So’nggi yangiliklar

16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  0 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   2 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  0 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  9 14:18⚡️Сречко Катанец Париж-2024да иштирок этган Ўзбекистон олимпия терма жамоаси ҳақида қандай фикрда?   15 13:53ЖЧ-2026 саралаши. БАА терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати маълум  5 13:24ЖЧ-2026 саралаши. Эрон бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда клубсиз футболчилар ҳам бор  6 12:49Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" ўйини ҳақида: "Кечирасизлар, аммо тушунинг, мен Гарри Поттер эмасман"  18 12:23ЖЧ-2026 саралаши. Қатар бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда Испания клубидан чақирилган футболчи ҳам бор  5 11:54Футзал. Марокаш футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 11:40Жейдон Санчо: "Тўғрисини айтсам, ёшлигимда Дидье Дрогба ва Фрэнк Лэмпард кумирларим эди"  6 11:11Карикатура: Каземиро "Олд Траффорд"да "Ливерпул"га эшикларни очиб берди  7 10:33Муҳаммад Салоҳ келаси ёзда "Ливерпул"ни тарк этиши мумкинлигини маълум қилди  0 09:51Эрик тен Хаг: "Мен сиздек инсонларга ачинаман"  17

OFK haqida kengroq tushuncha: Tashkilot qanday tizimda ishlaydi? Yangiliklar

OFK haqida kengroq tushuncha: Tashkilot qanday tizimda ishlaydi?

10-11 dekabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala Lumpurdagi OFK shtab-kvartirasida ish roza qizg'in bo'ldi.

10 dekabr kuni OFK Kubogi hamda Osiyo chempionlar ligasining navbatdagi mavsumiga qura tashlangan bo'lsa, 11 dekabr kuni barcha ishtirokchi klublar uchun OCHLga oid yangiliklar, reglamentdagi o'zgarishlar hamda o'yin o'tkazish bilan bog'liq masalalarga bag'ishlangan katta seminar bo'lib o'tdi. 

Mahalliy vaqt bilan ertalab 9:00da boshlangan seminar kechki 17:00ga qadar davom etdi. Albatta, seminarda ko'tarilgan mavzu va masalalar haqida soatlab gapirsa bo'ladi. SHu bois hammasi aralash-quralash bo'lib ketmasligi uchun bir boshdan fikr yuritgan mavqul. Zero shunday yangiliklarga borki, ularga alohida to'xtalmasa bo'lmaydi. Umuman olganda ikki kunlik seminar taassurotlarga boy bo'ldi. 

Birinchi kun (yani 10 dekabr) shunchaki quraga borib keldik. Mahalliy vaqt bilan soat 15:00da mehmonxonadan OFK uyi tomon yo'l oldik. U erga 40 daqiqalarda etib bordik. SHundan so'ng ishtirokchilarni ro'yxatga olish boshlandi. Soat 16:30da OCHL qurasiga start berildi. Qura natijalaridan o'quvchilarimizning xabari bor, shu bois bu borada yana to'xtalmoqchi emasman. Faqat shuni aytish mumkin, OFK qura tizimini bizga allaqachon malum usul bo'yicha o'tkazdi. Biz faqat chempion “Paxtakor”ning qaysi guruhga tushishini bilmasdik. 

Pley-off bosqichida o'ynaydigan “Lokomotiv” bilan “Bunyodkor”ning raqiblari kim bo'lishini oldindan bilardik. Kutilganidek shu raqiblar tushdi ham. OFK “ko'r qura” qildi deb bo'lmaydi. CHunki qura tavakkal o'tkazilganida aytaylik bir davlatning ikki klubi bitta guruhga tushib qolishi mumkin edi. SHu bois hammasi oldindan belgilab qo'yilgan reja bo'yicha olib borildi. Qurani o'tkazib olgach yana mehmonxonaga qaytdik. 

Ertasi kuni bizni kun bo'yi davom etadigan seminar kutib turardi. Ertalab 8:00da avtobusda mehmonxonadan yana OFK tomon jo'nash kerak. Kuala Lumpur va Toshkent orasidagi vaqt farqi uch soatni tashkil etgani bois bu payt Toshkentda sahar 5:00 bo'ladi. Ayni miriqib uxlaydigan payt emasmi, ularning vaqtiga ko'nikish oson bo'lmadi. 



11 dekabr kuni kun tartibi quyidagicha bo'ldi: 

8:00. Mehmonxonadan OFK shtab-kvartirasiga jo'nash

9:00 - 10:00. Klublar yangi mavsumda kiyadigan forma taqdimoti

10:10 - 10:30. Gruppa bo'lib esdalik suratga tushish

10:30 - 11:00. OFK musobaqalari haqida malumot (Pavel Luzanov maruzasi)

11:00 - 12:30. OCHL-2020 sari yo'l (Musobaqa o'tkazish bo'limi xodimlari maruzasi)

12:30 - 13:30. Tushlik

13:30 - 14:30. Media va matbuot masalalari (CHetan Kulkarni, Jerrard Tang va Kumarason CHandran maruzasi)

14:30 - 15:30. Sport tibbiyoti haqida (Doktor Dato Guru maruzasi)

15:30 - 16:00. Tanaffus

16:00 - 17:00. Klublar kiyadigan forma bilan bog'liq masalalar

17:30 - 19:00. OFK vakillari bilan o'zaro futbol o'ynash 

Kun davomida bo'sh vaqt deyarli bo'lmadi. Har bir yo'nalish bo'yicha maruzaga atroflicha to'xtalsa bo'ladi. SHu bois quyida birinchisidan, yani Pavel Luzanov nutqidan boshlaymiz. Qirg'izistonlik Luzanov anchadan beri OFKda ishlaydi. O'n yildan ziyod vaqt davomida OFKda ishlab kelayotgan ushbu mutaxassisni OCHLda qatnashgan klublar juda yaxshi bilishadi. Pavel Luzanov ayni paytda aynan Osiyo chemipionlar ligasi o'tkazish bo'limining rahbari hisoblanadi. Yani barcha jiddiy masalalar shu kishi orqali hal qilinadi.



OFK musobaqalarni tashkil qilish va o'tkazish tizimi qanday ko'rinishda? 

Albatta, har bir tashkilotning faoliyati boshqaruv tizimi qanday yo'lga qo'yilganiga bog'lik. OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa ekani barchaga malum. Lekin asosiy ish yurituvchi OFK Bosh kotibi - Dato Uindsor Jon hisoblanadi. OFKga azo mamlakatlar futbol federaciyalariga o'ta muhim xatlar aynan shu inson imzosi bilan yuboriladi. 

Bosh kotib barcha bo'limlarni nazorat qilgan holda tashkilot prezidentiga hisobot beradi. Bu o'rinda faqat musobaqalar o'tkazish emas, balki texnik bo'lim, moliyaviy bo'lim, rivojlanish bo'limi, hududiy associaciyalar bilan ishlash bo'limi, tijorat bo'limi, xalqaro aloqalar, huquq bo'limi hamda hakamlar bilan ishlash qo'mitasini ham nazorat qilib borish Bosh kotib zimmasiga kiradi. 

Musobaqalarni o'tkazish hamda tashkil qilish bo'limi rahbarligini hozirda SHin Man Gil bajarmoqda. Uning eng asosiy yordamchisi hamyurtimiz Avaz Berdiqulov hisoblanadi. Bir so'z bilan aytganda, Berdiqulov bugungi kunda OFKda ijrochi direktor vazifasini bajarib kelyapti. Avaz Berdiqulov OFKda juda katta hajmdagi ishni bajaradi. Biz borgan mahal ish yuzasidan boshqa davlatda ekan, shu bois ko'rishishning imkoni bo'lmadi. 

Demak, SHin Man Gil qo'l ostida faoliyat yuritayotgan Avaz Berdiqulov zimmasiga quyidagilar kiradi:

1. Musobaqalar strategiyasi departamenti (reglament ishlab chiqish, hujjatlar yaratish, musobaqa byudjetini hisoblash, musobaqa taqvimi, musobaqa formati, qo'mita aloqalari, seminarlar tashkil etish, o'quv-kurslarni yo'lga qo'yish va hokazo). 

2. Professional futbol departamenti (ligani rivojlantirish, klublarni rivojlantirish, futbolchilarga xizmatlar, klublarni licenziyalash, muassis va hamkorlar bilan ishlash, liga reytingini nazorat qilish va boshqalar).  

3. Futbol musobaqalari departamenti (infratuzilma, stadionlar dizayni, muxlislar bilan ishlash, musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish, qura marosimlarini tashkil etish). 

4. Osiyo Kubogi ofisi (Ayollar va erkaklar o'rtasida Osiyo Kubogini o'tkazish, loyiha boshqaruvini yo'lga qo'yish, chiptalar sotuvini nazorat qilish, terma jamoalarga xizmat ko'rsatish, musobaqani yo'lga qo'yish). 

Bu hali hammasi emas, biz faqat eng asosiylarini, yani muxlislarga tushunarli qismini keltirdik. Ehtimol ishqibozlarni OFK tizimidagi bo'limlarni kim boshqarishi unchalik qiziqtirmas, lekin hamyurtimiz u erda ishlab kelayotgani uchun biroz to'xtalishni lozim topdik.

 


Endi OFK o'tkazadigan musobaqalarga to'xtalamiz. OFK erkaklardan iborat terma jamoalar o'rtasida beshta musobaqani o'tkazib kelyapti: 

1. Osiyo Kubogi - Har 4 yilda bir marta o'tkaziladi. OFK azo barcha mamlakatlar ishtirok etishi mumkin. Musobaqa bu yildan birinchi marta 24 terma jamoa ishtirokida o'tkazildi. Navbatdagisi 2023 yil Xitoyda bo'lib o'tadi. 

2. OFK Birdamlik Kubogi - Har 4 yilda o'tkaziladi. Bunda Osiyo Kubogiua chiqa olmaganlar qatnashadi. Asosan futboli kuchsiz 10-12 davlat ishtirokida o'tkaziladi. Navbatdagisi 2020 yil bo'lib o'tadi. 

3. U-23 Osiyo chempionati - Har ikki yilda o'tkaziladi. Musobaqada 16ta jamoa qatnashadi. Ushbu turnir navbati bilan Olimpiada o'yinlariga yo'llanma berish uchun tashkil etiladi. Navbatdagisi 2020 yil Tailandda o'tkaziladi. 

4. U-19 Osiyo chempionati - Har ikki yilda o'tkazib kelinmoqda. 16ta jamoa qatnashadi. U-20 jahon chempionatiga yo'llanma beradi. OFKga azo barcha davlatlar ishtirok etishi mumkin. Navbatdagisi 2020 yil O'zbekistonda bo'lib o'tadi. 

5. U-16 Osiyo chempionati - Har ikki yilda o'tkazib kelinyapti. 16ta jamoa qatnashadi. U-17 jahon chempionatiga yo'llanma beradi. Navbatdagisi 2020 yil Bahraynda bo'lib o'tadi. 

OFK oxirgi ikkita musobaqa borasida yangilikka qo'l urdi. Yani, 2021 yildan boshlab yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati U-20 Osiyo chempionati hamda o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati U-17 Osiyo chempionati deb yuritiladi. Bundan ko'zlangan maqsad, Osiyo chempionatida munosib ishtirok etib jahon chempionatiga yo'llanma olgan jamoalarning shu tarkib bilan qatnashishini  taminlash.

 


Ayollar futboli, futzal va klublar

OFK futbolning barcha yo'nalishlariga alohida etibor qaratib keladi. Masalan, ayollar o'rtasida katta musobaqalar muntazam o'tkazib kelinyapti: 

1. Ayollar o'rtasida Osiyo Kubogi - Har 4 yilda o'tkaziladi. 8ta jamoa qatnashadi. Kuchli beshlikka kirgan jamoalar jahon chempionatiga yo'llanma oladi. Navbatdagi turnir 2022 yil bo'lib o'tadi. 

2. Ayollar o'rtasida U-19 Osiyo chempionati - Har ikki yilda o'tkaziladi. 8ta jamoa qatnashadi. Uchta kuchli jamoa jahon chempionatiga yo'l oladi. Musobaqa toq yillari o'tkazib kelinadi (2015, 2017, 2019). 

3. Ayollar o'rtasida U-16 Osiyo chempionati - Har ikki yilda bir marta o'tkaziladi. 8ta jamoa qatnashadi. Uchta jamoa jahon chempionatiga yo'l oladi. Musobaqa toq yillarda o'tkaziladi (2015, 2017, 2019). 

2021 yildan etiboran o'smirlar o'rtasidagi ayollar qita birinchiligi U-17 Osiyo chempionati hamda yoshlar o'rtasidagi ayollar qita birinchiligi U-20 Osiyo chempionati deb yuritila boshlaydi. 

Klublar o'rtasidagi eng katta musobaqa shubhasiz Osiyo chempionlar ligasi bo'lib, ushbu musobaqa har yili o'tkazib kelinadi va guruh bosqichida 32ta jamoa qatnashadi. Musobaqa ikki mintaqaga (SHarq va G'arb) bo'lgan holda o'tkazilyapti. OCHL g'olibi klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi. 

2021 yildan boshlab Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida 40ta jamoa qatnashadi. Bu degani qo'shimcha yana ikkita guruh qo'shiladi. 

Klublar o'rtasidagi ikkinchi katta musobaqa OFK Kubogi bo'lib, bunda asosan reytingi past klublar qatnashadi. OFK Kubogi ham har yili muntazam o'tkazib kelinadi va guruh o'yinlarida 36ta jamoa qatnashadi. Musobaqa beshta mintaqaga bo'lingan holda olib boriladi. 

Endi futzal haqida to'xtalsak. OFK futzalga oid 4ta musobaqani o'tkazib kelmoqda: 

1. Futzal bo'yicha Osiyo chempionati - Har ikki yilda o'tkaziladi. 16ta jamoa qatnashadi. Kuchli beshta jamoa jahon chempionatiga yo'l oladi. 

2. Futzal bo'yicha klublar o'rtasida Osiyo chempionati - Har yili o'tkazib kelinadi. 16ta jamoa qatnashadi. Ushbu musobaqa klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga yo'llanma bermaydi. 

3. Futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati - Har ikki yilda o'tkaziladi. 12ta jamoa qatnashadi. G'olib boshqa xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi mumkin. 

4. Ayollar o'rtasida futzal bo'yicha Osiyo chempionati - Har ikki yilda o'tkaziladi. Jamoalarning taklifiga qarab ishtirokchilar soni belgilanadi. 

Va nihoyat yana bir musobaqa bor, bu - Plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati. Plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati har ikki yilda o'tkazib kelinadi. Bunda ham ishtirokchilar soni qatnashishni ixtiyor etgan jamoalardan kelib chiqib belgilanadi. 2019 yil o'tkazilgan musobaqada 15ta jamoa qatnashdi. Kuchli uchlikka kirgan jamoalar plyaj futboli bo'yicha jahon chempionatiga yo'l oladi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика