So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

OFK instruktori Urganchda Yangiliklar

OFK instruktori Urganchda

Urganch shahrida Osiyo futbol konfederaciyasi tasarrufida “S” sertifikati uchun xalqaro murabbiylar kursi o'z ishini boshladi.
Joriy yilning 8 fevralidan 21 fevraligacha davom etadigan mazkur kursda 21 nafar xorazmlik murabbiy  tahsil olmoqda. O'quv-mashg'ulotlar jarayoni viloyat markazidagi 5-son futbolga ixtisoslashgan maktab-internat bazasida tashkil etilyapti. O'z navbatida tinglovchilar OFK instruktori Zoyir Hasanov rahbarligida kuniga ikki martadan nazariy va amaliy mashg'ulotlarni maromiga etkazishmoqda. Xorazm viloyati futbol federaciyasi mutaxassisi Erkin Qadamov koordinator sifatida instruktorga yordam berayotir. Kursning etiborga molik tomoni shundan iboratki, uni tugatgan murabbiylar nafaqat “S” xalqaro sertifikati, shuningdek murabbiylar uchun belgilangan atestaciyadan o'tganligi to'g'risida sertifikatga ham ega bo'lishlari mumkin.

- O'quv-mashg'ulotlarimiz yuqori saviyada tashkil etilayotir, - deydi OFK instruktori Z. Hasanov. -  Ikki haftalik kurs davomida tinglovchilarimiz yangi texnologiyalar asosida  saboq olishadi. Ishonchim komilki, kelgusida kursni tamomlagan murabbiylar bu erda egallagan malaka va ko'nikmalarini yosh futbolchilarga o'rgatishadi. Kezi kelganda, kurs ishini tashkil etishda va uni o'tkazishda yaqindan ko'maklashayotgan Xorazm viloyati hokimligi, viloyat futbol federaciyasi va 5-son futbol maktab-internati rahbariyatiga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика