So’nggi yangiliklar

02:19Англия. Муҳаммадали Ўринбоев "Брентфорд B" таркибида гол урди ва жамоасининг ғалабасига ҳисса қўшди  2 01:18"Бавария" Тухелнинг ўрнини эгаллаши кутилаётган номзод билан музокараларни бошлаб юборди  1 00:52Икер Касильяс ЕЧЛ финалида "Реал" дарвозасида ким туриши кераклигини айтди  1 00:30Чемпионларни сақлаб қолиш: "Байер" ёзда кимларни йўқотиши мумкин? (мутолаа учун)  0 00:11"Реал" Мбаппе трансферини Чемпионлар лигаси финалидан сўнг эълон қилади!  7 23:30Ривалдо ЕЧЛ финали ҳақида: "Боруссия Д" ғалаба қозонади"  16 23:22Расман: Килиан Мбаппе июнь ойида ПСЖни тарк этишини эълон қилди  14 23:09Бразилия термаси Америка кубоги учун қайдномасини эълон қилди. Рўйхатда Каземиро йўқ  7 22:42Хуммельс ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди. Матс Винисиусни ортда қолдирди  5 22:20Про лигада 7-тур ортда қолди. Турнир жадвали қандай кўринишда?  1 22:03Футзал бўйича Олий лига. "Oil Star" "Навбаҳор"ни мағлубиятга учратиб, кумуш медалларга эга чиқди!  1 21:30ОФК Куала-Лумпур шаҳрида терма жамоалар мураббийлари учун конференция ўтказди. Катанец бу конференцияда кўриниш бермади  11 21:00Про лига. "Бухоро" йирик ҳисобда "Олимпик-MobiUz"ни мағлубиятга учратди  34 20:51Гнабри жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  2 20:35Ўша машҳур дўппи аукционда 50 миллион сўмга сотилди!  14

MAQOLA. OFK kubogi-2011 qahramonlari. Ular hozir qaerda? Yangiliklar

MAQOLA. OFK kubogi-2011 qahramonlari. Ular hozir qaerda?

Xabaringiz bor, 5 noyabr kuni “Nasaf” klubi OFK kubogi final bahsida Bahraynning “Al Muharrak” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

 Mazkur muhim o'yin oldidan “Nasaf”ning 2011 yildagi tarixiy g'alabasiga qaytamiz. O'shanda g'oliblik sari etaklagan futbolchilarning oradan o'n yil o'tib, nima ish bilan shug'ullanayotganiga etibor qaratamiz. 

Murod Zuhurov (“Bunyodkor-2” darvozabonlar murabbiyi)

Zuhurov o'sha yili “Nasaf” safida yorqin o'yinlar o'tkazgan. Anatoliy Demyanenko ikki ustun qo'riqchisi sifatida aynan Murodni tanlagan va unga imkoniyat taqdim qilgan. U OFK kubogi doirasida o'sha yili 12ta uchrashuvda maydonga tushgan. “Nasaf”dan ketganidan keyin u “Bunyodkor” klubida bir necha mavsum davomida to'p tepdi. Ikki yil oldin butsalarini mixga ilishga qaror qildi. Hozirgi kunda u “Bunyodkor-2" jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. 

Eldorbek Suyunov (“Paxtakor”)

“Mashal” akademiyasidan chiqib, ishonchli o'yinlari bilan “Nasaf”ga yo'l olgan Eldor OFK kubogi-2011da ikkinchi raqamli darvozabon sifatida qayd etilgandi. Guruh bosqich 6-turi doirasida Qarshida kechgan “Al-Tilol”ga qarshi (7:1) bahsda Suyunov 68-daqiqada Zuhurov o'rniga maydonga tushgan. Bu uning mazkur turnirdagi yagona bahsi sifatida qayd etilgan. Bugungi kunda milliy terma jamoamiz darvozaboni. 2017 yil ikkinchi davrasidan beri esa Toshketning “Paxtakor” klubi sharafini himoya qilmoqda. 

Mixail Naumov ("SHo'rtan" darvozabonlar murabbiyi)

Naumov o'shanda “Nasaf” ishtirokida mazkur turnirda birorta uchrashuvda maydonga tushmagan. Qaydnomaga kiritilgan bo'lsa-da, ukrainalik mutaxassis Mixailga imkoniyat bermagan. Bugungi kunga kelib Mixail Naumov "SHo'rtan" jamoasi darvozabonlar murabbiyi hisoblanadi. Undan avval Naumov "Nasaf"da ham faoliyatini davom ettirgandi.

SHerzod Azamov (“Paxtakor”)

Azamov 2011 yilgi musobaqada juda yosh bo'lgan va asosiy tarkibda o'z joyiga ega bo'lmagan. Ukrainalik mutaxassis asosan yoshi katta hamda tajribali himoyachilarga ko'proq imkoniyat bergan. Musobaqaning yarim finalida “Al-Vihdat”ga qarshi o'yinda u asosiy tarkibda maydonga tushirilgan. Keyinchalik “Nasaf” etakchisiga aylangan Azamov 2017 yilda “Paxtakor”ga ko'chib o'tgan. SHundan buyon u “sherlar” safida to'p tepib kelmoqda. 

Asror Aliqulov (“SHo'rtan” bosh murabbiyi)

Demyanenko Asror Aliqulovga musobaqada 4ta o'yin o'tkazishiga imkoniyat bergan. O'shanda 32 yoshli Aliqulov o'z tajribasi bilan yoshlarga ko'maklashgan. Keyinchalik “Nasaf”dan so'ng bir necha klublar sharafini himoya qilgan futbolchi 2016 yilda butsalarini mixga ildi. SHundan so'ng u murabbiylik sohasiga qadam tashladi. Hozirda G'uzorning “SHo'rtan” klubi bosh murabbiyi hisoblanadi. 

Maqsud Karimov (“Xorazm” klubi bosh direktori)

Musobaqa davomida 12ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta gol urgan Maqsud Karimov Demyanenkoning ishongan futbolchisi edi. Turnir davomida aynan Karimov himoyada juda ishonchli va tartibli o'ynadi. “Nasaf”dagi yorqin mavsumlaridan so'ng u “Qizilqum”da ham bir muddat faoliyat ko'rsatdi. Hozirga kelib Maqsud Karimov “Xorazm” klubi bosh direktori lavozimida mehnat qilmoqda. 

Jahongir Jiyamurodov (Yangier FMM murabbiyi)

Bosh sovrinni qo'lga kiritilishiga ulkan hissa qo'shgan futbolchilardan biri – Jahongir Jiyamurodov bo'ladi. Musobaqa davomida 10ta uchrashuvda ishtirok etgan. Yarim finalning dastlabki o'yinida penaltidan gol urgan. Keyinchalik u “AGMK” va “Mashal” jamoalarida ham bir muddat to'p tepgan. Butsalarini mixga ilganidan so'ng “Zomin” klubini boshqardi. Keyinchalik Toshkent viloyatining “Rubin” klubida ham ishladi. Hozirda u Yangier futbol mahorat maktabida faoliyatini davom ettirmoqda. 

Boyan Malishich (jamoasiz)

Himoyada juda ishonchli o'ynagan Boyan 2011 yilgi muvaffaqiyatga munosib hissa qo'shgan. SHuningdek, “Nasaf” O'zbekiston chempionati kumush medallariga ham sazovor bo'lgan. Keyinchalik Malishich Serbiya, Gongkong, Filippin va Indoneziya klublarida to'p tepgan. Hozirda 37 yoshli futbolchi birorta jamoada ko'rinish berganicha yo'q. Balki u ham tez orada faoliyatini tugatib, murabbiylik sohasiga qadam tashlashi mumkin.

Artyom Filiposyan (“Muangkan Yunayted”, Tailand)

“Mashal”da tarbiya topgan Filiposyan “Nasaf”ga yo'l olgandi. Turnir davomida u oltita uchrashuv o'tkazgan va qarshiliklarning g'alabalariga hissa qo'shgan. “Nasaf”dan ketganidan so'ng u bir nechta klublar sharafini himoya qilgan. Keyinchalik Tailandning “Prachuap”da to'p tepdi. Indoneziyada ham bir muddat o'ynadi. Hozirda 33 yoshli Tailandning 2-ligasi “Muangkan Yunayted” sharafini himoya qilmoqda. 

Botir Qoraev (“Nasaf” sport direktori)

Ro'ziqul Berdievdan keyin klubning asosiy rolni Botir Qoraev bajargan.  2011 yil tarixiy g'alabada u 10ta jamoasini sardor sifatida maydonga olib tushgan. Keyinchalik faoliyatini G'uzorning “SHo'rtan” klubida tugatgan Qoraev “Mashal”da yordamchi murabbiy lavozimida mehnat qildi. Hozirga kelib esa u “Nasaf” sport direktori lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda. 

Ahrol Risqullaev (hakam)

Musobaqada atiga bitta uchrashuvda maydonga tushgan Ahrol Riqsullaev asosan zaxirada qoldirilgan. Ichki chempionat o'yinlarida ham murabbiylar shtabi Risqullaevni asosiy tarkibga kiritmagan. Keyinchalik u “Dinamo”da o'ynadi. Bugungi kunda u hakamlik sohasida faoliyat ko'rsatmoqda. Xalqaro maydondagi uchrashuvlarga ham chaqiruv olmoqda. 

Lutfullo To'raev (“Bunyodkor”)

Lutfullo “Nasaf”ning OFK kubogi uchrashuvlarida 12ta bahsda maydonga tushirilgan va u 4 marotaba raqib darvozasini ishg'ol qilgan. O'sha paytlari To'raev “Nasaf”ning ishongan futbolchilaridan biri hisoblanardi. Keyinchalik “Lokomotiv”da to'p tepdi. SHuningdek, Malayziyaning ikki klubida ham bir muddat o'ynadi.  Hozirda u “Bunyodkor” klubida faoliyat yuritmoqda. Haligacha u maydonda keng ko'lamdagi ishlarni bajarishda davom etmoqda. 

Fozil Musaev (“Turon”)

“Mashal”da porlagan holda “Nasaf”ga o'tgan yana bir iqtidor egasi bo'lgan Fozil Musaev OFK kubogida 4ta uchrashuvda ishtirok etgan. Demyanenko tarkibda kuchli raqobat tufayli unga doimiy ravishda imkoniyat bera olmagan. Keyin u “Bunyodkor”da to'p tepdi. Qatar va Eron klublarida ham faoliyat yurib keldi. Orada “Lokomotiv”da ham bir muddat o'z omadini sinab ko'rdi. Xullas, u bugungi kunda Superliga debyutanti “Turon” klubi sharafini himoya qilmoqda. 

Samandar SHodmonov (faoliyatini tugatgan)

Qashqadaryolik yarim himoyachi o'sha musobaqa davomida 1ta uchrashuvda ishtirok etgan. CHorak final bosqichida “Al Faysali”ga qarshi o'tkazilgan bahsning 87-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan. Undan keyin u “Mashal”, AGMK, “Qizilqum” va “SHo'rtan” jamoalarida ham faoliyatini davom ettirdi. Bugungi kunda Samandar SHodmonov futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Artur Gevorkyan (faoliyatini tugatgan)

O'zbek futbolida o'ynagan eng yaxshi legionerlardan biri shubhasiz Artur Gevorkyan bo'lib, u “Nasaf”da yorqin damlarini o'tkazgan. OFK kubogida ajoyib o'ynagan va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Artur “Nasaf”dan keyin “Qizilqum”da to'p tepdi. Indoneziyada ham bir muddat o'ynaganidan so'ng yurtiga qaytib, “Axal” sharafini himoya qilgandi. Hozirda u faoliyatini tugatgan. 

Mirzakamol Kamolov (faoliyatini tugatggan)

Tezkorligi va qanotlarda uyushtiradigan reydlari bilan tanilgan Mirzakamol Kamolov o'sha mavsumda OFK kubogida 6ta uchrashuvda ishtirok etdi. Keyinchalik “Nasaf”da bir necha mavsum o'ynaganidan so'ng faoliyatini boshqa klublar safida davom ettirdi. Faoliyatini oxirgi yillarini esa “Mashal”da o'tkazdi. 

Ilhom Yunusov (Samarqand FA texnik direktor)

Maydonda tezkorligi va keskin kurashlardan o'zini olib qochmasligi bilan tanilgan Yunusov bugungi kunda bolalar futbolida mehnat qilmoqda. Qolaversa, Samarqand fahriylar jamoasi sharafini himoya qilmoqda. “Nasaf”dan ketganidan so'ng “Qizilqum”da to'p tepdi. So'nggi jamoasi Samarqandning "Dinamo"si bo'ldi. Ayni paytda Samarqand futbol associaciyasida texnik direktor lavozimida faoliyat olib bormoqda. 

Erkin Boydullaev (“Qizilqum”)

Maydon markazidagi ishonchli o'yinlari tufayli Demyanenkoning uslubiga mos tushardi. Erkin Boydullaev “Nasaf”da yorqin damlarini o'tkazgan. Keyinchalik “Qizilqum”da bir muddat o'ynaganidan so'ng AGMKdan tushgan taklif binoan jamoasini almashtirdi. Olmaliqliklar safidagi ishlari yurishmagan ko'rinadi, yana “oltin izlovchilar” safiga qaytishga qaror qildi. O'tgan mavsum ikkinchi davrasidan buyon navoiyliklar safida harakat qilmoqda.  

Andrey Pereplyotkins (faoliyatini tugatgan)

“Nasaf”da ajoyib o'ynagan legionerlardan yana biri shubhasiz Pereplyotkins hisoblanadi. “Sautgempton”, “Derbi Kaunti” kabi jamoalarda o'ynagan latviyalik futbolchi “Nasaf”dan keyin asosan o'zining mamlakatida to'p tepdi. 2017 yilda esa butsalarini mixga ildi. Hozirda u murabbiylik sohasiga qadam tashlagan. Darvoqe, u OFK kubogida 10dan ortiq  bahsda maydonga tushib, 4 bor gol urgan.

Ilhom SHomurodov (faoliyatini tugatgan)

Vaqtida ajoyib hujumchi sifatida tanilgan Ilhom SHomurodov jarohatlar tufayli faoliyatini erta yakunlagan. Tarixiy g'alaba qo'lga kiritilgan mavsumda u 9ta uchrashuvda 3 marotaba to'p kiritgandi. 

Kenja To'raev ("Nasaf" akademiyasida murabbiy)

Iqtidorini to'liq ko'rsata olmagan Kenja faoliyatini juda erta tugatdi. OFK kubogini qo'lga kiritilgan mavsumda u atiga 3ta uchrashuvda zaxiradan maydonga tushirilgan. Qolaversa, ichki chempionat doirasidagi bahslarda ham maydonga deryali tushirilmagan. Keyinchalik “Mashal” va “SHo'rtan”da ham faoliyatini davom ettirdi. Hozirda u "Nasaf" akademiyasida ishlamoqda.

Zafar Polvonov (AGMK)

Polvonov esa ikki uchrashuvda maydonga tushgan edi. U vaqtda “Nasaf” hujum chizig'ida raqobat tufayli ukrainalik mutaxassis Zafarni zaxirada qoldirardi. Hozirga kelib Polvonov AGMK klubi sharafini himoya qilmoqda. 36 yoshni qarshilagan futbolchi hozircha faoliyatini tugatish borasida o'ylaganicha yo'q. 

Nosirbek Otaqo'ziev (Farg'ona FA vice-prezident)

“Nacaf” safida OFK kubogida 10ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 marotaba to'p kiritgan edi. Otaqo'ziev o'sha mavsumda Boshkovich bilan yaxshi tandem hosil qilgan edi. Keyinchalik u “Qo'qon-1912” safida o'ynadi va faoliyatini shu jamoada tugatdi. Hozirgi kunda esa Farg'ona viloyati futbol associaciyasining vice-prezidenti lavozimida mehnat qilmoqda. 

SHuhrat Mirxoldirshoev (Namangan FA vice-prezident)

O'zbekiston chempionatining eng kuchli hujumchi bo'lgan Mirxoldirshoev “Nasaf”da asosan zaxirada qolib ketgandi. “Ajdarlar”dan ketganidan so'ng u “Andijon”da o'ynadi va faoliyatini shu erda tugatdi. Keyinchalik “Navbahor” yoshlar jamoasida ishladi. Hozirda esa viloyat futbol associaciyasida vice-prezident lavozimida mehnat qilmoqda. 

Ivan Boshkovich (murabbiy)

OFK kubogi-2011 to'purari aynan Ivan Boshkovich bo'lgae va u turnir davomida 10ta gol muallifiga aylangandi. Bosh bilan o'ynash bobida u ajoyib harakatlanishini ko'rsatgandi. Boshkovich “Nasaf”dan ketganidan so'ng bir nechta jamoalarda o'ynagan bo'lsa-da, u qadar sermahsul o'ynamadi. Keyinchalik u yurtimizga tashrif buyurdi va “Bunyodkor” akademiyasida bir muddat ishladi. Hozirda Toshkent viloyati ikkinchi ligasi ishtirokchisi “Bunyodkor”da murabbiylik qilmoqda.

Azamat Allaniyozov (“Aral Samali”)

OFK kubogida birorta uchrashuvda maydonga tushmagan Azamat Allaniyozov hozirda “Aral Samali” sharafini himoya qilmoqda. “Nasaf”dan keyin u bir nechta klublar sharafini himoya qilgan bo'lsa-da, to'purarlik maxoratini namoyon eta olmadi. 

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика