So’nggi yangiliklar

12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  1 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  3 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  11 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0

OFK 6 aprel kuni saylov o'tkazadi Yangiliklar

OFK 6 aprel kuni saylov o'tkazadi

2019 yilning 6 aprel sanasida OFK prezidentligi uchun navbatdagi saylov jarayoni bo'lib o'tadi.

OFK Nizomiga ko'ra, yangi tuziladigan Ijroqo'm azolari ham to'rt yil muddatga saylanadi va bu 2019-2023 yillarni o'z ichiga oladi. Xuddi shu kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda tashkilotning 29-kongressi ham bo'lib o'tadi.

6 aprel kuni quyidagi o'rinlar uchun saylov o'tkaziladi:

- OFK prezidentligi va FIFA vice-prezidentligi
- Besh nafar OFK vice-prezidentlari
- Olti nafar FIFA Kengashi azosi va ulardan biri ayol kishi bo'lishi
- Umumiy hisobda besh nafar ayol OFK Ijroqo'm azosi va ulardan biri FIFA Kengashi azosi bo'lishi
- To'qqiz nafar OFK Ijroqo'm azolari

Saylanuvchilar o'z nomzodlarini shu yilning 6 dekabr Malayziya vaqti bilan soat 24:00ga qadar OFK kotibiyatiga taqdim etishlari shart. 31 oktyabr kuni o'zgartirish kiritilgan Nizomga ko'ra, OFK prezidentligi uchun nomzodlar OFKga azo uchta boshqa davlat federaciyasining qo'llab-quvvatlashi tufayli o'z nomzodini qo'yishlari mumkin.

OFK Ijroqo'm azoligiga davogarlar esa faqat o'zlari ishlayotgan tashkilot nomidan o'z nomzodlarini qo'ya oladilar. OFKga azo har bir tashkilot faqat bir kishining nomzodini ilgari surish huquqiga ega. Agar nomzodlar soni ikki yoki undan ko'p bo'lsa, bu o'rinda nomzodlar bekor qilinadi. Yani, hech kim saylovda ishtirok etmaydi.

OFK Saylov komissiyasi azolari uch nafar bo'lib (Randall Kanliffe (Guam), Lim Kia Tong (Singapur) va Endryu Xanter (Gonkong), ular saylov jarayonining shaffof o'tishini kuzatib borishadi. SHuningdek, tashkilotchilik ham shu insonlar zimmasida bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика