek o'g'il bersin beshigingizga..."ga o'xshash odat ekan. O'z navbatida har bir xonadon eshik qoqib keladigan bolajonlar uchun turli shirinliklarni talaygina qilib tayyorlab qo'yisharkan. Bundan tashqari, har bir xonadon ayollari ikkita hayit bayramiga bir kun oldindan turli shirinliklar va pishiriqlar tayyorlasharkan. Turli tanishlar, qarindoshlar bir-birlarining xonadonlariga tashrif buyurib, quron tilovat qilib, uy sharoitida tayyorlangan turli taom va shirinliklardan tanovul qilib dildan suhbatlashib ketisharkan.

Ko'rib turganingizdek, qo'llaridagi paketlarni shirirliklar bilan to'ldirib borayotgan bolajonlarni quvonchi cheksiz.


Nihoyat, o'sha uyga etib bordik. Eshikni Tojikiston futboli afsonasi Odil Irgashev ochdi. Ochig'i, bu insonni mamlakat futboli uchun qay darajadagi o'yinchi ekanligini bilmasdim. Hamrohim bu kishini 11 karra Tojikiston chempioni bo'lgan yagona o'yinchi bo'lganini aytib o'tdi. Keyinroq "google"dan bu inson haqida o'qib oldim. Darhaqiqat, biz tojik futboli afsonasining xonadonida mehmon bo'lib o'tirgan edik. Odil Irgashev bugungi kunda "Istiqlol" mamuri sifatida faoliyat olib bormoqda ekan.

Suratda chapdan o'ngga: kamina, Odil Irgashev va Farruh Berdiev. Darvoqe, bugun Farruhbekni tug'ilgan kuni. Fursatdan foydalanib ularni tavallud ayyom bilan tabriklab qolaman.


Suhbat davomida faqatgina futbol mavzusida emas, bu erning urf-odatlari haqida ham ancha gaplashgan bo'ldik. U erdan chiqib yana bir xonadonda shu tarzda mehmon bo'ldik. Keyin esa mehmonxonaga kelib "qurol-aslahalarim"ni olib stadionga yo'l oldim. U erda esa bizni bir emas, to'rtta matbuot anjumani kutardi. Anjumanlarning har biri haqida kecha alohida xabarlar berdik.

OFK Kubogi-2021. "Hozir jamoalarni kuchli yoki kuchsizga ajrtadigan vaqt emas". Ro'ziqul Berdiev ishtirokidagi matbuot anjumani + GALEREYA

"Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev va yarim himoyachi Akmal Mozgovoy ishtirokidagi matbuot anjumanidan so'ng navbat "Oloy" vakillariga keldi. 3 soat oldin umuman boshqa joydagi tasodifiy uchrashuvda aytganim savolni oshliklar bosh murabbiyi No'monjon akaga berdim. U kishi ikki nafar o'zbek futbolchilari Sanjar To'raqulov va Idris Bikmaykin nima uchun OFK Kubogiga "zayavka" qilinmaganini aytib o'tdi.

OFK kubogi-2021. "Oloy" bosh murabbiyi o'zbekistonlik futbolchilarning qaydnomaga kiritilmagani sababini izohladi

Anjuman tugaganidan keyin esa tashqariga chiqib mutaxassis bilan bir necha daqiqa suhbatda bo'ldim. U kishining aytishicha, jamoa har ikki futbolchimizni dastlabki "zayavka"ga kiritgan. Ammo, Bikmaykin legionerlar limiti sabab, To'raqulov esa jarohat sabab oxirgi pallada ro'yxatdan chiqarilgan. N.Yusupov S.To'raqulovga juda ham ishonishganini aytib o'tdi. To'raqulov Qirg'iziston Premer-ligasi doirasida 2 tur oldin o'tkazilgan suniy qoplamali maydonda tizzasidan jarohat olgan va hali butkul tiklanib ulgurmagan. Murabbiy uni yana suniy maydonda o'tadigan o'yinlarda tushirib tavakkal qilishni xohlamaganini takidladi. Xullas, matbuot anjumanlarini saytga qo'yib, ulgurmaganlimni audio va rasmlarini Toshkentdagi yigitlarga tashlab o'zim yana mehmonxonaga ketdim. Jamoalarning rasmiy mashg'ulotigacha menda 2 soatdan biroz ko'proq vaqt bor edi. Ertalabki birodarimiz Farruh Berdiev tushdan keyin aka-uka Jo'raboevlar xonadonida mehmon bo'lishimizni aytib ogohlantirib qo'ygandi. Malumot uchun, Amirbek Jo'raboev A.Kanchelskis qo'lostida "Navbahor"da to'p tepgan bo'lsa, uning ukasi Zoir Jo'raboev Andrey SHipilov ishlagan paytda "Metallurg"da o'ynagan. Aka-ukalarning ikkisi ham o'zbek futboli uchun begona emas. Jo'raboevlar xonadonidagi ajoyib suhbat va mehmondorchilikdan keyin to'g'ri stadionga yo'l oldim. U erda "Nasaf" va "Oloy" mashg'ulotlarini rasmga olishim kerak edi.

"Nasaf" rasmiy mashg'uloti boshlanishidan oldin Tojikiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Usmon Toshev qarshiliklar bilan uchrashib qisqa suhbat qurib ketdi.


Bir kun oldin "Nasaf" mashg'ulotida 30 daqiqa ishlash uchun ruxsat olgan edim. Rasmiy mashg'ulotda esa qatiy tartib bor: 15 daqiqa. Boz ustiga, rasmiylardan biri oldimga kelib faqatgina 17:00dan boshlab rasmga olishim mumkinligini, ungacha rasmga olmasligimni iltimos qildi. Yani, 17:00dan 17:15gacha, tamom. Xuddi bir kun oldingidek o'quvchilar uchun "ajdarlar" mashg'ulotidan videolavha ham qilishni maqsad qildim va ulgurganimcha rasm va videoni amalladim. Mashg'ulotda barcha o'yinchilar ishtirok etishdi. Darvozabonlar bilan esa odatdagidek Denis Ivankov ishladi. O'yinchilarning kayfiyati yaxshi edi.

Jarayonlarni mahalliy "Varzish Sport" telekanali ham yoritib bormoqda.


Darvoqe, OFK Kubogi-2021da muxlislar stadionga qo'yiladigan bo'ldi. Bu faqatgina Dushanbe shahridagi o'yinlarda amal qiladi. OFKning boshqa hech bir musobaqasida muxlislarga ruxsat berilmagandi. Bunda stadionning faqat 50 foizi to'lishi mumkin. Yani, muxlislar orada bitta joy qoldirgan holda masofa saqlab o'tirishlari kerak bo'ladi.

Tribunalardagi joylar alohida belgilab chiqilgan va muxlislar yonma-yon o'tirmasliklari kerak.

OFK Kubogi. Muxlislar stadionga kirishi mumkin


Xullas, shunaqa gaplar. Bugun start oladigan o'yinlarda "Nasaf" jamoasiga omad va g'alabalar tilab qolamiz.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика