O'FFda bolalar futboli mutaxassislari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi
15 jan 2018 15:50
Yangiliklar
O'FFda bolalar futboli mutaxassislari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi
Yig'ilishda O'FFning masullari hamda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirok etishdi.
Avval malum qilinganidek, bu yil butun respublika bo'ylab bolalar va o'smirlar hamda ommaviy futbol bo'yicha 1000ga yaqin musobaqa o'tkazish rejalashtirilgan.
Tadbir davomida O'FF Texnik rivojlantirish boshqarmasi tomonidan yig'ilganlarga bolalar va o'smirlar hamda ommaviy futbol musobaqalarini o'tkazish tartibi hamda murabbiylarni tayyorlashning yangi tizimi bo'yicha taqdimot qilindi hamda musobaqalar taqvimi belgilab olindi. Mutaxassislarga hududlarda bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirishda, musobaqalarni o'tkazishda ahamiyat qaratish kerak bo'lgan muhim jihatlar haqida ko'rsatmalar berib o'tildi.
Bundan tashqari, joylarda bolalar va o'smirlar futboli bo'yicha ish olib borayotgan mutaxassislar o'z ishiga qanchalik loyiq ekanini aniqlash, malakasini tekshirish uchun ular bilan suhbat o'tkazildi. SHuningdek, murabbiylarni tayyorlash bo'yicha mutaxassislarning malakasi ham sinovdan o'tkazildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar