So’nggi yangiliklar

22:51"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  22 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2

OFK 6ta muhim bahsni keltirdi, ular orasida O'zbekiston - Saudiya Arabistoni ham bor Yangiliklar

OFK 6ta muhim bahsni keltirdi, ular orasida O'zbekiston - Saudiya Arabistoni ham bor

Malumki, 14 noyabr kuni Osiyo qitasi bo'ylab JCH-2022 saralash bahslari davom ettiriladi.

OFK rasmiy sayti ertaga bo'lib o'tadigan o'yinlar orasida 6ta bellashuvga alohida etibor qaratdi. Ushbu uchrashuvlar orasidan O'zbekiston - Saudiya Arabistoni bahsi ham joy olgan. Ertangi o'yinni har ikki jamoa uchun naqadar muhimligini aytishga hojat bo'lmasa kerak. 

Quyida OFK alohida etibor qaratayotgan o'yinlarni keltirib o'tamiz. 


"A" guruhi. Suriya - Xitoy

Dubay. "Al Maktum" stadioni. 19:00 

Suriya mamlakatdagi notinch vaziyat tufayli uy uchrashuvlarini Dubayda o'tkazishiga to'g'ri kelyapti. Ertaga Xitoyga qarshi kechadigan bahs ham BAAning eng chiroyli shahrida tashkil etiladi. Guruhda Suriya termasi 9 ochko bilan birinchi o'rinni ketyapti, Xitoy esa 7 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. 


"B" guruhi. Iordaniya - Avstraliya

Amman. "Qirol Abdulloh II" stadioni. 21:00 

SHu yil o'tkazilgan Osiyo Kubogida har ikki jamoa bitta guruhda joy olgan bo'lib, Iordaniya 1:0 hisobida Avstraliyani mag'lub etgandi. Mana endi JCH saralash bosqichida ham bu jamoalar o'zaro kurash olib boradi. Guruhda Avstraliya 9 ochko bilan birinchi, Iordaniya esa 7 ochko bilan ikkinchi o'rinda boryapti. 

 

"C" guruhi. Iroq - Eron

Amman. "Amman xalqaro stadioni". 19:00 

Bungacha uy uchrashuvlarini o'z maydonida o'tkazgan Iroq Eronga qarshi bellashuvni betaraf maydonda o'tkazadi. Bunga sabab Iroqda yuz bergan notinch vaziyatlar. Betaraf maydon sifatida Iordaniya tanlandi. Agar Iroq zafar quchsa Erondan to'rt ochko ilgarilab ketadi. 


"D" guruhi. O'zbekiston – Saudiya Arabistoni

Toshkent. "Paxtakor" markaziy stadioni. 17:00 

Falastinga qarshi mag'lubiyatdan so'ng O'zbekiston terma jamoasi keyingi ikkita bahsni g'alaba bilan yakunladi. Navbatdagi bellashuvda ham ustunlik O'zbekiston terma jamoasi tomonida ko'rinyapti, chunki bu jamoa o'z uyida to'p tepadi. SHunga qaramay Saudiya Arabistonidan har narsa kutish mumkin.

 

"G" guruhi. Vetnam - BAA

Xanoy. "May Din" xalqaro stadioni. 18:00 

BAA terma jamoasi avvalgi turda kutilmaganda Tailandga yutqazib qo'ydi. Endi bu jamoa safarda Vetnam bilan kuch sinashadi. 7 ochko to'plab ikkinchi o'rinda borayotgan Vetnam o'z maydonida ancha kuchli futbol namoyish etadi. BAA yana yutqazgudek bo'lsa, juda qiyin ahvolda qoladi. 


"H" guruhi. Livan - Janubiy Koreya

Beyrut. "Sports Siti" stadioni. 18:00 

Janubiy Koreya Livanga guruh peshqadami sifatida tashrif buyuradi. Janubiy Koreya birinchi o'rinda borayotgani bilan Livanda atigi bir ochko oldinda. Bu esa ertangi bahs shiddatli kechishini ko'rsatyapti. Yana shunisi malumki, Livan doim o'z maydonida kuchli futbol namoyish etadi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика