So’nggi yangiliklar

08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  1 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1

OFK "A" guruhi prevyusi: Salom, Osiyo Kubogi! Yangiliklar

OFK "A" guruhi prevyusi: Salom, Osiyo Kubogi!

Ertaga bo'lib BAA - Bahrayn uchrashuvi bilan navbatdagi Osiyo Kubogiga start beriladi.

Quyida "A" guruhiga bag'ishlangan OFK prevyusini keltirib o'tamiz. Mazkur musobaqadagi ishtirok BAA terma jamoasi uchun 10-si bo'ladi. Qolaversa, musobaqa OFK tarixida ikkinchi bor BAAda tashkil etiladi. Birinchisi 1996 yil o'tkazilgan bo'lib, yakunda Saudiya Arabistoni g'oliblikni qo'lga kiritgandi. 

Osiyo Kubogi bu yil o'z tarixida 17-marta tashkil etiladi. Bungacha 7ta mezbon jamoa chempionlikni nishonlagan. BAAlik muxlislar ham o'z terma jamoalaridan faqat birinchi o'rinni kutishmoqda. Qizig'i shundaki, birgina BAA joy olgan "A" guruhida sobiq chempion yo'q. CHunki bungacha Bahrayn ham, Hindiston bilan Tailand ham chempion bo'la olmagan. Ko'pchilik BAA terma jamoasi guruhdan osonlikcha chiqadi deb taxmin qilyapti, biroq hammasi maydonda hal bo'ladi. Zero Bahrayn va Tailand ham oddiy jamoalardan emas va barcha qatori musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rdi.

Kim nechanchi marta qatnashyapti? 

SHu o'rinda "A" guruhi jamoalarining nechanchi marta Osiyo Kubogida ishtirok etayotganini keltirib o'tsak.

BAA - 10
Eng yaxshi natijasi: Finalchi (1996) 

Bahrayn - 6
Eng yaxshi natijasi: 4-o'rin (2004) 

Tailand - 7
Eng yaxshi natijasi: 3-o'rin (1972) 

Hindiston - 4
Eng yaxshi natijasi: Finalchi (1964)

BAA terma jamoasining 1-turdagi raqibi Bahrayn mazkur musobaqada 6-marta qatnashadi. Bahrayn uchun eng muvaffaqiyatli turnir 2004 yil Xitoyda o'tkazilgan musobaqada hisoblanadi. Aynan shu musobaqaning chorak finalida bahraynliklar O'zbekiston terma jamoasini penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etib keyingi bosqichga yo'l olishgandi. Yakunda Bahrayn 3-o'rin uchun kechgan bahsda Eronga imkoniyatni boy berib, to'rtinchi o'rin bilan kifoyalangan. Bu Bahrayn terma jamoasi uchun qatorasiga beshinchi Osiyo chempionati bo'ladi. Fakt shuki, oxirgi uchta musobaqada jamoa guruhdan chiqa olmagan. 

Ushbu musobaqa Tailand terma jamoasi uchun ettinchisi bo'ladi. Tailand oxirgi marta 2007 yil turnirda ishtirok etgan. Qizig'i shundaki, bu jamoa shu paytgacha Osiyo Kubogida 20ta o'yin o'tkazib, shundan faqat bittasida zafar quchgan. Bu Osiyo Kubogi-2007da sodir bo'lgandi. Tailand o'shanda guruh o'yinlarida Ummonni mag'lub etgan. 

Navbatdagi qita birinchiligi Hindiston uchun to'rtinchisi bo'ladi. Hindiston oxirgi marta Osiyo Kubogi-2011da ishtirok etgandi. Bu jamoaning tajribasini yuqori deb bo'lmaydi. SHunga qaramay ular ham munsoib ishtirok etishni maqsad qilishgan. Hindiston o'z tarixidagi eng yaxshi natijani 1964 yil qayd etgan. O'shanda hindlar musobaqa finaliga qadar etib borib, Isroilga mag'lub bo'lishgan. Osiyo Kubogi-2011da Hindiston guruhdagi barcha o'yinlarda o'z darvozasidan 13 bor to'p o'tkazib yuborgan holda turnirni tark etgan.

"A" guruhi. 1-tur
5 yanvar. BAA - Bahrayn
21:00. Abu Dabi. "Zayed Sports Siti" stadioni

6 yanvar. Tailand - Hindiston
18:30. Abu Dabi. "Al Nahyan" stadioni

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика