OFK 2021 yilda qita miqyosida o'tadigan to'rt musobaqani bekor qildi
15 jan 2021 16:25
Yangiliklar


OFK 2021 yilda qita miqyosida o'tadigan to'rt musobaqani bekor qildi
Osiyo futbol konfederaciyasi qita miqyosidagi turnirlarni o'tkazish oldidan mintaqadagi mavjud epidemiologik vaziyatni atroflicha o'rganib chiqdi.
O'rganish natijalariga ko'ra, tashkilotning tegishli qo'mitalari bugun bir qator muhim qarorlarni qabul qildi.
Ushbu qarorlarga muvofiq 2021 yilda O'zbekistonda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati rasman qoldirildi. Biroq O'zbekiston mazkur chempionat mezbonligini o'zida saqlab qoldi va 2023-yilda ushbu yosh toifasidagi qita birinchiligi yurtimizda bo'lib o'tishi OFK musobaqalar taqvimiga kiritiladi.
SHuningdek, Bahraynda o'tadigan U-16 Osiyo chempionati, futzal hamda sohil futboli bo'yicha terma jamoalar o'rtasidagi qita musobaqalari ham bekor qilindi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar