OFK koefficientlar reytingi. O'zbekiston Iroqdan 3 ochko ortda qolmoqda

Narzulla Saydullayev
28 okt 2018, 12:44
Kecha OFK kubogi finalida Iroq klubi g'olib bo'lgani haqida xabar berdik.

Shu tariqa Iroq OFK koefficientlar reytingida yana qo'shimcha ball oldi va endi O'zbekiston ushbu mamlakatdan 3 ochko ortda qola boshladi, - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida. 

Xabaringiz bor, 2019 va 2020 yillar uchun OFK O'zbekistonga 1+2 kvotasini bergan. Yani Osiyo chempionlar ligasida bizdan bitta klub to'g'ridan to'g'ri guruh bosqichiga chiqadi va ikkita klubimiz saralashda o'ynaydi.

2021 va 2022 yillarda ham 1+2 kvotasini saqlab qolish uchun 2019 yilgi Osiyo chempionlar ligasida klublarimiz yaxshi ishtirok etib, O'zbekiston Iroqdan o'tib ketishi kerak. Agar keyingi mavsumda ham Iroqdan o'ta olmasak bizga ikki yildan so'ng 1+1 kvotasi beriladi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia