So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  152 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  130 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

O'FFga yangi prezident saylandi FOTOMAQOLA Yangiliklar

O'FFga yangi prezident saylandi FOTOMAQOLA

Bugun O'zbekiston Futbol Federaciyasi nizomiga muvofiq hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, O'FFga Umidjon Ahmadjonov yangi prezident etib saylandi. Quyida bugungi tadbirga bag'ishlangan fotomaqolani etiboringizga havola etamiz.

Tadbir Toshkentdagi "Radisson BLU" mehmonxonasida bo'lib o'tdi.


Hisobot-saylov konferenciyasi boshlanishi oldidan ko'pchilikning kayfiyati yaxshi.


PFL direktori Farhod Magomedov va "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev.


"Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamovdan quvnoq kadr.


Tadbirda etibor markazida bo'lgan insonlar kirib kelishmoqda.



Ravshan Muqimov bo'sh qo'lini ko'tardimi?


Yuqoridagi savolning javobi mana bu suratda. Tepadagi rasmda shunchaki omadli kadr sabab Muqimovning qo'lida kartochka borligi deyarli bilinmagan, aslida esa "Lokomotiv" sport direktori ham boshqalar qatori kartochka ko'tardi.


O'FF ijroqo'm azosi - SHodiev Bobur Qobulovich.


O'FF yangi prezidenti - Ahmadjonov Umid Mahamatjonovich.


Suratda (chapdan o'ngga): Sardor Rahmatullaev (O'FF Bosh kotibi), Oybek Qosimov (MOQ Bosh kotibi), Mirabror Usmonov (Senator), Rustam Qurbonov (O'zbekiston Davlat Sport qo'mitasi raisi).


"championat.asia" xodimlari tadbirni voqea joyidan onlayn tarzda yoritib borishdi.


R.Berdiev: "Yangi keladigan rahbariyat har doim adolatli, samarali va omadli ishlaydi degan umiddaman".


"Bunyodkor" va "Olmaliq" bosh murabbiylari Mirjalol Qosimov hamda Viktor Kumikov.


Tadbirni FIFA va OFK vakillari ham kuzatib borishdi.


O'FFning sobiq va yangi prezidentlari.


Umidjon Ahmadjonov O'FF yangi prezidenti sifatida qisqa nutq so'zladi.


Mirabror Usmonov esa futbol jamoatchiligi oldida so'nggi nutqini so'zladi.


M.Usmonov: "Men ham bittayu bitta armon bilan ketayapman. SHu Jahon chempionatiga chiqsak ham yomon bo'lmasdi..."



O'FF yangi prezidenti Umidjon Ahmadjonov O'FF sobiq prezidenti Mirabror Usmonovga 12 yillik faoliyati uchun minnatdorchilik sifatida gul taqdim etmoqda.


Yangi rahbariyatdan yangicha uslubdagi va aniq bir tizimga asoslangan ish rejasi asosida faoliyat olib borishlarini kutib qolamiz.


Bugungi tadbirdan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>> FOTOGALEREYA. O'FFga yangi prezident saylandi


Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика